• SHOIR LIRIKASI
  • -dars. Erkin Vohidov hayoti va ijodi




    Download 0.52 Mb.
    bet15/30
    Sana13.04.2022
    Hajmi0.52 Mb.
    #19677
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
    Bog'liq
    1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob”

    3-dars. Erkin Vohidov hayoti va ijodi
    REJA:
    1.Shoirning hayoti va ijtimoiy faoliyati
    2.E. Vohidov–she’riyatda “o‘ziga xos sehr sohibi”
    3.Yangilanish jarayonlarining o‘ziga xos ifodasi
    O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o’zbek she’riyating zabardast vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an’analari izidan borib, zamondoshlari ma’naviy dunyosini ochib beruvchi g’azallari, zo’r insoniylik ruhi bilan yo’g’rilgan talay she’rlari, urush fojialari haqida bahs etuvchi ”Nido”, hayot jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan yo’g’rilgan ”Ruhlar isyoni” , ”Istambul fojiasi” asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan ”Oltin devori” komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov,Tvardovskiy, R.Xamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa,”Eron taronalari” bilan ”Faust” tajribasi adabiyotimizda, ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo’ldi.
    Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo’shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman. Odamlarga faqat she’ring emas, o’zing kerakligini sezish-bu katta baxt. Shuning ham jamoat mehnatidan hech qachon o’zimi ob qochgan emasman.Qaynoq xayot ichida yashab ,ishlab o’rganganman”,- deb yozadi shoir.Darhaqiqat, u badiiy ijodni faol jamoatchilik ishlari bilan qo’shib olib boradi. Yoshlar nashriyotida bosh muharrir, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida direktor, ”Yoshlik” jurnalida bosh muharrir bo’lib ishlagan. Shoirning ijtimoiy faoliyati doirasi Respublika Oliy Kengashi va oliy Majilisiga deputat bo’lib saylangan, Oliy Kengashning oshkoralik masalalari qo’mitasi, Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasiga raislik qilgan kezlari ayniqsa kengaydi.Bu yillarda atoqli shoir davlat va jamoat arbobi sifatida ham taniladi. Shoir ”Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi, ”O’zbekiston qahramoni ” unvoniga sazovar boldi.
    E.Vohidov Farg’ona viloyatining Oltiariq tumanida 1936-yilning 28-dekabirida qishloq o’qtuchilari oilasida dunyoga kelgan.Otasi Cho’yanboy Vohidov, onasi roziyaxon davrning obro’etiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar . Avval Ikkinchi jahon urishida qatnashib,og’ir yarodor bo’lib qaytgan ota, so’ng ona dunyodan o’tdi. Bo’lg’isi shoirning opasi va ukasi ham go’dakligicha vafot etgan edi. Ikki qisqa umirning yolg’iz yodgori bolib Erkin toshkentlik tog’asi qo’lida qoldi. Uning o’spirinlik ,yoshlik yillari Toshkentda o’tdi.Erkin ulg’aygan xonadan ma’rifatga, san’atga, adabiyotga tashna edi,bu xonadonda tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo’lib turardi.E.Vohidovdagi nafosatga, she’riyatga mehr va mayl shu xonadonda, ana shu davralarda shakillandi. Erkin juda erta qo’liga qalam oldi. 7-sinfda o’qib yurganida ”Mushtum” jurnalida birinchi she’ri bosildi. Maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetiga kirib o’qidi.Universitet ta’limi shoirning ijodiy taqdirida chuqur iz qoldirdi; birinchi she’rlar kitobi ”Tong nafasi” ta’labalik yillarida yaratildi.
    SHOIR LIRIKASI
    Erkin Vohidov publitsist, dramaturg, dostonnavis, tarjimon sifatida barakali ijod qilgan bo’lsa-da, avvalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, xalqimiz qalbidan ham nafas , ham dolg’ali, isyonkor she’rlari orqali joy olgan.
    Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi.Shoir o’z qo’lidagi qurol-she’r, uning tabiati, shoirning el-yurt oldidagi burch- vazifasi xususida ko’p o’yladi, she’r va shoir haqidagi qarashlarni bayon etdi. U bular hususida so’z ochganda har doim ijod mashaqatlarini , shoir bo’lish onson emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o’z onayurtiga, xalqiga, inson zotiga bo’lgan fidoyi mexrning samarasidir.
