• Taqrizchi: f.f.d.,prof. Dilbar Soatova ANNOTATSIYA
  • Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti 5A 111201-O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olish uchun Abdugʻaniyev Ma’rufjonning “Etnotoponimlarning semantik xususiyatlarini grafik organayzerlar vositasida




    Download 13.2 Kb.
    Sana24.06.2022
    Hajmi13.2 Kb.
    #24367
    Bog'liq
    tashqi taqriz va annatatsiya
    uch fazali tok, 2-мавзу-1, QR

    Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti 5A 111201-O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olish uchun Abdugʻaniyev Ma’rufjonning “Etnotoponimlarning semantik xususiyatlarini grafik organayzerlar vositasida oʻrganish”mavzusidagi magistirlik dissertasiyasigatashqi
    TAQRIZ
    Ushbu tadqiqotda hozirgi kunimizda ham mavjud asosiy mummo, ya’ni urugʻ nomlarining semantik va leksik tahlili berilgan. Har bir inson oʻz yashab turgan hududi nomining qanday ma’noni anglatishini bilishi kerak. Bu ushbu MDning dolzarbligini belgilab beradi.
    Mazkur dissertatsiya kirish, yetti faslni o‘z ichiga qamrab olgan uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning birinchi bobi Etnotoponimlar, kecha va bugun” deb nomlangan bo‘lib, unda tadqiqotchi tomonidan etnotoponimlar paydo boʻlishi, ularning yerli joy aholi bilan qay darajad mos kelishi, hozirgi kunda Baxmal tumani hududida joylashgan etnotoponimlar misolida oʻrganilgan..
    Shuningdek muallif ba’zi etnotoponimlarning tahlilini keltirish bilan birgalikda, ularning tarixiy ildizlari va bu joylarga kelib oʻrnashish tarixini ham bayon etgan.
    .
    Ishning ikkinchi bobi “Etnotoponimlarning leksik-semantik tahlil” deb nomlangan bo‘lib, unda Baxmal tumani hududi boʻylab joylashgan bir nechta etnotoponimlar misoli asosida tahlil olib borilgan. Urugʻ qabila nomlaridan oʻtgan joy nomlari dastlab, leksik jihatdan tahlil etilgan. Bunda ularning bu holatga kelib qoliash etimologiyasi bilan birgalikda, ular haqidagi rivoyat va afsonalar ham keltirib oʻtilgan. Bu ham ilmiy ishning qiymatini bir qadar oshirgan deb hisoblashimiz mumkin
    MDning uchinchi bobi “Etnotoponimlar mavzusini oʻqitish istiqbollari” deb nomlangan bo`lib, mazkur bobda bitta zamonaviy pedagogik texnologiya asosida o`tishga asoslangan dars ishlanma berilgan.
    Uning xulosa qismi bir necha banddan iborat bo‘lib, unda qisqacha ilmiy xulosalar keltirilgan. Ular nazarimda MDning barcha bob va fasllarida ilmiy munozaraga tortilgan masalalarni to‘liq qamrab olgan.
    Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu MD katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. U yuqori saviyada bajarilgan. Yaxshi ilmiy tilda yozilgan. Unda matniy qaytariqlar yo‘q. Akademik usulda yozilgan. Tili ravon.
    Shularni e’tiborga olib, ushbu MDini MDlarga qo‘yilgan barcha talablarga to‘liq javob bera oladigan ishlar qatori a’lo bahoga loyiq deb uni shunday baholayman. Ushbu MDini a’lo bahoga baholashlarini YaDA hay’ati a’zolaridan so‘rayman.
    Taqrizchi: f.f.d.,prof. Dilbar Soatova

    ANNOTATSIYA
    Dissertatsiyada etnotoponimlar mavzusi yaxshi qamrab olingan va ilmiy xuloslalar chiqarilgan. Ushbu ilmiy xuloslar bugungi kunimiz uchun bevosita ahamiyatli. Etnotoponimlar mavzusining oʻqitish istiqbollari yuqori saviyada izohlangan va amaliyotga yaxshi joriy etish haqida fikr yuritiladi. Etnotoponimlarning leksik-semantik tahlili ham amalga oshiriladi. Ul;ar bilan bogʻliq tarixiy afsona va rivoyatlar ham keltirib oʻtiladi. Etnotoponimlar, ularni oʻrganish, ularni keng xalqqa tanishtirish toʻgʻrisida ham bir qator fikrlar ilgari surilgan. Bu mavzu yuzasidan yaxshi metodologik asos yaratishga harakaty qilingan. Bunda ularning urugʻ va qabila, millat va elatlarga ajratish lozimligi ham alohida koʻrib chiqilgan. Shuningdek yashash hududi bilan birga turli xalqlar shakllanishida tabiatning va qoʻshnilarning ta’sir darajasi ham ochib berishga harakat qilingan.
    ANNOTATION
    The topic of ethnotoponyms is well covered in the dissertation and scientific conclusions are drawn. These scientific conclusions are directly relevant to our day. The teaching perspectives of ethnotoponyms are well explained and well thought out. Lexical-semantic analysis of ethnotoponyms is also carried out.Historical legends and myths related to them are also mentioned. Ethnotoponyms, their study, and their introduction to the general public have also been suggested. Attempts have been made to create a good methodological framework on this topic. The need to divide them into clans and tribes, nations and ethnic groups is also considered.Attempts have also been made to reveal the extent to which nature and neighbors have influenced the formation of different peoples along with their habitats
    Download 13.2 Kb.




    Download 13.2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti 5A 111201-O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olish uchun Abdugʻaniyev Ma’rufjonning “Etnotoponimlarning semantik xususiyatlarini grafik organayzerlar vositasida

    Download 13.2 Kb.