KLASTER (AXBOROTNI YOYISH) METODI




Download 97.26 Kb.
bet30/42
Sana04.07.2021
Hajmi97.26 Kb.
#15380
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
KLASTER (AXBOROTNI YOYISH) METODI

Bu metodning asosiy vazifasi talabalar faoliyatini o‘rganilayotgan ob’ekt-pedagogik voqelikni qismlarga ajratgan holda o‘zlash- tirishga yo‘naltiradi, ularda ko‘p variantlilik asosida tushuncha va hodisalarning o‘zaro ichki va tashqi boglanishlarini aniqlash ko‘nikma- larini shakllantiradi, mavzu bo‘yicha fikr- mulohazalarni erkinlashtirishga yordam beradi.

Mavzu bo‘yicha klasterlarni tuzish o‘quv maqsadiga qarab bosqichma-bosqich harakatlanishni taqozo etadi, oxir-oqibatda yakuniy natija-yangi bilimlarni o‘zlashtirish fikrlar xilma- xilligini yaxlitlash asosida qo‘lga kiritiladi.

Klaster metodidan foydalanish uchun talabalarni kichik guruhlarga (3-5 ta) ajratish talab etiladi. Har bir guruh mavzuga oid alohida o‘quv elementlariga ishlov beradi. Buning uchun auditoriyada darslik, o‘kuv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, boshqa axborot manbalari etarli miqdorda bo‘lishi lozim. O‘qituvchi alohida o‘kuv elementlarini o‘zlashtirish uchun vaqt ajratadi (15-20 daqiqa).

Klaster tuzish bosqichlari:

1. Auditoriya yozuv taxtasiga kichik guruhlar soniga qarab vatman (chizmachilik qogozi) osiladi va «kalit» so‘zlar o‘qituvchi (ayrim hollarda talabalar) tomonidan yoziladi.

2. Mavzu bo‘yicha o‘kuv elementlariga tegishli fikrlar (qonun, fakt, tezis, hodisa, jarayon, natija) aniq fe’l bilan ifodalangan holda kogozga yoziladi.

3. Asosiy tushuncha va g‘oyalar o‘rtasidagi aloqadorlik chizmada ko‘rsatiladi.

4. Kichik guruhlardagi barcha talabalar (3-5 ta) o‘z variant- lari ni kogozga tushirishadi.

5. Fikrlar «shajara»si umumlashtiriladi va yakuniy xulosalar kayd etiladi.

6. O‘kituvchi guruh ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qiladi va ob’ektiv baholaydi.

Misol: «Milliy g‘oya va ma’naviy hayot» mavzusiga oid komil inson tamoyilining o‘rnini aniqlashda klaster metodidan foydalanish mumkin. Talabalar komil inson tushunchasiga berilgan ta’riflarni birma-bir yozishadi. Ulardagi umumiylikva xususiylikni aniqlashtiradi va o‘zaro taqqoslashadi. Natijada komil insonga xos fazilatlarni kayd etishadi.





Download 97.26 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KLASTER (AXBOROTNI YOYISH) METODI

Download 97.26 Kb.