|
telefon bildirgichlari - bularning hammasi turli miqyosdagi va turii Pdf ko'rish
|
bet | 179/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)telefon bildirgichlari - bularning hammasi turli miqyosdagi va turii
ahamiyatga molik axborot tizimlaridir.
Hozirgi zamon axborot qidirish nazariyasi asoslari 50- yillarda
va 60- yillarning birinchi yarmida ishlab chiqilgan. «Deskriptor»
atamasi 1947-yilda amalga kiritilgan, axborot qidirishni avtomat-
lashtirishning negizi hisoblanuvchi koordinatali indeksatsiyalash
prinsiplari esa 50- yillarda ishlab chiqilgan.
Kutubxonalar faoliyat ko'rsatgan ming yilliklar mobaynida bibli-
ografik qidirish metodlari ishlab chiqilgan. Asarning bosh mavzusi
qisqacha matn ko'rinishida ifodalangan va kitobxon mana shu
matnga qarab mazkur asar o'zining axborotga bo'lgan talablarini
qondirish-qondirmasligi haqida xulosa chiqargan.
Maqbul qidirish strategiyasini tanlash axborot qidirishning juda
ko'p savollariga javob beradi. Bundan tashqari, ayrim vaziyatlarda
qidirish strategiyasi maxsus yo'sinda ko'rsatiladi. Jumladan, axborot
massivi ma’lum tarzda tartibga solingan bo'lsa, bu axborot qidirishni
yengillashtiradi. Bunda avval normativ-huquqiy hujjat mavjud
bo'lgan huquq sohasini, so'ng esa - hujjatning o'zini (yoki huquq
normasini) topish talab etiladi.
Axborot qidirish nazariyasida assotsiativ qidirish va assotsiativ
fikrlash farq qilinadi. Noma’lum masalani yechish u yoki bu
jihatdan yechilgan masalalarga asoslanadi. Uni yechish usuli
qachondir shunga o'xshash masalani yechishga yordam bergan
usulga yaqin bo'lishi kerak. Buning uchun xotiraga murojaat qilish
va avval uchragan shunga o'xshash nimanidir topishga urinib
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'rish lozim. Mana shunday qidirish assotsiativ qidirish hisobla-
|
| |