|
Huquqiy axborot avtomatlashtirilgan axborot qidirish tizimini Pdf ko'rish
|
bet | 195/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)Huquqiy axborot avtomatlashtirilgan axborot qidirish tizimini
lingvistik ta’minlashni tezaurus (va turli klassifikatorlar) asosida
ham, boshqa lingvistik vositalar yordamida ham amalga oshirish
mumkin.
Avtomatlashtirilgan terminologik bazalar va ma’lumotlar baza-
larini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Normativ-huquqiy hu-
jjatlarda ishlatiluvchi atamalaming leksik diapozoni juda keng. Bu
normativ-huquqiy matn politematik tuzilma bo'lib, unda ijtimoiy
hayotning deyarli barcha sohalari aks ettirilganligi bilan izohlana-
di.
Huquq ijodkorligi jarayonida foydalaniluvchi barcha axborotni
quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:
1) umumiy yuridik atamalar;
2) maxsus yuridik atamalar;
3) umumfoydalaniladigan leksika;
4) ilmiy va texnikaviy leksika;
5) siyosiy, ekologik yoki boshqa ijtimoiy axborot.
Normativ-huquqiy hujjatlar terminologiyasi standartlashtirilishi
lozim.
Standartlashtirish har xil obyektlarga umumiy majburiy talablar-
ni o'rnatishdan iborat alohida faoliyat shakli hisoblanadi.
Huquq sohasida foydalaniluvchi yangi leksikani nazorat qilish
katta amaliy ahamiyatga egadir. Ushbu funksiya yangi atamalam
ing zaruratsiz amalga kiritilishiga yo‘l qo'ymaslik maqsadida av-
tomatlashtirilishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
X BOB. K O M PYU TER JIN O Y A T C H IL IG I
VA XA VFS IZLIG I
§ 1 . Kompyuterda saqlanayotgan m a’ lumotlarga
ruxsatsiz kirish
Taraqqiyotni hech narsa bilan to'xtatib bo'lmaydi. Hozir insoni-
yat katta sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ba’zan qonun chiqa-
ruvchi jamiyatning tezkorlashib borayotgan barcha sur’atlari ortid-
|
| |