|
Normativ-huquqiy axborotni qidirish shartlari xilma-xil savollar Pdf ko'rish
|
bet | 187/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)Normativ-huquqiy axborotni qidirish shartlari xilma-xil savollar
tuzishni talab etadi. Misol tariqasida quyidagi xarakterli savollami
keltirish mumkin:
«Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan tartibga
solish» iborasi qaysi normativ-huquqiy hujjatda qo'llanilgan?
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qachon qaysi
organ tomonidan qabul qilingan?
Aksiyadorlik jamiyatlarining huquqiy maqomi qaysi hujjatlarda
belgilab qo'yilgan?
O'zbekiston Respublikasining «Integral mikrosxemalar topologi-
yalarini huquqiy muhofaza qilish to'g‘risida»gi Qonuni qaysi hu
quq sohasiga taalluqli?
Ko'chmas mulkni davlat ro’yxatidan o'tkazish qaysi hujjatlar
bilan tartibga solinadi?
Tadbirkorlik faoliyati qaysi hujjatlar bilan tartibga solinadi?
Jinoyatchilikka qarshi prezident dasturlarining huquqiy maqomi
qaysi hujjat bilan tartibga solinadi?
«Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasi» tushun-
chasi qaysi hujjatda belgilangan?
Fuqarolarning axborot olish huquqi xalqaro huquqning qaysi
norma va hujjatlari bilan tartibga solinadi?
Huquqiy axborot markazlari shuningdek quyidagi vazifalarni
ham bajaradi:
yangi qabul qilingan hujjatlar haqidagi axborotlarni tarqatish;
abonentlar tomonidan taklif qilingan mavzularga qarab hujjat-
laming ro'yxatlarini tuzish;
hujjatlarga o'zgartirish kiritilgani va ular (ularning moddalari)
bekor qilingani haqida (bu qaysi hujjatga muvofiq amalga
oshirilganini ko'rsatgan holda) ma’lumotlar berish;
axborot nashrlarini chiqarish va massivlami boshqa avtomat
lashtirilgan axborot qidirish tizimlari uchun mashinada o'qiladigan
tarqatuvchilarda ko'paytirish;
|
| |