|
yollab berish, qarzga berish yo'li bilan, ushbu ko'rsatilgan istal- Pdf ko'rish
|
bet | 207/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)yollab berish, qarzga berish yo'li bilan, ushbu ko'rsatilgan istal-
gan maqsadlarda import qilish uchun ruxsat berilishi;
— EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazalarini
bosib chiqarish (e’lon qilish), — EHM uchun mo'ljallangan dastur
yoki ma’lumotlar bazalarini avtoming roziligi bilan muayyan doirada-
gi shaxslarga (jumladan, EHM xotirasiga yozib berish va bosma
matnni chiqarish yo'li bilan) taqdim etish. Bunda asarlarning
o'ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinib, bunday nusxalar soni
ushbu shaxslar doirasining talab ehtiyojlarini qondiradigan miq-
dorda bo'lishi kerak;
— EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazalaridan
foydalanish - ularni bosib chiqarish, tarqatish va xo'jalik oborotiga
kiritishga oid (jumladan, modifikatsiyalangan shakldagi) boshqa
harakatlar. Ommaviy axborot vositalarida bosib chiqarilgan EHM
uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazalari to'g'risida ber-
ilgan xabarlar EHM uchun mo'ljallangan dastur yoki ma’lumotlar
bazalaridan foydalanish deb tan olinmaydi.
Avtorlik huquqi egalari - qonun yoki shartnoma bilan olingan
faqat shaxsiy va mulkiy huquqqa ega bo'lgan muallif, uning
merosxo'ri, shuningdek har qanday jismoniy va yuridik
shaxslardir.
Yuqorida qayd etilgan qonun EHM uchun dasturlar va
ma’lumotlar bazalarini yaratish, huquqiy himoyalash va foydala-
snish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarni, shu jumladan, ko'p
hollarda dastur va ma’lumotlar bazasiga bo'lgan huquqni berish
(o'tkazish) kabi hal qiluvchi sohaga oid masalalarni ham tartibga
soladi. Dastur va ma’lumotlar bazasiga bo'lgan mulkiy huquqlar
muallif tomonidan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga ber
|
| |