• Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning
  • kabi ko’plab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy so’z jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.
  • qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan
  • Abdulla Qahhor "O‘tmishdan ertaklar"




    Download 0,52 Mb.
    bet6/30
    Sana11.12.2023
    Hajmi0,52 Mb.
    #115438
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
    Bog'liq
    1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob”

    M ashhur o’zbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxo’jaev) 1920 yilning 10 iyunida Toshkent shahrining «Samarqand darvoza» mahallasida tug’ilgan.
    Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, G’afur G’ulom singari adiblar davrasida o’tdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda ko’p sohalarda o’zini sinab ko’rdi: artist bo’lishga urinib ko’rdi, doktorlik maktabida o’qidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.
    U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat o’qigach, 1941 yilda «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942—1943 yillarda respublika radiosida, 1943—1947 yillarda «Qizil O’zbekiston» gazetasida, 1948—1950 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yo’lidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda O’zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo’lgan.
    Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning «Cho’l burguti», «Lochin», «Bo’ston», «To’yboshi», «Jimjitlik», «Turnalar», «Hayqiriq», «Alla», «Muhabbatning tug’ilishi», «Qorako’z Majnun» singari o’nlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, e’tiqod singari ma’naviy qadriyatlar ta’sirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini ko’rsatishga katta e’tibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan o’qiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish bo’yicha Qahhor an’analarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», «Qoplon», «O’rik domla», «Mening do’stim Babaev», «Muzey», «Bo’ri ovi», «Xandonpista» kabi ko’plab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy so’z jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.
    Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «Qadrdon dalalar» (1949), «Hukm» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan «Qirq besh kun» (1974) «Hijron kunlari» (1964), «Ufq bo’sag’asida» (1969) romanlaridan iborat «Ufq» trilogiyasi, inson qismati turg’unlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan «Jimjitlik» (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan «Sherzod va Gulshod» (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan «Kelinlar qo’zg’oloni» (1976), yolg’iz mo’ysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan «Kuyov» (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir.

    Download 0,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla Qahhor "O‘tmishdan ertaklar"

    Download 0,52 Mb.