|
axborot qidirish tizimi sobiq Ittifoq Adliya vazirligining Huquqiy Pdf ko'rish
|
bet | 182/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)axborot qidirish tizimi sobiq Ittifoq Adliya vazirligining Huquqiy
axborot ilmiy markazida yaratildi.
Bu tizimda SSSR va ittifoqdosh respublikalar davlat hokimiyati
va boshqaruvi oliy organlarining e’lon qilingan va e’lon qilinma-
gan amaldagi normativ hujjatlari, vazirliklar, idoralar va davlat
qo'mitalarining umummajburiy normativ hujjatlari hisobga olinishi
lozim edi. Hujjatlar fondini shakllantirish tartibi belgilandi. Birinchi
bosqichda davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining hu-
jjatlarini, ikkinchi bosqichda esa - vazirliklar, idoralar va davlat
qo'mitalarining umummajburiy hujjatlarini jamlash nazarda tutildi.
Huquqiy axborot ilmiy markaziga normativ hujjatlarni davlat
ro'yxatidan o'tkazish va ular haqida axborot berishni tashkil qilish-
dan tashqari, axborotlarni qayta ishlash yo'riqnomalari, metodika-
lari va avtomatlashtirilgan jarayonlarini ishlab chiqish va amalga
joriy etish, «qonunchilik» avtomatlashtirilgan axborot qidirish tiz-
imini loyihalash, ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan tizimlami amalga
joriy etish, ulardan foydalanish va bu tizimlami takomillashtirish
vazifalari ham yuklandi.
Qonun hujjatlariga doir avtomatlashtirilgan axborot qidirish
tizimining yaratilishi va huquqiy informatikaning rivojlanishi huquq
www.ziyouz.com kutubxonasi
nazariyasining yangi muammolari qo'yilishiga obyektiv imkoniyat
yaratadi. Ular jumlasiga, masalan, latent (yashirin) huquqiy axborot
muammosi kiradi. Latent axborotning xilma-xil shakllari mavjud.
Ularning uch asosiy turkumini ajratish mumkin. Bular:
1. Ma’nosi jihatidan o'xshash yoki yaqin, ammo turli til shak-
|
| |