|
tensialini saqlash va rivojlantirish, mahalliy va xalqaro hamjamiy- Pdf ko'rish
|
bet | 119/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)tensialini saqlash va rivojlantirish, mahalliy va xalqaro hamjamiy-
atga davlat siyosati bo'yicha haqqoniy ma’lumotlarni yetkazish
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan bog'liq bo'lgan O'zbekistonning davlat siyosatini va ichki
hamda xalqaro hayotdagi xodisalar bo'yicha davlat mavqeini in-
formatsion jihatdan ta’minlash hisoblanadi.
Zamonaviy axborot bozorini shakllantirishda axborot xavfsizligi
muammolari alohida o'rin egallaydi. Axborot xavfsizligi - shaxs,
jamiyat va davlat manfaatlarini shakllanishi va rivojlantirishni
ta’minlovchi axborot jabhasi himoyasining holati.
Bu ko'pgina omillarga bog'liq bo'lib, ulaming asosiylari quyi-
dagilardan iborat:
iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o'tish, ko'plab axborot yarat-
ib, undan foydalanuvchi mahalliy va chet el tijorat tuzilmalarining
va axborotlashtirish hamda axborotni himoyalash vositalarining
paydo bo'lishi, axborot mahsulotining tovar munosabatlari siste-
masiga kiritilishi;
axborotlashtirish vositalari va axborotni himoyalash vositalarini
ishlab chiquvchi mahalliy tarmoqlaming og'ir ahvoldaligi;
O'zbekiston axborot infrastrukturasini rivojlantirishda chet el
davlatlari bilan yaqinlashishning kengayib borishi;
axborotlashtirish sohasida, jumladan, axborot xavfsizligini
ta’minlash bo'yicha me’yoriy-huquqiy bazaning yetarli darajada
emasligi;
axborotlashtirish vositalari bozori faoliyati va rivojlanishi bo'yicha
jarayonlarda davlat rolining pasayishi;
davlat boshqaruvida va moliya-kredit sohasida axborot
himoyalanmagan ma’lumotlar bilan ishlovchi va ularni uzatuvchi
chet el texnik va programma vositalaridan keng foydalanish;
|
| |