|
etiladi.
Normativ hujjatlar bazasi hajman cheksiz bo'lgan normativ- Pdf ko'rish
|
bet | 186/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)etiladi.
Normativ hujjatlar bazasi hajman cheksiz bo'lgan normativ-
huquqiy hujjatlar majmuidan iborat. Normativ-huquqiy hujjatga
quyidagi belgilar xosdir:
u davlat nomidan chiqarilgan rasmiy yozma hujjat hisoblanadi;
normativ-huquqiy hujjat davlat organining vakolatiga qat’iy mu
vofiq ravishda chiqariladi;
normativ-huquqiy hujjat turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solish uchun mo'ljallanadi, belgilangan shaklga ega bo'ladi va
umummajburiy hisoblanadi;
normativ-huquqiy hujjatlar tizimida qonun - eng muhim va
barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun qonun
chiqaruvchi organ tomonidan chiqariluvchi yoki referendum o'tkazish
yo'li bilan qabul qilinuvchi oliy yuridik kuchga ega bo'lgan norma
tiv-huquqiy hujjat muhim o‘rin tutadi.
Huquq sohasida avtomatlashtirilgan axborot qidirish tizimini
yaratish va uning faoliyati uchun muhim omil - normativ-huquqiy
hujjatning tuzilishi, uning ichki arxitektonikasi katta ahamiyatga
egadir. Bunday ehtiyojlarni qondirish uchun kod faqat butun
normativ-huquqiy hujjatni emas, uning moddasi (bandi, paragrafi)
- normativ-huquqiy hujjatning aniq ifodalangan tarkibiy qismi,
uning shakliy tuzilishining mikroelementlaridan birini ifodalashi ham
1
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, 5-son, 136-
modda
www.ziyouz.com kutubxonasi
talab etiladi. Hujjatning raqami va uning moddasi raqamidan
iborat kod huquqiy hujjatning adresi hisoblanadi.
Huquq ijodkorligi faoliyatining maxsus turlariga mo'ljallangan
axborot bazalarini tashkil etish katta samara beradi.
|
| |