«KICHIK GURUHLARDA BOSMA MATERIALLAR BILAN ISHLASH» METODI




Download 97.26 Kb.
bet33/42
Sana04.07.2021
Hajmi97.26 Kb.
#15380
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
«KICHIK GURUHLARDA BOSMA MATERIALLAR BILAN ISHLASH» METODI

Kichik guruhlarda ishlashning yana bir samarali metodi - bu nashr qilingan materiallar bilan ishlash hisoblanadi. Talaba­larning zaruriy axborotlarni izlab topishlari uchun, nazariy bilimlarni mustahkamlash yoki tasniflashlari uchun, nazariy materiallarni chuqur anglab olishlari uchun bu metoddan foydalanish yaxshi samara beradi. Auditoriya 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar bir xil yoki turlicha mazmundagi topshiriqlar, ommaviy nashrlar - gazetalar, jurnallar, fotoalbomlar, bYulletenlar olishadi.

Zaruriy materiallar: A-1 formatli oq qog‘oz, qaychi, elim.

Topshiriqlar:

I. Kundalik ommaviy nashrlardan «Ma’naviy va moddiy hayot uygunligi» (3-mavzu) to‘g‘risidagi axborotlarni toping va kuyidagi tartibda ularni joylashtiring:

1) ma’naviy va moddiy olam o‘rtasidagi munosabatlar;

2) inson - moddiy va ma’naviy xususiyat va alomatlarni mujas- sam etgan noyob xilqat.

3) moddiy va ma’naviy omil - inson, davlat va jamiyat taraq- kiyoti asosi;

4) qadimgi olimlar ijodida moddiy va ma’naviy omilning talkini (Suqrot, Platon, Epikur, Demokrit, Konfutsiy va boshka-

lar);


5) falsafaning bosh muammosi - materiya birlamchi, ong ikkilamchi degan qarashning bir yoqlamaligi.

II. Mustaqillik - ma’naviy imkoniyatlar ekanligini ommaviy axborot nashrlaridan foydalanib, quyidagi o‘quv elementlari asosida namoyish eting:

- mustaqillik nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy imkoniyat­lar ekanligi;

- bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida moddiy, ma’naviy xususiyatlar, bilim, malaka va tajriba uyg‘unligi;

- jamyatimizda iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining ma’na­viy Yuksalish harakatlari bilan uyg‘unligi;

- moddiy va ma’naviy jarayonlarning o‘zaro mo‘tanosib rivoj- lanishi - mamlakatimiz taraqqiyoti garovi;

- «O‘zbek modeli»ning milliy, tarixiy, ma’naviy qadriyat- larimizga mosligi;

- «O‘zbek modeli»ning xalq farovonligi, tinchligi va inson omiliga qaratilganligi.

Har bir guruh (ular 6 ta) topshiriq oladi, gazetadan kerakli materiallarni topadi, maqolalarni, suratlarni qirkib oladi va plakatga elimlaydi, zaruriy matnni sharxlaydi. Har bir guruh o‘z sardorini aniqlaydi va ular ish yakuni to‘g‘risida hisobot beradilar. Boshqa guruh talabalari savollar berishadi va ishni baholashadi.

Bu metodni qo‘llash davomida talabalardan barcha materiallar yigib olinadi, aksincha, talabalar gazetalardagi boshqa qiziqarli maqolalarni o‘qishga kirishib ketadilar va sardorlar fikrlariga quloq solmaydilar. Talabalardan ehtiyot bo‘lib ishlash talab etiladi, ortiqcha qogoz qirqish, elimlash, auditoriyani ifloslantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.





Download 97.26 Kb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«KICHIK GURUHLARDA BOSMA MATERIALLAR BILAN ISHLASH» METODI

Download 97.26 Kb.