|
Aylanma mablag‘lar (Aym) samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni
|
bet | 102/123 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #229021 |
Bog'liq Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001Aylanma mablag‘lar (Aym) samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlash yo’llari1
Ko’rsatkichlarning nomi
|
Nimani ifodalashi (imazimiini)
|
Aniqlanish formulasi
|
Aym.ning aylanuvchanligi, kunlarda
|
Aym. Bir aylanish davrining necha kunga to‘g‘ri kelishini ko’rsatadi
|
Aymo’s *Ks/ Q Ks - davrdagi kunlar soni
|
Aym.ning aylanuvchanlik koeffitsiyenti, martada
|
Tahlil davrida Aym.ga qo’yilgan mablag’ning necha marta aylanishini ifodalaydi
|
Q / Aymo’s
|
Aym.ning rentabelligi
|
100 so’m Aym. Summasiga to’g’ri keladigan foydani ko’rsatadi
|
SF*100/ Aymo’s
|
Aym.ning daromadliligi
|
100 so’m Aym. Summasiga to’g’ri keladigan daromadni (D) ifodalaydi
|
D*100/ Aymo’s
|
Debitorlarning aylanuvchanligi (kunlarda)
|
Debitorlarning (Deb) bir aylanish davri necha kunga to’g’ri kelishini ko’rsatadi
|
Deb*Ks/ Q
|
Aylanma mablag‘larning kunlarda ifodalangan aylanish tezligi aylanma mablag‘lar o‘rtacha yillik summasining bir kunlik sotilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ayma = Aymo‘s*Ks / Q, bunda:
Ayma - aylanma mablag’lar aylanuvchanligi;
Aymo’s - aylanma mablag’lar o‘rtacha yilliksummasi;
Q - mahsulot sotish summasi;
Ks- davrdagi kunlar soni (odatda, bir yildi 360, yarim yilda 180, 1 chorakda 90, 1 oyda 30 kun).
Aylanma mablag’larning necha marta aylanishi (aylanish koeffitsiyenti - Ak) sotilgan mahsulot summasining aylanma mablag‘lar o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi yoki davrdagi kunlar soni (360) aylanma mablag‘larning aylanish kunlariga bo‘linadi. Bu quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ak = Q / Aymo‘s yoki Ak = Ks / Ayma.
Aylanma mablag‘lar rentabelligi sof foydaning aylanma mablag‘lar o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Aymr = SF*100 / Aymo‘s,
1 Абдукаримов И.Т. ва бошкалар Корхона иктисодий салохияти тахдили. - Т.: Иктисодиёт ва хукук дунёси, 2015, - 256 б.
bunda:Aymr- aylanma mablag’lar rentabelligi;
SF - sof foyda.
Bu ko‘rsatkich korxona aylanma mablag‘larining 1 so‘miga qancha foyda olinayotganligini bildiradi.
Aylanma mablag‘lar daromadliligi (Aymd) yalpi foyda summasini aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun quyidagi formula tavsiya qilinadi:
Aymd = Yalpi foyda / Aymo‘s
|
| |