• Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yollari
  • 12.4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, attestatsiya va nazorat qilish
  • Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot




    Download 1,26 Mb.
    bet106/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Xe - buyumni sotib olish va ekspluatatsiya qilish xarajatlari, so'm.
    Formulaning maxrajini aniqlash murakkab emas, chunki u buyumning sotish bahosini, ekspluatatsiya, ta'mirlash va utilizatsiya qilish xarajatlarini o'z ichiga oladi.
    196
    Formula suratini aniqlash esa, qiyinroq kechadi, chunki buyumning sifati juda ko'p va turli - tuman ko'rsatkichlardan iborat. Bu bilan alohida fan «Kvalametriya» shug’ullanadi. U sifatni son jihatdan, ya'ni bir so'mlik xarajatta buyum sifati birligi o'sishini baholashning etarli darajada ma'qul usulini ishlab chiqqan.
    Demak, hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitida mahsulot sifati — korxona samaradorligining, rentabelligining muhim tarkibiy qismidir. Shu sababli unga doimo e'tibor bermoq zarur. Sifat bilan barcha korxona direktoridan tortib, aniq ish bajaruvchigacha shug’ullanishi kerak.
    Sifatni ta'minlash, loyihalash, saqlash bo'yicha barcha jarayonlar sifatni boshqarish tizimiga birlashtirilgan.

      1. Mahsulot sifatini boshqarish va uni oshirish yo'llari

    Har qanday ishlab chiqarishni rivojlantirish va yuksak darajaga ko'tarish uchun uni boshqarish kerak. «Boshqarish» iborasini mahsulot sifatiga qo'llaganda, mahsulot sifati va uning raqobatbardoshligini doimiy nazorat qilish, uning belgilovchi shartlari va omillarini maqsadga muvofiq ta'sir qildirish yo'llari bilan mahsulot sifatini loyihalashtirish, ishlab chiqkarish va foydalanishda uning zaurur darajada o'rnatilishini, ta'minlanishini va saqlanishini tushunmoq kerak.
    Mahsulotning sifatini boshqarish operatsiyalari muhandis-texnik, tashkiliy- texnologik, nazorat va boshqa jarayonlarning o'zaro bog’liqligi majmuasini tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi.
    Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat:
    - mahsulot sifati darajasini belgilash;

    • mahsulot sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi buyum va uni ishlab chiqarish jarayonining faoliyati to'g’risidagi axborotlarni yig’ish va o'rganish;

    • mahsulot sifatini boshqarish to'g’risida qaror qabul qilish va ob'ektga ta'sir ko'rsatishga tayyorlanish;

    • boshqaruvga tegishli buyruqlarni berish;

    • boshqarish natijasida mahsulot sifatining o'zgarishi haqidagi axborotlarni yig’ish va tahlil qilish.

    Mahsulot sifatini boshqarishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

    • mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini o'zoq muddatlarga chamalash;

    • mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish va bashorat qilish;

    • mahsulot sifatini attestatsiya qilish;

    • mahsulot loyihasini chizish va ishlab chiqarishga joriy etish;

    • mahsulot sifatini moddiy-texnik tomondan ta'minlash;

    • ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;

    • mahsulot sifatini o'lchashni tashkil etish;

    • mutaxassislarni tanlash, joylashtirish, o'qitish va tarbiyalash;

    • sifatli mahsulot ishlab chiqarish darajasini bir tekisda olib borish;

    • ishlab chiqarish vositalarini saqlash, ta'mirlashni tashkil etish;

    • mahsulot sifatini oshirishni rag’batlantirish;

    • mahsulot sifatini nazorat qilish;

    • standartlarga, o'lchash vositalariga va texnik shartlarga rioya qilish;

    • mahsulot sifatini boshqarish huquqini ta'minlash.

    197
    Mahsulot sifatini boshqarish uning xossalari, texnologik jarayonlarning ixtisoslashtirish xususiyatlari, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari va usullarini hisobga olgan holda bajariladi.
    Mahsulot sifatini yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzilayotganda ularni amalga oshirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligi texnikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslanadi.
    Buning uchun quyidagilar asos qilib olinadi:

    • ishlab chiqarilgan mahsulot sifatiga bo'lgan talablar va kelgusida uni takomillashtirish imkoniyatlari;

    • mahsulotning sifat darajasini baholash;

    • ishlab chiqarilgan mahsulotda uchragan nuqsonlarni yuzaga chiqarish va tahlil etish;

    • laboratoriyadan o'tkazilgan sinov natijalari, iste'molchilar tomonidan yuborilgan norozilik xujjatlari, texnikaviy nazorat va ma'lumotlar;

    • ilg’or korxonalarning mahsulotlari bilan taqqoslash.

