II. BOB. Ta`lim sohasidagi islohotlar - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi mavzusini o‘qitishning texnologik shakllar




Download 97.26 Kb.
bet27/42
Sana04.07.2021
Hajmi97.26 Kb.
#15380
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
II. BOB. Ta`lim sohasidagi islohotlar - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi mavzusini o‘qitishning texnologik shakllar

2.1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘quv jarayonini loyihalashtirish.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni o‘rganishga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘quvchi faoliyati bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, ilm olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi vazifalarni bajaradi.

Ta’lim texnologiyasi – ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini loyihalashtirishni o‘z ichiga oladi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interfaol metodlar o‘quvchini bilimli, etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik, kiritish, yangilikdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim mazmunini tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchi talabalarning birgalikdagi faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:



  • o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmasligi, mustaqil fikrlashni, ijod etishi va izlanishga majbur etishi:

  • o‘quvchini o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo‘lishini ta’minlashi:

  • o‘quvchining bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi:

  • pedagog va o‘quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishi.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng asosiy negizi bu o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikda belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog‘liq, ya’ni o‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga xamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog‘liq, ya’ni o‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu o‘qitish jarayonning asosi hisoblanadi. Har bir dars mavzusi, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u o‘quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Ya’ni zamonaviy pedagogik texnologiyalarning xislati shundaki, unga qo‘yilgan maqsdga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg‘ulotning muvaffaqiyatli o‘tishining 80 foizi o‘quv jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liq.



O‘quv jarayonini loyihalashtirish quyidagi uch bosqichdan iborat:

  • o‘quv maqsadlari va natijalarini belgilash;

  • natijalar asosida nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish;

  • o‘quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi xaritasi)ni ishlab chiqish.

O‘quv jarayonini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, maqsadini, o‘tilayotgan natijani to‘g‘ri belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashning aniq mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni to‘g‘ri amalga oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.

Maqsadni amalga oshirish va kafolatlangan natijaga erishish, ham o‘qituvchi, ham o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo‘ygan maqsad, mazmun, metod, shakl, vosita, ya’ni texnologiyaga bog‘liq.

Zamonaviy ta’lim texnologiyasi quyidagi elementlardan tashkil topgan:

1. Ta’lim beruvchi;

2. Ta’lim oluvchi;

3. Ta’lim shakllari;

4. Ta’lim maqsadi;

5. Kutilayotgan natija;

6. Ta’lim metodlari;

7. Ta’lim vositalari;

8. Nazorat va baholash.

Elementlardan eng asosiysi maqsad va kutilayotgan natijalardir.

O‘quv maqsadi - bu muayyan ta’lim jarayonini yakunida ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi, ya’ni hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, xatti-harakat bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlari va xulqini belgilaydi. O‘quv maqsadi va natijalarni belgilashda aniq o‘lchanadigan, real amalga oshiriladigan, erishish mumkin bo‘lgan imkoniyat inobatga olinadi.

O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishda qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlashi lozimdir, balki, film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bular o‘qituvchi va o‘quvchiga bog‘liqdir.

Demak, o‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o‘qitishning texnik vositalari (O‘TV)ni asosiysi, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Natija esa baholanmog‘i zarur, o‘quvchining bilimini baholash doimo “Nimani baholamoq kerak?” degan savol bilan bog‘liq.

Bunga “o‘qitish va o‘rgatish maqsadi va vazifalariga erishganlik darajalarini baholash” deb javob berish zarur. Bu holda maqsad o‘qituvchining faoliyatiga qaratilganligi (o‘rgatish, tushuntirish, ko‘rsatish, gapirib berish va hokazo), vazifalarga esa o‘rgatish natijalari kiritilganligi foydaliroq. Demak, vazifa – bu o‘quvchilar avval bilmaydigan va uddalay olmaydigan bilim va haraktlarni darslarni tinglagandan so‘ng bilishi va uddalay olishidir.

Agar vazifalar aniqlangan bo‘lsa, unda o‘quv natijalarini aniqlash uchun nazorat topshiriqlari tuzish lozim. Bular og‘zaki, yozma, nazorat savollari yoki test bo‘lishi mumkin.

