|
mamlakat kompyuter texnologiyalari ommaviy ravishda yuzaga Pdf ko'rish
|
bet | 204/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)mamlakat kompyuter texnologiyalari ommaviy ravishda yuzaga
keigan joydir. Shuni qayd etish kerakki, bu sohada O'zbekiston
Respublikasi endigina «kompyuterlashtirish» yo'liga kirib bormoq.
Bizning davlatimizda ushbu sohada jinoyat sodir etish imkoniyati
birmuncha kam yoki umuman ma’nosizdir.
§2. Kompyuter m a’ lumotlarini o ‘g ‘irlash
Garchi keyingi paytlarda ko'pgina yirik kompyuter kompaniya-
lari (Naytov, Semurg', XayTek va b.) litsenzion dasturlar yetkazib
berayotgan bo‘lsalar-da, litsenzion dasturlar bilan qaroqchilik nus-
xalari o'rtasidagi farqlar dasturiy ta’minotning huquqiy bozorini
yaratishga bo'lgan barcha sa’y-harakatlarni chippakka chiqar-
moqda. Dasturiy ta’minotni huquq yo'liga burishga bo'lgan urinishlar
amalda hech narsaga olib kelmayapti.
Agar oddiy o'g'irliklar jinoyat qonunchiligi ta’siriga tushsa,
ma’lumot (axborot)lami o'g'irlash muammosi talaygina qiyinchiliklar
tug'diradi. Mashina axboroti, shu jumladan, dasturiy ta’minotni
ruxsat olmay, o'zlashtirib olish o'g'irlik sifatida tasniflanmaydi, chunki
o'g'irlik tashkilot fondidan qimmatliklami olish bilan bog'liq holda
sodir etiladi.
Bizda dasturiy ta’minotni tarqatish faqat o'g'irlik yo'li bilan yoki
o'g'iriangan narsani almashtirish orqali amalga oshiriladi, degan
hazil haqiqatdan uzoq emas. Mashina axboroti bilan noqonuniy
ravishda o'z mulki sifatida muamola qilinganda, uni fonddan
ajratib olmay turib, nusxa ko'chirish mumkin. Demak, yuqorida
qayd etilgandek, mashina axboroti jinoiy-huquqiy muhofaza
qilishning mustaqil predmeti sifatida ajratilishi kerak.
Biroq bu nima-kompyuter dasturimi? Narsami? Moddiy aktivmi?
Yoki hali qonun chiqaruvchi uni bilmagan boshqa bir narsami?
|
| |