• Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni guruhlash
  • -BOB. SANOATDA TANNARX, FOYDA VA ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGI




    Download 1,26 Mb.
    bet108/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    13-BOB. SANOATDA TANNARX, FOYDA VA
    ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGI


      1. Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini
        kamaytirishning ilmiy asoslari


    Iqtisodiyot nazariyasida qiymat va tannarx masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qiymat tushunchasi borasida bir qator munozarali fikrlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar tovarning qiymatini uning natijaliligi bilan bog‘lasalar, ayrimlari tovar qiymati - tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy mehnati, deb hisoblaydilar. Boshqalari esa, tovarning qiymatini ushbu tovarga bo‘lgan talab va taklif, ya’ni tovarning noyobligi belgilaydi, deyiladi.
    Umuman olganda, tovarning qiymati uning boshqa tovarga ayirboshlana olish darajasini aniqlash uchun zarurdir. Narx (baho) va qiymat tushunchalari orasida deyarli farq yo‘q. Faqatgina narx (baho) - bu, tovar qiymatining puldagi ifodasidir halos.
    Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan ham keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut ishlab chiqarish sub’ektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.
    Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi - mahsulotni ishlab chiqarish, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan boqlik bo‘lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir.
    Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri - mhsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga imkoniyat yaratiladi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha resurslardan bekamu-ko‘st foydalanish bu ko‘rsatkichlarning rolini oshirishni taqozo etadi. Shu sababli «tannarx» atamasining mohiyati, ahamiyati, mazmuni va shakllarini yaxshi bilish hamda uni pasaytirish masalasiga katta e’tibor berish kerak.
    Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xom ashyo va materiallar, mehnat va ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa yuklama xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xa- rajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab chiqarish tannarxi deb ataladi.
    Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichi ishlab chiqarishni rivojlantirishda va uni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.
    Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, ya’ni foydani ko‘paytirishning, mavjud resurslar bilan ishlab chiqarish hajmini o‘stirishning muhim omili hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichi ishlab chiqarish sifat ko‘rsatkichlari orasida alohida o‘rin tutadi.
    Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va materiallardan foydalanish, moddiy-texnika ta’minotini takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash borasidagi hamma o‘zgarishlar xarajatlar darajasida aks etadi. Shu sababli ham biz mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining sifat ko‘rsatkichlari tizimida muhim o‘rin egallaydi, deya olamiz. Binobarin, shuning uchun ham mahsulot ishlab chiqarish tannarxini xosil qiluvchi xarajatlarni ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi.

      1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi
        xarajatlarni guruhlash


    Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi.
    Sanoat korxonalari faoliyati moddiy va mehnat xarajatlari bilan bog‘liq. Xarajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning jami xarajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va unga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot korxonaga qanchaga tushayotganini aniqlash mumkin.
    Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq xarajatlarni ham amalga oshirishadi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat xarajatlari ham deyiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq korxonalarning xarajatlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

    • mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;

    • ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar;

    • korxona umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari;

    • favqulodda zararlar.

    Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan gruhlarga ajratiladi:

    • ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);

    • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;

    • ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sugurta ajratmalari;

    • asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

    • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.

    Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarining eng yirik elementi - moddiy xarajatlardir. Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi tarkibida ularning hissasi 60-90 foizni tashkil etishi mumkin.
    Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi:

    • mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar;

    • normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash, mahsulot (ish, xizmat)lar yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob- 205

    uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun) materiallar, shuningdek asbob- uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar, laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining eskirishi, maxsus kiyim-bosh va boshqa arzon baho ashyolarning eskirishi;

    • sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;

    • tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar;

    • tabiiy xom ashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo‘jaligi tizimida belgilangan limitlar doirasida va undan ortiq olinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun yogoch taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari;

    • texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonaning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari;

    • korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya;

    • ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi;

    • korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).

    Korxonalar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslr qiymatiga kiritiladi.
    Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladign chiqitlar qiymati hamda idish va o‘rash-joylash materiallari qiymati, ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha chiqarib tashlanadi.
    “Moddiy xarajatlar” elementlari bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yigimlardan, tarnsportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
    Ishlab chiqarish xarajatlarining yirik elementlariga asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishidir. Qaysikim, u amortizatsiya ajratmalari summasiga tengdir.
    206
    Unga asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasi va uning indeksatsiyasi ham kiradi.
    Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari - bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish xodimlariga mehnat haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlardir. Ularga quyidagilar kiradi:

    • korxonada qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay rassenkalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib amalda bajarilgan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ish uchun hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar;

    • kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlariga ustamalar;

    • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusidagi to‘lovlar (texnologik jarayon jadvalida nzarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlariga ustamalar va qo‘shimcha haq, ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar, hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha ogir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushb sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar va h.k.);

    • ishlanmagan vaqt uchun to‘lov (foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash, harbiy yiginlar, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yiginlar va boshqalar uchun mehnat haqi to‘lash va h.k.);

    • korxona shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga, ular tomonidan fuqarolik- huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob korxonaning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;

    • belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.

    Korxonlarning ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sugurtaga ajratmalari - bu ijtimoi fondlarga (Pensiya fondiga, Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish fondiga, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashiga) majburiy ajratmalardir.
    Korxonalarning ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlariga quyidagilar tegishli:

    • ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari (ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari; yongindan saqlash va qo‘riqlashni hamda korxonaning texnikaviy foydalanish qoidalari bilan nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari; ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar; tekin ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar 207

    xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, korxona xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to‘lash xarajatlari; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati va boshqalar);

    • ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lgan xizmat safarlariga yuborish bo‘yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar;

    • ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sugurta qilish xarajatlari;

    • brak tufayli kelib chiqadigan yo‘qotishlar;

    • ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko‘ra bekor turishlar tufayli yo‘qotishlar;

    • kafolatli xizmat muddati blgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatish xarajatlari;

    • mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;

    • ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo‘qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarsiz to‘lanadigan nafaqalar;

    • umumiy foydalaniladigan yo‘lovchilar transporti xizmat ko‘rsatmaydigan yo‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq xrajatlar.


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. SANOATDA TANNARX, FOYDA VA ISHLAB CHIQARISH RENTABELLIGI

    Download 1,26 Mb.