|
mazkur hujjatni kompyuter xotirasida saqlashga xizmat qiladi Pdf ko'rish
|
bet | 193/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)mazkur hujjatni kompyuter xotirasida saqlashga xizmat qiladi.
Deskriptor tipiga mansub tildan foydalanishning ikkinchi vazifa-
si huquqiy axborotni qidirishga so'rovlami to'g'ri tuzishdan iborat.
Bu so'rovlar EHM xotirasiga kiritiladi. Foydalanuvchining lug'ati
axborot qidirish tilining lug'ati bilan almashtirilishi (aniqlashtirilishi)
lozim. EHM yordamida axborot qidirish yakuniy hisobda so'rov
atamalari va hujjat atamalarini belgima-belgi ayniylashtirishga
asoslanadi.
Ayrim natijalami ko'rib chiqamiz. Tezaurusdan foydalanish nor
mativ-huquqiy axborotni yanada chuqur va har tomonlama qidirish
imkonini beradi. Huquq ijodkorligi vazifalarini hal qilishda foy-
dalaniluvchi ma’lumotlarni qidirish va tizimga solish bilan bog'liq
hollarda huquqiy tezaurus ayniqsa katta rol o'ynaydi.
1 Shu bilan birga, indeksatsiyalashni indeksning miqdoriy tushunchasiga boglamaslik
lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tezauruslarning har xil tiplari mavjud. Tezauruslarning birinchi
tipi umumiy huquq tezaurusi o'tgan asrning 70-chi yillarida ishlab
chiqilgan. Ammo hozirgi vaqtda bu tezaurusdan foydalanilmayapti.
Tezauruslarning ikkinchi tipi - bu huquq sohalari bo'yicha
ixtisoslashgan tezaurusdir. U nisbatan oz deskriptorlar va asos
so'zlardan tarkib topadi.
O'zbekistonda yaratilgan va amalda bo'lgan normativ-huquqiy
hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot qidirish tizimlarining hamma-
sida ham tezaurusdan foydalanilmaydi. Ammo bunga vaqtinchalik
holat deb qarash lozim. Huquqiy tezauruslarning har xil tipi va
turlarini yaratish bo'yicha katta ishlarni amalga oshirish talab
etiladi1.
|
| |