|
sifatidagi oddiy so’zlami tanlab, parol, nusxa ko'chirishdan himoya Pdf ko'rish
|
bet | 200/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)sifatidagi oddiy so’zlami tanlab, parol, nusxa ko'chirishdan himoya
tizimlari bilan yopilgan tarmoqlar yoki muayyan kishilaming kompy-
uterlari «eshigi»ni haftalab, oylab «taqillatib» o'tirishlari mumkin.
Bu - aftidan, unchalik ahmoqona ish emas (hech bo'lmaganda,
yaqin vaqtlargacha shunday edi).
Uzoq masofadagi kompyuterlarga noqonuniy ravishda ulan-
ishning yana bir qancha oddiy va samarali usullari bor. Shu
munosabat bilan bu to‘g‘rida Intemetda - kompyuter tarmog'ining
global jahon tarmog'ida topilishi mumkin bo'lgan butun bir traktat-
lar (ilmiy asarlar) yozilayapti.
Qonuniy foydalanuvchining fayllariga ruxsatsiz kirish himoya
tizimidagi kuchsiz joylami topish orqali ham amalga oshiriladi.
Kunlardan bir kun qonun buzuvchi bu joyni topib olib, tizimdagi
ma’lumotlarni shoshilmasdan tadqiq etishi, undan nusxa ko'chirib
olishi, go'yoki xaridor do'kon peshtaxtasida tovarlarni
ko'rayotganidek yoki o'quvchi kutubxona tokchalaridagi kitoblarni
birma-bir ko'rib, tanlab olayotganidek, unga ko‘p marotaba yana
qaytishi mumkin.
Dasturchilar ba’zan tuzatish, sozlash jarayonida dasturlarda
izlab topish mumkin bo'lmagan xatolarga yo‘l qo’yishadi. Bu esa,
«teshik» («брешь») lami topish uchun imkoniyat yaratadi. Katta,
murakkab dasturlarning mualliflari mantiqning ayrim kuchsiz to-
monlarini sezmay qolishlari mumkin. Nozik (qaltis) joylar ba’zan
elektron zanjirlarda ham topiladi. Odatda, ular, har holda, tek-
shirish, tahrir etish vaqtida, dastumi tuzatishda aniqlanadi, ammo
ulardan butunlay qutulishning iloji yo‘q.
Dasturchilar keyinchalik foydalanish maqsadida atayin «teshik»
(«брешь)» lar qilishadi. «Брешь» usulini rivojlantirish mumkin.
|
| |