|
an ulgura olmay qolayapti Pdf ko'rish
|
bet | 196/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)an ulgura olmay qolayapti.
Kompyuter ma’lumot (axborot)lami jinoiy-huquqiy himoyalash
O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida birinchi marta amal
ga kiritilgan.
1994-yil 6-mayda O'zbekiston Respublikasining «Elektron-hisob-
lash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar baza-
larining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi Qonuni amalga kiritildi.
Mazkur Qonunda EHM, ma’lumotlar bazasi, umuman tarmoqlar,
kompleks axborotlami himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarning
butun bir majmui ko'zda tutilgan. Shu bilan birga, unda EHM yoki
ma’lumotlar bazasi uchun birovning dasturini o'z nomidan chiqar-
ish, noqonuniy ravishda qayta ishlab chiqarish, bunday asarlarni
tarqatish ushbu Qonunga muvofiq ravishda jinoiy javobgarlikka
tortilishi to'g'risidagi qoida bor.
Biroq tegishli jinoiy me’yorlar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat
Kodeksi qabul qilinishi bilan bog'liq holda faqat 1994-yil 22-
sentabrdagina yuzaga keldi.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 174-moddasiga
muvofiq axborotlashtirish qoidalarining buzilishi, ya’ni axborotlash-
tirish tarmoqlariga ruxsatsiz kirish yoki tegishli himoyalash chora-
tadbirlari qabul qilinmasdan, bunday tarmoqlarga kirish yoxud
ulardan ma’lumotlami qasddan o'zgartirish, yo'qotish, olib tash-
lash yoki yo'q qilish kabi hollar katta zarar yetkazgan taqdirda,
eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida jarima solish yoki
uch oygacha qamash yohud uch yilgacha axloq tuzatish ishlariga
jalb etish bilan jazolanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kompyuter tizimlarida saqlanayotgan ma’lumotlar yoki dastur-
|
| |