|
llarida ifodalangan normalar va huquqiy qoidalar. Masalan, «shart- Pdf ko'rish
|
bet | 183/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)llarida ifodalangan normalar va huquqiy qoidalar. Masalan, «shart-
noma», «bitim» va «kontrakt» tushunchalarini olayiik. Ma’no jihati
dan ular juda yaqin. Ko'rsatilgan atamalardan birortasi mavjud
bo'lgan massiv huquq ijodkorligining muayyan vazifalarini hal
qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, foydalanuvchiga
mazkur atamalardan faqat bittasi ifodalangan axborot sifatida
taqdim etilsa, qolgan axborotlar yashirin bo'lib qoladi. Ularni
oshkora axborotlarga aylantirish imkonini beruvchi metodlami izlash
talab etiladi. Bu metodlar axborot qidirish nazariyasida ishlab
chiqiladi.
2. Normativ hujjat (qonun, boshqa normativ hujjat) matnining
mazmunidan mantiqiy xuiosa chiqarish. Masalan, O'zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining V va VII boblarini bir-biriga sol-
ishtirish orqali VII bobda ifodalangan axborotga doir normalarda
V bobda latent ko'rinishda zohir bo'lgan xossa va sifatlar mavjud-
ligi haqida xuiosa chiqarish mumkin. O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 29-moddasi va 13-moddasi bir-biriga solishti-
rish orqali axborot olish huquqi jamiyat va davlatning oliy qadri-
yatlari jumlasiga kiradi, degan xulosaga kelish mumkin. Axborot
olish huquqini e’tirof etish, unga rioya qilish va uni himoya qilish
davlatning burchidir.
3. Huquq ijodkorligi vazifalarining ma’lum doirasi bilan man-
tiqan bog'liq bo'lgan latent axborot. Umumiy huquq nazariyasi
qoidalariga muvofiq, har bir huquqiy norma boshqa huquqiy
normalar kontekstida amal qiladi, har bir huquq instituti boshqa
institutlar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatadi, qonunchilikning
har bir sohasi esa - boshqa sohalar bilan hamkorlikda ish olib
boradi. Barcha normativ ko'rsatmalar O'zbekiston Respublikasi
|
| |