• “Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida”
  • Said Ahmad 2007 yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi




    Download 0.52 Mb.
    bet7/30
    Sana13.04.2022
    Hajmi0.52 Mb.
    #19677
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
    Bog'liq
    1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob”

    Said Ahmad 2007 yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi.
    Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy zamondoshlarimizdir. Yozuvchi «Tog‘ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug‘ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratgan.
    Said Ahmad o‘zining hajviy hikoyalarida taraqqiyotimizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, muhim ma’naviy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Uning «Xanka va Tanka», «Lampa shisha» kabi o‘nlab hajviyalari fikrimizning dalilidir.
    Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniesidagi miniatyuralar teatriga asos solgan. Shu sababli ham biz Said Ahmadni hajviy hikoya va miniatyuralar ustasi deymiz.
    Said Ahmad hikoyalardan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga o‘tdi. 1949 yilda chop etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalaridan keyin yaratgan «Ufq» (1964) trilogiyasida urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. «Jimjitlik» (1988) romanida turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi.
    So‘nggi yillarda uning «Xandon pista» (1994), «Bir o‘pichning bahosi» (1995) kabi hajviy hikoyalar to‘plamlari chop etildi. Shuningdek, u Oybek, G‘. G‘ulom, A. Qahhor, M. Shayxzoda, Shuhrat, Mirtemir va S. Zunnunovalar haqida xotiralar yaratgan.
    Said Ahmad dramaturg sifatida ham tanilgan. U «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kuyov» kabi sahna asarlarining muallifidir. Said Ahmad ham qatag‘on davrining ikkinchi to‘lqiniga duchor bo‘lgan, qamoq azoblarini tortgan ijodkordir. U «aksilsho‘raviy millatchilar guruhi a’zosi, zararli g‘oyalar targ‘ibotchisi» sifatida ayblanib, Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Jezqazg‘an lagerida bo‘ladi. Uning «Qorako‘z majnun» (2002) hikoyalar to‘plami bu haqdagi achchiq haqiqatni ro‘y-rost ifodalaydi.
    Said Ahmadning «Yo‘qotganlarim va topganlarim», 3 jildlik «Saylanma»si, «Qaroko‘z majnun» va «Kiprikdagi tong» to‘plamiga kirgan bir qator qissa va hikoyalari uning istiqlol yillarida zavq-shavq bilan ijod etganidan shahodat beradi. Adibning ko‘pgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga ag‘darilgan.
    U O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. «Buyuk xizmatlari uchun» va «Do‘stlik» ordenlari bilan taqsirlangan. Va, nihoyat, «O‘zbekiston Qahramoni» degan yuksak sharafli unvonga sazovor bo‘lgan.
    Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G‘afur G‘ulomning yumori, Abdulla Qahhorning ixcham va teran fikrlash fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan adibdir.
    Said Ahmadning “Ufq” romani trilogiya bo‘lib, u “Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida” va “Ufq bo‘sag‘asida” deb nomlangan uch kitobdan iborat.

    Download 0.52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Said Ahmad 2007 yilning 5 dekabr kuni 87 yoshida vafot etdi

    Download 0.52 Mb.