|
nadi.
Axborot qidirish muammosi yuridik faoliyatning barcha turlarida Pdf ko'rish
|
bet | 180/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)nadi.
Axborot qidirish muammosi yuridik faoliyatning barcha turlarida
mavjud. Normativ-huquqiy axborot sohasida bu muammo ayniqsa
keskin xarakterga ega. Normativ-huquqiy axborotning o'ziga xos
xususiyati shundan iboratki, u rasmiy va hujjatlashtirilgan axborot
hisoblanadi1.
O'zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar
to‘g‘risida»gi qonunida normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi tur-
lari belgilangan:
1) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
2) O'zbekiston Respublikasining qonunlari;
3) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari;
4) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
5)0'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
6) vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining qarorlari;
7) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Har bir normativ-huquqiy hujjat murakkab dinamik tizimdan
iboratdir. Huquq ijodkorligi faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlar
ning ichki tuzilishida amalda bo'lgan tizim hosil qiluvchi omillarni
hisobga olish lozim.
Butun dunyoda huquqiy axborot, shu jumladan xalqaro xususi-
yatga ega bo'lgan huquqiy axborot hajmi ortib bormoqda. Jumla
dan, birgina Birlashgan Millatlar Tashkilotining o'zi 1970-yilgacha
500 jilddan ortiq shartnoma va Kotibiyatda ro'yxatga olingan
boshqa xalqaro ahamiyatga molik hujjatlarni e’lon qilgan.
Boshqaruvsiz huquqiy axborot oqimlari jamiyat va davlatga
juda katta zarar yetkazadi. Huquqiy hujjatlar «inflatsiya»si huquq-
tartibot va qonuniylik negizlariga bolta uradi.
Inqirozdan chiqishning yo'llari zamonaviy elektron-hisoblash
mashinalari va boshqa elektron-hisoblash texnikasi vositalaridan
|
| |