    E.Vohidov dastlab xayot, go’zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo’lib maydonga chiqdi. Taqdir in’om etgan hayot , saodat, yoshlik, muhabbat sururini, hayotdan rizolikni to’lib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli tarixi, qo’lga kiritgan g’alabalari to’g’risida faxr-iftixorga to’la satrlar bitdi. Jumladan, ” Yoshligim” g’azalida yoshlik sururidan jo’shib yozadi:
    Yoshligim, kel, kuyga to’lgan
    Qalbim oltin sozi bol
    Men qo’shib aytay to’lib,
    Bir lag’za jo’r ovozi bo’l.
    50-yillar oxiri ,60-yillarga kelib vaziyat o’zgara boshlagan, inson shaxsiga hurmat, qalbiga e’tibor birmuncha oshdi, kishining xilma-xil kechinmalari, jumladan, an’anaviy she’riy shakil, ayniqsa,g’azalning jonlanishiga olib keladi. Tabiiyki, bu jajayon o’sha kezlari osonlikcha silliq kechgani yo’q. Abdulla Oripov yozganiday, ” mumtoz g’azaliyotimizning oltin eshiklari abadiy bekildi, deya karomat qilishayotganda yosh avlod orasidan birinchilardan bo’lib E.Vohidov aruzning tabarruk ostonasidan pospon yanglig’ paydo bo’ldi”. Ba’zi munnaqitlar ishqiy kechinmalarni kuylash, kohna she’riy – aruzga murojaat qilishni zamondan uzoqlashish deb ataydilar. E.Vohidov ”Yoshlik devori” kitobining ”Debocha”sida shunday qarashlar bilan bahsga kirishadi:
    Istadim sayr aylamoqni Men g’azal bostonida.
    Kulmangiz, ne bor senga deb Mir Alisher yonida.
    She’riyat dunyosi keng, Gulzori ko’p, bostoni ko’p,
    Har ko’ngil arzini aytur Neki bor imkonida.
    Ey munnaqid, sen g’azalni
    Ko’hna deb kamsitmagil,
    Sevgi ham Odam Atodin
    Qolgan inson qonida.
    Shu tariqa shoir inson qonidagi azaliy, tabiiy tuyg’u – sevgini kuylagan qadimiy g’azal shaklini himoya qiladi. She’rda g’azal shunchaki sheriy shakl ma’nosida emas, muhabbat, boqiy insoniy tuyg’ular ramizi tarizida ham qo’llangan:
    Barcha shodlik senga bo’lsin
    Bor sitam, zorlik merga.
    Barcha dildorlik senga-yu,
    Barcha hushtorlik menga...
    Bu johonning rohatin ol,
    Bor azobin menga ber.
    Senga bo’sin barcha orom,
    Barcha bedorlik menga.
    Shoirning ona zamin qismati haqida alamli o’ylari ”Sirdaryo o’lani” she’rida o’ziga hos tarizda ifodalangan.Bu she’r xalq o’lanlari ruhi, ohanglari bitilgan: bir tomanda ona daryoning go’zal ta’rif-tavsifi, ikkinchi tomonda shoirning daryoning hozirgi holati, achchiq qismatidan bezovtaligi, tashvish-zorlari. Shoir nazarida Sirdaryo kohna Jayhun (Amudaryo) bilan birga ona vodiy hayoti, bori, quvonchi, alami, zori; yurt uchun ham tomir,ham yurak... Shoir g’urur bilan:
    Sen borsanki, keng vahada hayot bor,
    Demak, yurting labida bol, nabot bor...
    ...Sen patasan, olma, anor va nursan,
    O’zbek uchun surursan ham g’urursan,
    Ozni yerga tomchi-tomchi berursan
    Daryo emas, xalq timsoli erursan,
    Oqib turgin, qurib qolma, onajon
    singari misralar tizadi. Shoirni mana shu ta’rif-tavsifga sig’mas azim daryoning, chindan ham xalq timsoli deyishga loyiq ona daryoning bugungi qismati qattiq tashvishga, iztirobga soldi.”Nega bukun bemadorsan, haloksan?” deya uni alamli savolga tutadi.
    Arslon o’ynatuvchi”-ijtimoiy pafosi jihatidan 70-yillar o’zbek milliy she’riyatining jiddiy yutig’i. Faqat bugina emas, unda qaramlik dunyosining shavqatsizligi-titikchilik, kundalik hayot tashvishlari tirik mavjudotni, odam zotini ne ko’ylarga solishi ramziy tarizda bugun dramasi, keskinligi bilan ko’rsatiladi.She’rda qaramlarni bir-birlari bilan bog’lab qo’ygan ko’zga ko’rinmas kishanlar ildizi ochib tashlanadi.Uni o’qib, alam iztirob bilan qaramga olingan hodisa,ya’ni to’qaylar podishohi arislonni charsillab yonib turgan olov halqa ichidan sakrab o’tishga majbur qilgan, sher zotini masharaboz qo’liga berib, gumroh tomoshabin- olomon uchun ermak-tomoshaga aylantirgan kuch nima digan savolga o’zingiz javob topasiz.
    80-yillar oxiri ,90-yillar boshlarida yuz bergan jamiyatimiz hayoti, ma’naviyatidagi o’zgarish, yangilanish, odamlar ongidagi evrilishlar Erkin Vohidov she’riyatida, xususan, ”Yaxshidir achchiq haqiqat” kitobida o’z aksini topdi.Shoirning bu davr ijodida eng xarakterli xususiyat unda chin ma’nodagi ruhiy erkinlikning namoyon bo’lishi hisoblanadi.

    Download 0.52 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




    Download 0.52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -dars. Erkin Vohidov hayoti va ijodi

    Download 0.52 Mb.