Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




Download 97.26 Kb.
bet22/42
Sana04.07.2021
Hajmi97.26 Kb.
#15380
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Oltinchidan, xalq ta'limi boshqaruvi idoralari va ta'lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash muhim vazifa sifatida belgilanadi.

Xalq ta'limi boshqaruvi idoralari rahbarlarining virtual qabulxonalari ishga tushiriladi, joylarda aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etiladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda tizimda interaktiv xizmatlar ko‘rsatish sifati yanada yaxshilanadi.

  Umuman olganda, Prezidentimizning mazkur farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar xalq ta'limi tizimini jadal rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Farzandlarimizning har tomonlama yetuk, sog'lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi esa yurtimizdagi minglab ota-onalarni quvontirishi barobarida davlatimizning kelajakdagi yuksak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lishi shubhasiz16.  

Mamlakatimiz ta`lim tizimida so`nggi yillarida ko’plab yangiliklar, umumbashariy jarayonlar bilan bogliq ijobiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Fan va texnika olamida turli – tuman ajoyib kashfiyotlar yuz bermoqda. Ijtimoiy hayot sohalarida sodir bo’layotgan voqea – hodisalarni to’g’ri talqin qilishda, murakkab pedagogik jarayonlarning yechimini topishda ko’pincha ilmiy atamalarni to’gri anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi.

“Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik, va jasorat na`munasini amalda namoyon etib, o`z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag`ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanamiz”17, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Mana shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni, tarixiy merosimizni avaylab, bilim va ko’nikmalarni yosh avlodga taqdim etishda , yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shakllantirishda “O’zbekiston tarixi” fanining ahamiyati va o’rni salmoqlidir. Insoniyat tarixida ro’y bergan ijtimoiy voqea – hodisalarni, hayotda sodir bo’layotgan yangiliklarni tushunib olish va uni himoya qilish uchun zamonaviy fan bilan bog’lanish zarur hisoblanadi.

Bugungi kunda zamonaviy tarix fani esa o’quvchilarni avvalo jamiyatdagi yangiliklar, bo’lib o’tayotgan voqea – hodisalarning sabab va oqibatlarini, o’tmishda ro’y bergan tarixiy jarayonlarning asoslarini o’rganish va o’rgatishdan hamda yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga, insoniy fazilatlarga, mehnatsevarlikka, xalq merosiga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalashda asosiy o’rin tutadi. Bunday masalalarni tarix darslari jarayonida o’quvchilar ongiga singdirishda esa O’zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bir qancha asarlari, nutqlari, yo’riqnomalaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’z asarlari va nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib, O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida ekanligini ta’kidlar ekan, avvalo yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib yetishtirish o’qituvchi va tarbiyachilarning fidokorona mehnati bilan bog’liqligini nazarda tutadi. Jamiyatimiz talab etayotgandek har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o’qituvchilarning o’rni beqiyosdir.

Prezidentimiz ta’lim sohasiga, xususan tarix darslarini o’qitishga katta e’tibor berib, o’zining qator asarlarida shu masalaga alohida to’xtalib o’tadi. Yurtboshimizning “ Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” (2016), “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” (2017), “ Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak” (2017), “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” (2017), va boshqa ko’plab asarlarida o’rta umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida o’qitiladigan tarix fanlarining ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati va o’quvchilarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar hamda milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati keng yoritilgan.

Malakatimiz rahbari o’zining “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”, (2017), “Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi” «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrigi (2018), 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvi, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorlik majmuasiga hamda Bahouddin Naqshband maqbarasini kabi ziyoratgohiga tashriflari chog1idagi nutqlari va asarlarida ta’lim – tarbiya sohasidagi islohotlarimizning erkin, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilishi lozimligini ta’kidlab o’tadi. Shavkat Mirziyoyev: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo‘ladi”18, - deb takidlaydi.

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 5 – moddasida “…tegishli ma’lumot, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega”19 ekanligi aytiladi.

Kelajagi buyuk bo’lgan mustaqil, demokratik, huquqiy davlatni barpo etish ma’naviy jihatdan yetuk, axloqan pok qilib tarbiyalangan yoshlar qo’lida bo’ladi. Shunday ekan yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy va ma’naviy sohada quyidagilarga e’tibor qaratilishi yurtboshimiz tomonidan ham ta’kidlanadi;

- Insonparvarlik;

- Milliy istiqlol g’oyasiga sodiqlik;

- Vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sodiqlik;

- Ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash;

- Qadimgi va zamonaviy madaniy boyliklarni, adabiyot va san’atni bilish hamda ko’paytirish;

- Hur fikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish;

- Ijtimoiy adolat qoidalarini ro’yobga chiqarish;

- Xalqimizning milliy, tarixiy, va madaniy an’analarini, ma’naviy tajribasini ta’lim – tarbiya tizimimizga uzviy ravishda liritish

Ta’lim tarbiya masalasi jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqligiga yurtboshimiz alohida e’tibor berib, ta’lim – tarbiya islohoti zarurligini asoslab beradi va: “Biz farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.20, deydi.

