• 3. Informastiya va informastion vaziyat.
  • Ilmiy tadqiqotlarda axborot va axborot xavfsizligi. Axborotlarni qidirishning asosiy metodlari. Ilmiy tadqiqotga axborot va axborot texnologiyalari

    Download 61.25 Kb.
    Sana23.03.2024
    Hajmi61.25 Kb.
    #175663
    Bog'liq
    Ilmiy tadqiqotlarda axborot va axborot xavfsizligi
    улуғбек, nostandart-2, Ehtimol amaliy topshiriq. 4-kurslar uchun, 4-topwiriq, 1-илова. Намуна WiFi, 18 variant, 8-маъруза, Эканомика презентация, TUROPEREYTING FANIDAN KURS ISHI YUSUPOV OTABEK, Animatorlik xizmatini tashkil etish, Samarqand xalqaro konferensiya, Tadbir bayonnoma 8-mart, 1-mavzu, rus tili 8 uzb 2022, D.Murotaliyev

    Ilmiy tadqiqotlarda axborot va axborot xavfsizligi. Axborotlarni qidirishning asosiy metodlari. Ilmiy tadqiqotga axborot va axborot texnologiyalari

    Reja:

    1. Axborot, bilim, ma’lumot tushunchalarining tahlili.

    2. Informatika, informatizastiya axborot texnikasi

    3. Informastiya va informastion vaziyat.

    4. Axborot texnikasi va axborotlashgan jamiyat konstepstiyasi

    Axborot, bilim, ma’lumot tushunchalarining tahlili.

    So‘nggi yillarda «axborot», «invariantlik», «nomuayyanlik» kabi umum ilmiy tushunchalar falsafiy tahlil predmetiga aylandi. Bilimning u yoki bu tarmoqlarida yuzaga kelgan va ilmiy bilishning mantiqiy-metodologik vositalari darajasiga ko‘tarilgan bu tushunchalar nafaqat obyektlar va jarayonlarni ko‘rishning umumiy usullari, balki rivojlanayotgan bilimni tahlil qilish shakllari hamdir.

    Eng umumiy ma’noda axborot narsa va hodisalar haqidagi har qanday ma’lumotni anglatadi, biroq hozirgacha axborotning umum qabul qilingan ta’rifi yo‘q.

    Axborotning eng sodda klassik ta’rifi bu – ma’lumot berishdir. N.Viner fikricha, “Axborot – tashqi olamga ko‘nikish jarayonida undan olingan mazmunni ifodalashdir”. Bu erda axborot tashqi olamni aks ettirish (gnoseologik jihat) va adaptastiya (unga qo‘nikish) deb ifodalanadi. L.Popov “Axborot kommunikastiya va aloqa jaaryonidagi noaniqlikning bartaraf qilinishi” deb hisoblaydi. Bu ta’rifda asosan axborotning falsafiy -psixologik (kommunikastiya, aloqa) tomoniga e’tibor qaratiladi.

    R.Eshbi “Axborot – strukturalarning me’yori, yangilik, originallik”, S.Molь esa, “Axborot – tanlash ehtimolligi” deb ta’rif beradi. L.G.Svitich “Axborot tushunchasi ko‘p ma’noga ega, lekin umumiy falsafiy, metolingvistik ma’noda potenstial, keng yoritilgan real mohiyatlarning majmui” deb tushunadi.

    Axborotobyektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, o‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo‘ladi. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi – axborotning muhim xususiyatlari.

    «Axborotni o‘rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy bog‘liq, chunki axborot unda funkstional xossa sifatida mavjuddir».

    «Axborot», «ma’lumot», «bilim» tushunchalari ko‘pincha bir-biriga o‘xshatiladi. Bu qisman shu bilan izohlanadiki, bir darajada axborot sifatida amal qiluvchi dalillar boshqa darajada ma’lumotlar sifatida amal qilishi mumkin. Masalan, radio yoki televidenie muxbiri intervьyu jarayonida muayyan axborot oladi. Bu axborot jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi uchun ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur markaz tomonidan e’lon qilingan axborotdan, o‘z navbatida, yuqori idora tahlil uchun ma’lumot sifatida foydalanishi mumkin.

    Ma’lumotlar muayyan xulosa chiqarish yoki qaror qabul qilishga xizmat qiladi. Ular saqlanishi, uzatilishi va berilishi mumkin, ammo axborot sifatida amal qilishi mumkin emas. «Ma’lumotlar» tushunchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan dalillar majmuini aks ettiradi. Ma’lumotlarni tahlil qilish, aloqalarini aniqlash, eng muhim dalillarni ajratish va ularni sintez qilish yo‘li bilan axborotga aylantirish mumkin. SHu bois axborot ma’lumotlarga qaraganda ko‘proq qimmatga ega bo‘ladi. Axborot bu oqilona foydalanish uchun muayyan shaklga solingan ma’lumotlardir. O‘z navbatida, axborot bloklarini tegishli tarzda ishlov berish yo‘li bilan yaxlit bilim korpusiga aylantirish mumkin.

    Ammo har qanday axborot ham bilim bo‘la olmaydi. Xo‘sh, axborot va bilimning o‘zaro nisbati qanday? Ko‘pincha bu tushunchalar bir-biriga o‘xshatiladi, Falsafa qomusiy lug‘atida bilim «Kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida xosil qilgan ma’lumotlari», deb tavsiflanadi. Bizningcha, bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Ammo bilim va axborotning o‘zaro nisbati muammosining bir xil echimi mavjud emas. Bilim – bilish faoliyatining natijasi, mazkur faoliyat yordamida olingan borliq haqidagi tushunchalar tizimi. Binobarin, har qanday bilim ham axborot beravermaydi.

    Download 61.25 Kb.

    Download 61.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa

    Ilmiy tadqiqotlarda axborot va axborot xavfsizligi. Axborotlarni qidirishning asosiy metodlari. Ilmiy tadqiqotga axborot va axborot texnologiyalari

    Download 61.25 Kb.