    Mahsulot sifatini yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidagilar kiradi:

    • mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba va loyihalashtirish ishlari hamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar;

    • ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oid tadbirlar;

    • xom ashyo va materiallar sifatini oshirish bo'yicha ta'minlovchilarga qo'yiladigan talablar;

    • mahsulot sifatini oshirish bo'yicha o'tkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyihalashtirish yuzasidan ilmiy-tekshirish, loyihalashtirish tashkilotlariga beriladigan topshiriqlar;

    • texnikaviy xujjatlarni yaxshilash tadbirlari:

    • texnologik intizomga rioya qilishni tekshirish sharoiti, ishlab chiqarishni o'lchov asboblari bilan ta'minlash, ularning aniq ishlashini kuzatib turish tadbirlari;

    • standartlarni o'zlashtirish, ularga rioya qilish, buyumlarni unifikatsiyalashtirish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, nuqsonlarning oldini olish va iste'molchilar tomonidan bo'ladigan noroziliklarni kamaytirish bo'yicha tadbirlar.

    Bu kabi tadbirlar o'z vaqtida bajarilishini to'la-to'kis ta'minlash uchun ularning bajarilish muddatlari, mas'ul kishilar, muayyan xarajatlar va ularning iqtisodiy samaradorligi, raqobatbardoshligi hamda boshqa ko'rsatkichlar aniqlanadi.
    Ma'lumki, raqobat va raqobatbardoshlik o'rtasida dialektik aloqadorlik mavjud bo'lib, biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Raqobat korxonalarni raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko'rsatishga undaydi.
    Raqobatbardoshlik nisbiy o'lchov bo'lib, xususiyati shundan iboratki, uni raqobat predmeti (mahculot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham qo'llash mumkin.
    Mahsulotning raqobatbardoshligi deganda, iste'molchining aniq ehtiyojlarini qondirish va uni xarid qilish hamda keyinchalik undan foydalanish uchun sarflanadigan xarajatlar darajalari bo'yicha uni, ya'ni mahsulot boshqa shunday tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig’indisi tushuniladi.
    Mahsulotning raqobatbardoshligi - biror bir firma tomonidan ishlab chiqarilgan, raqobatchi firmalarning xuddi shunday tovarlariga qaraganda yaxshiroq iste'mol 198
    xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo'lgan tovarlarning iste'molchilar tomonidan ajratib olinish «qobiliyati»dir.
    Raqobatbardoshlik aynan bozorda ko'zatiladi va tovarlarning iste'molchi ehtiyojlariga muvofiq kelishi solishtirib va tekshirib ko'riladi. Ana shunda tovarning raqobatbardoshligi real xaridni amalga oshirayotgan xaridor uchun jozibadorlik darajasini ko'rsatadi.
    12.4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, attestatsiya va nazorat qilish
    Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir.
    Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo'llash jarayoni. U normal ijodiy faoliyat bo'lib, sifatning optimal ko'rsatkichlarini, mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va xokazolarni ishlab chiqishni va qat'i belgalashni o'z ichiga oladi.
    Standartlashtirish mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va normativ asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, yo'riqnoma, mahsulotni asoslash uchun kerakli shartlar usuli kabi xujjatlarda aks ettiradi.
    Standartlashtirishdan maqsad-mahsulot va xizmatlarning xavfsizligini, raqobatbardoshligini ta'minlash, iste'molchilar va davlat manfaatilarini himoya qilishdir.
    Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning rivojlanish sur'ati va darajasiga zaruriy ta'sir ko'rsatadi. Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayanadi.
    O'zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etish bilan chambarchas bog’liq. Standartlashtirishdan maqsad - mahsulot va xizmatlarning xavfsizligini, raqobatbardoshligini ta'minlash, iste'molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdir. Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi xalq xo'jaligi, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu xujjatdan to'g’ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.
    Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi quyidagilarni ishlab chiqishga va doimiy faol holatda bo'lishiga imkoniyat yaratadi:
    - yagona texnik til;

    • mahsulotning muhim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari, ya'ni o'lcham ayirmasi (qo'yim va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va boshqalar);

    • umummashinasozlikda ishlatiladigan buyumlarning tiporazmer qatorlari va namunali konstruksiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi asboblar va boshqalar);

    • texnik-iqtisodiy axborotlar klassifiqatorlari tizimi;

    • materiallar va moddalar xossalari to'g’risida aniq ma'lumotlar beradigan dalillarni.

