|
Bizning fikrimizcha, kompyuter dasturi, asosan, shu bilan Pdf ko'rish
|
bet | 205/243 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #106679 |
Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)Bizning fikrimizcha, kompyuter dasturi, asosan, shu bilan
farqlanadiki, undan bemalol nusxa ko'chirish mumkin bo'lib, bun-
da u o'zining xususiyatlarini zarracha ham yo'qotmaydi. Virtual
makonlar birinchi qarashda katta, ulkan bo'lgan ma’lumotlarni
nihoyatda kichik bir joyda joylashtirishga imkon beradi. So'nggi
ikki yil ichida jamiyatimiz huquqiy hayotida fan, adabiyot va san’at
asarlarini yaratish sohasida katta o'zgarishlar yuz berdi. O'zbekiston
Respublikasining «Avtorlik huquqlari va ularga turdosh huquqlarni
www.ziyouz.com kutubxonasi
himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi bilan avtorlik
(mualliflik) huquqini himoya qilishning o'ziga xos jahon mezoni
hisoblangan adabiy va badiiy asarlarni himoyalash to'g'risidagi
Bern konvensiyasi talablariga to'liq javob beruvchi, avtorlarning
huquqlarini muhofaza qilishning eng yuqori darajasini ko'zda
tutuvchi me’yorlar tizim sifatida shakllanishi tugallandi. Informatika-
da avtorlik huquqiga tegishli masalalar, EHM dasturi va ma’lumotlar
bazasiga huquqlarni berish masalalari ham bizning qonunchi-
ligimizda avtorlik huquqlari obyektining o'ziga xos xususiyatga ega
bo'lganligi sababli, alohida ko'rib chiqildi. Bu sohadagi avtorlik
huquqi to'g'risida gapirish uchun dastlab ishlatiladigan tushuncha-
larni belgilab olishimiz kerak.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasining «Avtorlik
huquqi va ularga turdosh huquqlarni himoya qilish to'g‘risida»gi
Qonuni quyidagi tushunchalarni belgilab beradi:
— EHM uchun dastur muayyan natijalarni olish maqsadida
elektron-hisoblash mashinalari va boshqa kompyuter qurilmalari-
|
| |