|
odamlarning barmoq izlari va jinoyat sodir etilgan joylardan olin- Pdf ko'rish
|
bet | 178/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)odamlarning barmoq izlari va jinoyat sodir etilgan joylardan olin-
gan izlarga qarab shaxsni avtomatlashtirilgan identifikatsiya qilish
uchun mo'ljallangan.
Kompleksning imkoniyatlari undan 10 mingdan 10 mln.tagacha
daktilokartalami jamlash va qayta ishlash uchun foydalanish im
konini beradi.
Kompleks ish joyining asosiy imkoniyatlari axborotlami bir sme-
nada 400 kartagacha tezlikda kiritish, shuningdek kartotekadan
sekundiga 10 ming barmoq izigacha tezlikda qidirishdan iborat.
Boshqa bunday tizimlarga kiritib bo'lmaydigan izlardan foydalanish
imkoniyati ham mavjud; ulami daktiloplenkalardan ham, bevosita
yetkazuvchilaming sirtidan ham kiritish mumkin.
Kompyuter ekspertiza tizimi iz va barmoq izini vizual o'rganishdan
voz kechish imkonini beradi, uning tasvirini kattalashtirish, uni
ko'zguli va negativ aks ettirish imkoniyatlari esa ekspertizaning
samaradorligini oshiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, avtomatlashtirilgan axborot -
qidiruv tizimining zamonaviy usullari va vositalarini amalda
qo'llashga nisbatan bayon etilgan tizimli yondashuv sud - ek
spertiza tadqiqotlarini avtomatlashtirish sohasidagi normativ negiz-
ni takomillatirish va rivojlantirish muammosini hal qilish imkonini
beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
IX B O B . H U Q U Q SOHASIDA
A X B O R O T Q ID IR IS H
§1. Axborot qidirish nazariyasi asoslari
Axborot qidirish muammosi umumiy va huquqiy informatikaning
asosiy vazifalaridan biridir. Insoniyat axborot qidirish (iqtisod, fan,
texnika, harbiy ish va boshqa sohalarda) muammosi bilan
hamisha to'qnash kelgan. Kutubxonalar, arxivlar, adres byurolari,
|
| |