|
zarur axborotni kompyuterdan katta tezlikda qidirib topish Pdf ko'rish
|
bet | 190/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)zarur axborotni kompyuterdan katta tezlikda qidirib topish;
normativ matnni yuridik tildan EHM tiliga muvofiq ravishda
o'tkazish;
axborot qidirish paytida «shovqin»ning minimal bo'lishiga erish-
ish (ya’ni kompyuter tomonidan ortiqcha axborot berilishi ehtimo-
lini minimumga keltirish);
axborot qidirishning to'liqligi, ya’ni huquq ijodkorligining muay
yan vazifalarini (yangi hujjat yaratish, tizimga solish) hal qilish
uchun zarur bo'lgan barcha axborotni olish.
Axborot qidirish nazariyasida axborot qidirish tillarining quyida
gi tiplari farq qilinadi.
Predmetli tip tillari - bu to'plamlar va alohida normativ hujjat-
larga alifboli-predmetli ko'rsatkichlar hamda keng tarqalgan alifbo-
li-predmetli rubrikatorlar. Bu tipga mansub tillardan foydalanishda
hujjatning asosiy mavzusi (predmeti) bir yoki bir necha namu-
naviy so'zlar — ruknlarda (rubrikalarda) ifodalanadi.
Klassifikatsion (turkumlovchi) tipga mansub til qonunchilik so-
halari klassifikatorining aynan o'zidir.
Axborot qidirish tilining uchinchi tipi - bu deskriptor tipiga
mansub tildir. Bunday til katta «semantik kuch»ga ega, ya’ni
normativ-huquqiy hujjatning mazmunini to'liq berish, deskriptorlar
kombinatsiyasi orqali har qanday tushunchani ifodalashga qodir
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo'lib, hujjatlaming mazmunini yuksak darajada aks ettirishi, asos
so'zlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Huquqiy axborot avtomatlashtirilgan axborot qidirish tizimlarida
foydalanish uchun ishlab chiqiluvchi va qo'llaniluvchi deskriptorli
axborot qidirish tillarini ikki asosiy turkumga ajratish mumkin:
|
| |