Umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa operatsiya xarajatlari




Download 1,26 Mb.
bet110/123
Sana13.05.2024
Hajmi1,26 Mb.
#229021
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

Umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa operatsiya xarajatlari. Korxonalarning boshqa operatsiya xarajatlari quyidagilardan iborat:

  • kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari (yangi tashkil etilayotgan korxonada ishlash uchun normalar doirasida va ulardan ortiqcha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno);

  • loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chogidagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqgan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar yetkazib beruvchi va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa korxonalar hisobiga undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi;

  • maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash, shu jumladan korxona mulkdorlaridan birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkazalidagan auditorlik xizmatlariga haq to‘lash;

  • o‘zining xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklarni saqlashdan ko‘rilgan zararlar;

  • salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari;

  • korxona tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar va xizmatlarni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga

209
yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari;

  • kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi to‘lovlar (vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq va boshqalar);

  • ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar (qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har oylik nafaqani to‘lash bo‘yicha xarajatlar; pensiyaga ustamalar; pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqalar; xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam);

  • sogliqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo‘shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ko‘proq xarajatlar;

  • vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalardan qoplanadigan xarajatlardan tashqari);

  • bank va depozitariy xizmatlariga to‘lovlar;

  • ekologiya, sog‘lomlashtrish va boshqa xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, sogliqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar;

  • budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yigimlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘lanadign va korxona xarajatlariga qo‘shiladigan maxsus budjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratmalar;

  • zararlar, jarimalar, penyalar (bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha yo‘qotishlar; moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolishi normalari doirasidagi va normalardan ko‘proq, bevostita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan yo‘qotishlar hamda kamomadlar; sud xarajatlari; to‘lanishi shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiraga ajratmalar va boshqalar);

  • boshqa operatsiya xarajatlari.


Download 1,26 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123




Download 1,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumxo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa operatsiya xarajatlari

Download 1,26 Mb.