    O'zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar bilan uyg’unlashishi va quyidagilarni ta'minlashi lozim:

    • sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning hayoti va sog’lig’i, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo'yicha iste'molchilar va davlat manfaatlarini;

    • mahsulot mos kelishining o'zaro almashuvi, ya'ni bir-birini almashtira olishini;

    199

    • mehnat va moddiy resurslarni tejashga ko'maklashish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilashni;

    • ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yirik loyihalarning normativ-texnik bazasini yaratishni;

    • ishlab chiqarishda va savdoda texnik to'siqlarni bartaraf etishni, dunyo bozorida mahsulot raqobatbardoshligini, xalqaro mehnat taqsimotida samarali qatnashishini va h.k.larni ta'minlashi kerak.

    Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi:

    • tarmoqlanish - umumiy xususiyatga ega bo'lgan narsalar, jarayonlar, munosabatlar tatbiq etish mumkin bo'lgan ob'ektlar doirasini aniqlaydi;

    • variantlilik - oqilona xilma-xillik, rang-baranglikni yaratish - standartlashgan ob'ektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari minimumini ta'minlaydi;

    • tizimlilik - standartga tizim elementi sifatida qaraydi;

    • o'zaro almashuvchanlik - texnikaga muvofiq turli vaqt-makonning turli nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig’ish yoki almashtirishni nazarda tutadi.

    Standart deganda nima tushuniladi?
    Standart inglizcha «standard» so'zidan olingan bo'lib, norma, namuna, o'lcham ma'nosini bildiradi. U boshqa ob'ektlarni taqqoslash uchun dastlabki ob'ekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model, standartlanadigan ob'ektga quyiladigan va vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan normalar, qoidalar, talablarni belgilovchi normativ-texnik xujjat. Standart inson faoliyatining barcha sohasiga, ilm-fanga, texnikaga, sanoat, qishloq xo'jaligiga, qurilishga, transport va aloqaga, ta'lim va boshqa sohalarga taalluqlidir.
    Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimi (DST) shakllandi va u O'zbekistonda standartlar to'zish, izohlash va tarqatish jarayonlarini tartibga keltirdi. Bu borada O'zbekiston Standartlashtirish, meteorolo- giya va sertifikatlantirish agentligi («O'zstandart») olib borayotgan keng ko'lamli ishlarni alohida e'tirof etish joiz.
    «O'zstandart» agentligi bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotning sifat darajasini belgilovchi, ko'rsatkichlar raqobatdoshligini ta'minlovchi, ishlab chiqaruvchilarga etarli miqdorda axborotlar etkazib beruvchi markazdir.
    «O'zstandart» agentligi tomonidan ishlab chiqilgan «Sifat menejmenti va mahsulotlarni sinash» tizimi mahsulot sifat ko'rsatkichini baholash bilan birga me'yoriy xujjatlar asosida to'g’ri ma'lumotga ega bo'lish talablarini o'rnatadi.
    Hozirgi kunda Davlat standartlash tizimi (DST) beshta asosiy standartni o'z ichiga oladi:

    1. O'zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar;

    2. Tarmoq standartlari;

    3. Texnik shartlarni kelishish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi;

    4. Korxonaning standartlari. Umumiy qoidalar;

    5. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar.

    Bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan Xalqaro standartlashtirishning roli, ahamiyati beqiyos darajada kuchaydi. Chunki, xalqaro standartlashtirish ilmiy- texnika va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Ular xalqaro aloqalarni kengaytirishga, mavjudlarini takomillashtirishga yordam beradi.
    200
    Hozirgi kunda jahonda 400 dan ortiq Xalqaro va regional (hududiy) tashkilotlar mavjud (2000 yil). Standartlashtirish sohasida yirik xalqaro tashkilotlar BMTga qarashli evropa iqtisodiy komissiyasi (EEKOON), standartlashtirish bo'yicha Xalqaro tashkilot (ISO) ishlab turibdi.
    Muvofiqligini tasdiqlash jarayonida bajariladigan operatsiyalar, ya'ni har bir ayrim ish faoliyatlarini quyidagi chizmada ko'rish mumkin:
    Respublikada sertifikatlash ishlarini yaxshilash maqsadida 1993 yilning 28 dekabrida Oliy Majlis tomonidan «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to'g’risida»gi qonun qabul qilingan. Mazkur qonun sertafikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek, majburiyatlar va javobgarliklarni belgilab beradi. Ushbu qonun 4 ta bob va 23 moddadan iborat bo'lib, ularda umumiy qoidalar, sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar, mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish, nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to'g’risidagi qonun hujjatlarini bo'zganligi uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan (21.1-chizma).


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot

    Download 1,26 Mb.