|
Huquq sohasida avtomatlashtirilgan axborot qidirish tizimlarini Pdf ko'rish
|
bet | 194/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)Huquq sohasida avtomatlashtirilgan axborot qidirish tizimlarini
tashkil etishga har xil lingvistik vositalar - yuridik atamalar, so'z
va iboralarning lug'atlari, klassifikatorlar hamda yuridik atamalar
banklari yordam beradi.
Klassifikator - bu klassifikatsion turkumlar nomlari va kodlari-
ning tizimga solingan to'plamidir. Har qanday turkumlashda
quyidagi talablarga rioya qilinsa, maqsadga muvofiq bo'ladi:
ko'rib chiqilayotgan sohadagi obyektlarni to'liq qamrab olish;
yangi obyektlarni kiritish imkoniyatining mavjudligi;
ko'p pog'onali tuzilish.
O'zbekiston Respublikasida qonunchilik sohalarining umumhu-
quqiy klassifikatori mavjud bo'lib, bu umumhuquqiy klassifikator
muntazam yangilanib boriladi.
Normativ hujjatlaming klassifikatorlaridan foydalanish ancha katta
samara beradi. Ammo tor mavzularga doir hujjatlarni qidirishda
ularning samaradorligi bir muncha pasayadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tartiblash jarayonida faqat umum
huquqiy klassifikatorlardan emas, boshqa bilim sohalarining klas-
sifikatorlaridan ham foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Ma-
salan:
O'zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo'linishining klas
sifikatori;
O'zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan hujjatlar turlarining
klassifikatori;
1 Chet elda yaratilgan huquqiy axborot avtomatlashtirilgan axborot qidirish
tizimlarining ko'pchiligida tezaurusdan foydalaniladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
normativ hujjatlar e’lon qilingan manbalaming klassifikatori;
kasblar, lavozimlar va mutaxassisliklar klassifikatori;
xalq xo'jaligi tarmoqlarining klassifikatori.
|
| |