|
Abduqayumova mukammalxonning materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi fanidan
|
bet | 3/7 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 33,61 Kb. | | #143982 |
Bog'liq Avstraliya materigiga umumiy tasnifMundarija:
Kirish.
I. Bob.Yevrosiyo materigining tabiiy geografik tasnif.
1.1.Yevrosiyo materigiga umumiy tavsif.
1.2.Tabiiy geografik rayonlarning ichki suvlari va iqlimi.
II.Bob. Yevrosiyoning tabiiy geografik jarajonlari.
2.1. Yevrosiyo materigining tabiiy geografik rayonlarining geografik joylashuvi.
2.2.Osiyo mintaqasi hududining iqlimi.
III.Xulosa.
VI. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
Kirish.
Yevrosiyo materigini paydo bo’lish davri, rivojlanishi, boshqa materiklar bilan bog’liqlik tomonlari va ajralib turuvchi xususiyatlari mavzu o’rganilishining dolzarbligi hisoblanadi.
Maqsadi va vazifasi Yevrosiyo materigining geografik o’rni, geologik tuzilishi, relefi va landshaftlarining bir-biridan farq qiladigan regionlari boshqa materiklardan ajralib turuvchi xususiyatlari, iqlimi va tabiiy geografik rayonlarini o’rganish.
Mavzuning obyekti: Yevrosiyo materigini tabiiy-geografik rayonlashtirish
Yevrosiyo materigini paydo bo’lish davri, rivojlanishi, boshqa materiklar bilan bog’liqlik tomonlari va ajralib turuvchi xususiyatlari mavzu o’rganilishining dolzarbligi hisoblanadi.
Maqsadi va vazifasi: Yevrosiyo materigining geografik o’rni, geologik tuzilishi, relefi va landshaftlarining bir-biridan farq qiladigan regionlari boshqa materiklardan ajralib turuvchi xususiyatlari, iqlimi va tabiiy geografik rayonlarini o’rganish.
Mavzuning obyekti va predmet: Yevrosiyo materigini tabiiy-geografik rayonlashtirish
Tarkibiy tuzilishi: yevrosiyo materigini tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirish.
I. Bob.Yevrosiyo materigining tabiiy geografik tasnif.
1.1.Yevrosiyo materigiga umumiy tavsif.
Yevro osiyo materigining tabiiy geografik rayonlashtirish Yer yuzidagi eng katta, eng baland super materik (8848m), shimoliy yarimsharning “sovuqlik qutbi” mavjud, eng yirik yarimoroli, eng chuqur g’ori, eng chuqur va eng katta ko’li, eng uzun lianalar ham shu yerda(300 m) o’sadi. Shimoliy yarimsharning barcha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari shakllangan, eng katta deltasi bor, yer sharidagi (sakkiz minglik ) o’n to’rtta cho’qqining barchasi shu materikda joylashgan, doimiy muzloq yerlar maydoniga ko’ra birinchi o’rinda, berk havzalar maydoniga ko’ra yetakchi,”Qor chizig’i – balandlik qutbi” eng balanddan o’tgan joy (6400m, Markaziy Tibet) shu materikda joylashgan.
Yevrosiyo materigi Shimoliy yarimsharda to’liq joylashgan. Faqat Osiyo qit’asining orollari janubiy yarimsharga kirib boradi. Qirg’oqlarini to’rtta okean suvlari o’rab turadi. Yevrosiyo materigi quruqlik maydoning deyarli 36,5%ini egallaydi. Bu materik Yevropa (maydoni 10 mln kv km) va Osiyo (maydoni 44 mln kv km) qit’alaridan tashkil topgan. Yerep- g’arb va Osiyo atamasi Osu esa sharq so’zlaridan kelib chiqqan. Yevrosiyo materigi sharqda Bering bo’g’ozi orqali Shimoliy Amerikadan ajralsa, g’arbda Gibraltar bo’g’ozi uni Afrikadan ajratib turadi. Yevrosiyoning Atlantika va Tinch okeani qirg’oqlari kuchli parchalangan. Materikning atrofida minglab orol ba yarim orollar joylashgan. Bu borada Tinch okeanida zanjirsimon ulanib ketgan orollar halqasi alohida ajralib turadi. Agar materikning chekka nuqtalari orollardan hisoblansa shimoliy qutbga atigi 10º qoladi, janubiy yarimsharda 11º kirib boradi.
Yevrosiyo eng qadimgi sivilizatsiya markazlari hisoblanadi. Jumladan, qadimgi Vaviloniya, Hindiston, Xitoy, Isroil, Gretsiya hududida madaniyat bir necha ming yilliklar avval rivojlangan. Dastlabki geografik xaritalar, globuslar ham shu hududda kashf etilgan. Erotosfen va Ptolomey tuzgan xaritalarda Yevrosiyo va Shimoliy Afrika aks ettirilgan. Materik to’g’risidag dastlabki geografik ma’lumotlar qadimgi faylasuf, tabiatshunos allomalardan Geradod (er.av. 485-425yillar), Geraklit (er.av. IV asr), strabon, Aflotun (Aristotel), Ptolomey va boshqalarning asarlarida berilgan.
Yevrosiyning ichki o’lkalari tabiatini o’rganishda o’rta osiyolik geograf olimlarning xizmatlari juda katta. O’rta Osiyo va Arab geografiyasiga asos solganMuhammad Iso al-Xorazmiyning (780-849-y.) xizmatini alohida ta’kidlash lozim.
Xorazmiy ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarni rivojlantirishga, tabiatni o’rganishga alohida e’tibor bergan.uning bosqichlariga 70 ga yaqin olimlar Jahon xaritalari ni tuzishgan. Bu xaritalar asosida Xorazmiy “Kitob surat al-arz” (Yerning surati) kitobini yozgan. Kitobda o’nlab xaritalar va ularning izohi ilova qilingan ko’plab geokrafik obektlarga tavsif berib, koordinatalarini o’lchagan va Yer kurrasining kattaligini aniqlagan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048-y.) Hindistonda yashagan davrida o’lkaning daryolari, tog’lari, o’simlik va hayvonot olamini batafsil o’rganib, “Hindiston” asarini yaratdi. U Amudaryo misolida “daryolar keltirayotgan tog’ jinslarining massasi (katta-kichikligi) suv oqimining tezligiga to’g’ri proporsional” ekanligini aniqladi. Bu keyinchalik, Beruniy qonuni deb aytiladigan bo`ldi.
Beruniy Qoraqum va Qizilqum hududlarining paydo bo’lishini, materiklar siljish g’oyasini birinchilardan bo’lib aytgan.
Beruniy 1010-1017 yillarda Xorazmda olimlarni birlashtirib “Fanlar akademiyasi” ya’ni (“Ma’mun akademiyasi”)ni barpo etdi. Olimlar orasida Ibn Sino ham bo’lgan. Olimlar geografiya, astronomiya, geodeziya, matematika, kartografiya, geologiya kabi fanlarni rivojlantirganlar.
Zaxiriddin Muhammad Bobur O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston hududining aholisi, xo’jaligi haqida qisman qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Ayniqsa uning “Boburnoma” asaridagi geografik ma’lumotlar diqqatga sazovordir. Ularning ilmiy me’rosi haqida H. Hasanov “Sayyoh olimlar” asarida (1981 yil ) zavq shavq bilan yozadi.
XVIII-XIX asrlardan tashkil etilgan sayohat va ilmiy ekspiditsiyalar Yevrosiyoni ilmiy jihatdan o’rganish ishlari olib borildi. Olimlar Yevorosiyoni turli qismlarini atroflicha o’rgandilar.
|
| |