|
normativ-huquqiy hujjatlarni tahliliy nuqtai nazardan qayta ish- Pdf ko'rish
|
bet | 188/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)normativ-huquqiy hujjatlarni tahliliy nuqtai nazardan qayta ish-
lash (ma’lum atama qay darajada ko‘p uchrashini aniqlash, qonun
www.ziyouz.com kutubxonasi
hujjatlarining muvoziyligini tahlil qilish, bunda idoraviy qonun hu-
jjatlarining roli va o'mini hamda qonunning roli oshib borayotgani-
ni hisobga olish).
Huquqiy axborotni kompyuterda qidirish metodlarini takomil-
lashtirib borish lozim. Bu yo'nalishning imkoniyatlaridan biri giper-
matnli ma’lumotlar bazalarini yaratishdan iborat. Gipermatn - bu
matnli materialni tashkil etish va ifodalashning o'ziga xos shaklidir.
Gipermatnli texnologiyalar kompyuterlardan foydalanishning yangi
shakllariga va maxsus yaratilgan dasturlarga tayanadi.
Ko'pgina matnlar, qanday tabiatga egaligidan qat’iy nazar, shu
jumladan huquqiy matnlar ham asosiy matn bilan bir qatorda
yordamchi xuuusiyatga ega bo'lgan ayrim boshqa matnlar: matn-
ga havolalar tizimi, matnga sharhlar, matnning turli tahrirlari, bir-
biriga javob beruvchi yoki e’tiroz bildiruvchi matnlardan tashkil
topadi.
Gipermatnli texnologiyalarda bir matndan boshqa matnga EHM
yordamida o'tish qoidalari amal qiladi. Huquq sohasida bunga
ayni matnda mavjud boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havola
lar tizimi xarakterli misol bo'lishi mumkin.
§2. Axborot qidirish tili. Huquqiy tezaurus
Huquq ijodkorligi jarayonini lingvistik jihatdan ta’minlash huqu
qiy informatikaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Huquq
tildan tashqarida mavjud bo'la olmaydi. Huquqning tili - bu uning
nutqiy vositalari tizimidir. So'zlar, atamalar, iboralar va gaplar -
bulaming barchasi qonun hujjatining matnini shakllantirish uchun
|
| |