Ta’lim oluvchilarni baholashda mezonli baholash shaklidan foydalaniladi. Ushbu baholash-baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritilgan natijalarini bilim, ko‘nikma va malakalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Baholashning bu shaklida ta’lim oluvchilar haqqoniy, xolis baholanadilar va kuchli guruhlarni yaxshiroq farqlash imkoni yaratiladi. Qisqa qilib aytganda, o‘quvchini ta’limning markaziga olib chiqish zarur.

O‘qituvchi har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilishi, uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Bunda o‘qituvchiga u tomonidan bo‘lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi muhim ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi, shuningdek, juda ko‘p metodlar, uslublarni bilishi kerak bo‘ladi.

Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo‘lishi, avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko‘rinishda yoki shaklda tuzish, bu o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq. Texnologik xaritani tuzish o‘qituvchini darsning kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining bircha qirralari o‘z aksini topadi.

Demak, o‘quv jarayonining texnologik xaritasi dars jarayonidagi faoliyatni loyihalashtirish, dars mazmunini boyitish va ta’lim samaradorligini oshirishdir, masalan:

Fan: O’zbekiston tarixi.

Mavzu: Ta`lim sohasidagi islohotlar - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi

Mavzu maqsadi: o‘quvchilarda O‘zbekiston Respublikasini ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.

Kutilayotgan natija:

* mavzuning mohiyatini tushuntira oladi;

* ta`lim sohasi islohotlarning bosqichma-bosqich aytib bera oladi;

* tarixiy jarayonlar tadrijiy rivojlanishini va ular orasidagi farqlarni aytib bera oladi;

* tayanch iboralarni ifodalab bera oladi;

* o‘zi mustqil mavzuni tahlil qila oladi.

Mavzuni o‘rganish uchun ajratilgan vaqt:

(45 daqiqa)

O‘qitish va o‘rganish strategiyasi:



trening shakli va interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish.

Resurs (dars uchun zarur bo‘lgan jihozlar):

Dars turi: hamkorlikda o‘rganish.

Dars tafsiloti

TEXNOLOGIK XARITA (DARS REJASI):

Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot mazmuni

Vosita

Metod

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchi

Tashkiliy qism

3 daqiqa


Navbatchidan davomatni bilib olish, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish, ma’naviyat daqiqasini o‘tkazish

Hisobot beradi




Og‘zaki

Mavzuga kirish

5 daqiqa


Mavzuning nomi , maqsadi va kutilayotgan natijani e’lon qilish.

Fikr bildiradi.

Yozuv taxtasi ma’ruza matni daf-tar va dars-lik

Og‘zaki

Ma’lumot berish

10 daqiqa



Mavzu haqida ma’lumot berish (reja asosida)

Tinglaydi

Ko‘rgazma tarqatma

Kodoskop, kompyuter

ma’ruza

Ma’lumotlar-ni mustah-

kamlash

3 daqiqa
Taqdimotga tayyorgarlik

35 daqiqa


Topshiriq mohiyatini tushun-tirish. O‘quvchi-talabalarni ki-chik guruhlarga bo‘lish va ularga topshiriqlar berish: (Nazorat savollari asosida).
Baholash mezonlarini

ishlab chiqish:

Mazmun

Dizayn


Taqdimot


Kichik guruh-larda ish olib boradilar; Savollarga javob bera-dilar.



Plakat, flamaster, marker, oq qog‘ozlar, ma’ruza, matn

Amaliy
Klaster

Pinbord


FSMU

Taqdimot

15 daqiqa



Ishtirokchilarldan olingan javoblarni tahlil qilish va qo‘shimcha ma’lumotlar berish.

O‘quvchi-talabalarda tug‘ilgan savollarga javob berish



Taqdimot:
Tushunmagan savollarni so‘raydilar




Munozara

Mashg‘ulotga yakun yasash

4 daqiqa


Mavzuni umumlashtirish, uyga vazifa berish va darsga yakun yasash







Og‘zaki

Demak, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mazmun-mohiyati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‘quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.

Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitda va ajratilgan vaqt oralig‘ida loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasini tashkil etadi.

Bunday yondashishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan – uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib, tanlash yordamida maksimal shakllantirishdan iborat.





Download 97.26 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Download 97.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. BOB. Ta`lim sohasidagi islohotlar - davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi mavzusini o‘qitishning texnologik shakllar

Download 97.26 Kb.