|
Abdujabbor muhammadiyev Pdf ko'rish
|
bet | 116/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)vofiq bo'lar edi.
Axborot texnologiyalari mulkdori va egalari qoidabuzardan quy-
idagilarni talab qilishga haqli:
huquqni tan olish;
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadi-
gan yoki uni buzilishi xavfini tug'diradigan harakatlarning oldini
olish;
olinmay qolgan foyda bilan birga keltirilgan zararni qoplash;
huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o'zgartirish.
1 V.S.Komissarov. «Prestupleniye v sfere kompyutemoy informatsii: ponyatiye i
otvetstvennost». Yuridicheskaya mir. №2, str.10
www.ziyouz.com kutubxonasi
Fuqarolik huquqida belgilangan talablarni bajarmaydigan jis
moniy va yuridik shaxslar huquq buzuvchilar deb tan olinadi.
Sudlar qonunchilikda belgilanganidek javobgar yoki huquq buz-
ilishiga yetarli asos bor deb tanilgan shaxslarga ma’lum harakat-
larni tayyorlash, foydalanish, sotish, ijaraga berish, chetdan kel-
tirish, shuningdek qonunsiz ishlab chiqilgan deb taxmin qilina-
yotgan asarlar nusxalarini savdoga kiritish maqsadida egalik qil
ish, saqlab turish, sodir etishni taqiqlash haqida qaror chiqarish
mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1097-moddasida
oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza
qilish huquqining boshqa shaxsga o'tishi tartibi ham belgilangan.
Ma’lumki, axborot texnologiyalari bilan ishlaydigan elektron alo-
qa vositalari axborotlar manbai yoki ommaviy axborot vositasi
sifatida reklama bilan ham shug'ullanib keladilar. Nazarimizda,
axborot texnologiyalariga asoslangan reklama faoliyati ham huqu
qiy jihatdan qayta ko'rib chiqilishi kerak. Reklamadan o'zgalaming
|
| |