Mamlakatimiz rahbari “Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: «Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq»”,21 - deb ta’kidlaydi.

Tabiiyki, vatanparvarlik va milliy qadriyat tushunchasi fuqarolarimiz ongida, ayniqsa, o’quvchi yoshlar tushunchalarida yo’l – yo’lakay, o’zicha shakllanib, kamol topib insonni bu sohada harakatga keltiruvchi kuch darajasiga ko’tarmaydi.

Bu borada har bir insonni tug’ilib o’sgan maskani – Vatani , uning tabiati va tarixiga qiziqishlarini uyg’ota bilish, kamol toptirish asosiy omil hisoblanadi. Ana shunday omil o’z navbatida maktabda o’rganiladigan fan asoslarining maqsadi, mazmuni va vazifalari majmuidan kelib chiqmog’i lozim.

Maktabda o’rganiladigan barcha fanlarda, ularning dasturlari va dars rejalarini tuzish, ta’lim – tarbiyaviy va ayniqsa rivojlantirib boruvchi ta’lim maqsadlarini ilmiy – uslibiy va didaktik jihatdan aniqlab olishda o’quvchi yoshlarning o’z xalqi milliy qadriyatlari va vatanparvarlik his – tuyg’ularini shakllantirishga katta e’tibor beriladi. Lekin shunga qaramasdan akademik litsey, kasb – hunar kollejlari va o’rta umumta’lim maktablarida o’rganiladigan “O’zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi”ning o’rni, ilmiy – uslibiy imkoniyatlari ko’lami bir muncha katta. Demak, unga e’tibor ham shunga yarasha bo’lmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yil 30-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, maxsus ilmiy – tadqiqot instituti ta’sis etildi. Vatanimiz tarixi, uni o’qib o’rganish hukumatimiz diqqat markazida ekan, bu fanni yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida va ona – vatanimizning fidoiy vatanparvarlari etib tarbiyalashdagi vazifalar qanday amalgam oshirilmoqda?

To’g’ri, bu sohada yutuqlarimiz bir muncha, lekin hal etilishini kutib yotgan ko’pgina ilmiy – uslubiy, pedagogic va didaktik muammolar ham mavjuddir. Bular quyidagilardan iborat:

a). O’quvchi yoshlarni O’zbekiston xalqlari tarixini o’rganish davomida tarbiyaning barcha jihatlarini qamrab olgan, amaliyotda sinab ko’rilgan O’zbekiston Xalq Ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv dasturlari, darsliklar va metodik qo’llanmalar, dars samaradorligini oshirishni ta’min etishga yo’naltirilgan didaktik materiallar ishlab chiqishni ta’min etuvchi tarix o’qitish bobida yuqori malakali o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadigan tajriba maktabining yo’qligi;

b). davr talabi darajasida yaratilgandarslik va uslibiy qo’llanmalarning yo’qligi;

v). pedagogik oliy o’quv yurtlari va universitetlarda tarixchi pedagoglarni yetishtirishda mazkur muammoga yetarli e’tibot berilmayotganligi;

g). Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlarimizda milliy va ma’naviy qadriyatlar, vatanparvarlik his – tuyg’ularini tarbiyalashning ilmiy – nazariy yo’riqnomalari bilan yo’g’rilgan asarlari va nutqlaridan maqsadga muvofiq foydalanish, o’quvchi yoshlarimizni tarbiyalashga yondashishni samarali amalga oshirishga yo’naltirilgan ilmiy – uslibiy dasturlar va qollanmalarni yaratish va amaliyotda foydalanishning sustlik bilan amalga oshirilayorganligidadir.

O’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida tarix fanlarining o’qitilishi jarayonida o’quvchi yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda avvalo Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qator asarlari, nutqlari va ma’ruzalari hamda shu bilan birga Sharq ba Markaziy Osiyo donishmandlari – Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Motrudiy, Koshifiy, Marvaziy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviylarning fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarix darslari jarayonida bu qoidalarga amal qilish tarbiyaning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi.

Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, Prezident Shavkat Mirziyoyev asarlarida davlatimizning kelajak istiqboli ko’rsatib berilishi bilan chegaralanmasdan, balki unga erishish yo’llari ham asosli qilib ko’rsatib berilgan. Masalan, Prezidentimiz asarlariida mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy – axloqiy negizlari xususida fikr yuritar ekan, bu negizlar:


    • Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

    • Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

    • Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

    • Vatanparvarlik ekanligini alohida ko’rsatib o’tadi.

O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati va ma’naviyati bilan tanishtirish juda muhimdir. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham ta’lim – tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishga oid ko’rsatmalar beriladi. Shuning uchun tarix darslari jarayonida xalqimizning madaniy merosini o’rganish, milliy o’ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlarini hisobga olib, milliy ta’lim – tarbiyamiz an’analariga suyanib ish ko’rish maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda QADRIYAT tushunchasiga kengroq ta’rif beradigan bo’lsak, “Qadriyatlar deyilganda faqat o’tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi”22. Qadriyat degan tushuncha qadr – qimmat, degan ma’noni ham bildiradi.

Bundan tashqari o’quvchi yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda tarix darslari jarayonida ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Inson axloqida Vatanni sevish alohida o’rin tutadi. Hadisi shariflarda ham “Vatanni sevmoq iymondandir”, “Vatan ostonadan boshlanadi” deb bejiz aytilmagan.

Vatan o’zi nima? Vatan (arabchada “vatan” – ona yurt) deganda – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug’ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati tushuniladi.

Vatanparvarlik – kishining o’zi tug’ilib o’sgan, kamol topgan joy, zamin, o’lkaga bo’lgan mehr – muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy, axloqiy xislatlari, fazilatlaridir. Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda va mavjud ma’naviy – axloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. Vatanga muhabbat tuyg’usi bolaga ona suti bilan, allasi bilan kiradi. Bu aziz tuyg’u bir umr unitilmaydi. Shuning uchun ham vatanparvarlik tarbiyasi hamma zamonlarda ulug’langan.

Vatanparvarlik hissini har bir fandan dars o’tish jarayonida, xususan “O’zbekiston tarixi” va “Jahon tarixi” darslarida shakllantirish ijobiy natija beradi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrdagi O’zbekiston Respeblikasi Parlamentiga qilgan Murojaatnomasi yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida to’xtalib o’tib, “Yoshlarimizga munosib taʼlim berish, ularning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini roʻyobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishimiz, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va oʻquv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak”, deb takidlagan edi. Demakki, asosiy tayanch inson hisoblanar ekan, insonni avvalo o’z vataniga muhabbat ruhida tarbiyalash bugungi ta’lim sohasi oldida turgan asosiy vazifalardandir.

O’quvchi yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz va milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo’lida olib boradigan ilmiy pedagogik faoliyatni Shavkat Mirziyoyev asarlari va nutqlaridan kelib chiqadigan yo’riqnomalar asosida tashkil etishda bu boradagi ishlarning samarali borishini ta’minlashda hal qiluvchi natijaga erishish mumkin. Buning uchun har bir asar ustida ishlanar ekan, unda qamrab olingan tarbiyaga doir har bir muammoning klassifikatsiyasini belgilab chiqmoq lozim. Natijada O’zbekiston xalqlari tarixi dasturidagi qaysi mavzuni o’rganishga, qaysi masalani ilmiy – nazariy jihatdan me’yoriga yetkazib tahlil etish, tarixiy ashyoni Respublikamizning bugungi hayoti bilan qanday bog’lab o’rganish o’z istiqloliga erishgan O’zbekiston Respublikasining oldida qanday muammolar turibdi va ularni bartaraf etishda har bir fuqaroning faol ishtirok etmog’i, jumladan bizni bevosita qiziqtiradigan muammo o’quvchi yoshlarimizni milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni, shuningdek, vatanparvarlik his – tuyg’ularini kamol toptirishga katta e’tibor berilishi lozim.

Yurtboshimizning, mutafakkirlarimizning ta’lim – tarbiya, milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz, vatanni sevish xususida aytgan har bir fikr – mulohazalari yoshlarimizni vatanparvar, o’z millatiga va o’zga millatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda bugungi kun uchun asosiy manbalardan hisoblanadi.

Sh. Mirziyoyev asarlarida o’zbek xalqining yuksak milliy qadr – qimmati, or – nomusi va shon – sharafi uning o’ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslanganligi, o’zbeklarning milliy g’ururini ma’naviy yuksaltirish xususidagi vazifalar haqida batafsil fikrlar yuritilgan.







Download 97.26 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Download 97.26 Kb.