Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti




Download 97.26 Kb.
bet29/42
Sana04.07.2021
Hajmi97.26 Kb.
#15380
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
«ENG ASOSIYSI»

Bu metodning asosiy maqsadi talabalarda o‘quv materialidagi bosh g‘oyani ajratib ko‘rsatish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi. Materiallar va jihozlar

■ bir varaq hajmidagi o‘quv materialining ma’noli birligi yoki o‘rganilayotgan mavzuning o‘quv elementlari (yoki ularning bo‘lagi) bo‘yicha yozilgan matnlar (formulasiz, jadvalsiz va rasmsiz). Ularning soni talabalar soniga teng.

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi

■ O‘quv guruhi 6-12 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi.

■ Har bir guruhga o‘quv matni beriladi.

Keyin o‘qituvchi talabalarga bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar haqida tushuntirish beradi.

1. Diqqat! Ruchka yoki qalamni tayyorlang. O‘quv matnini tez va dikkat bilan o‘king (matnni o‘qishadi).

2. Siz matn bilan tanishib chiqdingiz. Matnni yana bir marta ko‘zdan kechiring. Musobakani boshlaymiz. SHunday bir so‘z o‘ylab topingki, u ushbu matnni tavsiflay olsin, ya’ni o‘kuv materiali mavzusini bir so‘z bilan ifodalang. Keyin bu materialni bir jumla bilan tavsiflaysiz, so‘ngida esa unda yashiringan qandaydir sirni, alohidalikni toping, ya’ni bu sirsiz matn o‘z ma’nosini yo‘kotadi. Qani, boshladik! (YOzuvni bajarishadi).

3. Hozir navbat bilan har bir talaba o‘zining so‘zini o‘qiydi, qolganlar esa diqqat bilan eshitishadi, yozishadi va birmuncha aniq, yangi, oqilona variantni tanlashadi. Dastlab - so‘z. Marhamat! (O‘z so‘zlarini o‘qishadi).

4. Eng yaxshi variantni belgilaymiz (muhokama qilishadi va maqsadga muvofiq variantni belgilashadi).

5. Endi, marhamat, sizning jumlangiz! (Jumlalarni o‘qishadi).

6. Eng yaxshi variantni belgilaymiz (muhokama qilishadi va belgilashadi).

7. Endi «sirlar», marhamat! (Matn uchun alohidalikni aks ettiruvchi «sirlarni» o‘qishadi).

8. Musobaqaning shu qismiga yakun yasaymiz (muhokama qilishadi va eng yaxshi variantni belgilashadi).

9. Keling, eng yaxshi variant sohiblarini tabriklaymiz! (G‘oliblar rag‘batlantiriladi).

10. Rahmat, mashg‘ulot tugadi.

Yakun qilish tartibi.

Eng yaxshi variantni aniqlashni talabalarning o‘zlari ekspertli baholash metodi bilan amalga oshirishadi.



Download 97.26 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti

Download 97.26 Kb.