• Qisqacha xulosalar
  • Nazorat va muhokama uchun savollar
  • Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar royxati
  • -chizma. Sertifikatlashtirish




    Download 1,26 Mb.
    bet107/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    12.1-chizma. Sertifikatlashtirish1

    Mahsulot sifati nazariyasi va amaliyotida mahsulotni sertifikatlashtirish masalasi muhim o'rin tutadi.
    Mahsulotni sertifikatlashtirish uning aniq belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash usullaridan biri hisoblanadi.
    Mahsulot yoki bajarilgan ishning belgilangan talablarga muvofiqligiga oid faoliyat uchun tegishli xujjat beriladi. Uni «sertifikat» deb ataydilar.
    Sertifikat lotincha «certificatis» so'zidan olingan bo'lib, tasdiqlangan degan ma'noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat (masalan, malaka oshirilganligi to'g’risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus obligatsiyalar va aktsiyalarning nomi; uchinchidan, sug’urta shartnomasida uning shartlari yoziladigan hujjat; to'rtinchidan, maxsus idoralar (savdo palatasi, Davlat inspeksiyasi va boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar, buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; beshinchidan, qishloq xo'jaligida urug’lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikati bo'lmagan taqdirda urug’lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadiStandartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiklashtirish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi «O'zstandart», Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi, tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash va Mudofaa vazirliklari zimmasiga yuklatilgan.
    Qisqacha xulosalar
    Mahsulot sifati sanoat ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining asosiy, eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifati mahsulotning iste’mol xususiyatlari majmui bo‘lib, uning iqtisodiyot va aholining muayyan ehtiyojlariga yaroqliligini ifodalaydi.
    Mahsulot sifati tayyorlangan mahsulotning mustaqilligi, kulayligi, ishonchliligi, chidamliligi, tejamkorligi, go‘zalligi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli mahsulot sifatini yaxshilash jamiyatga juda katta samara keltiradi: mablag‘larni tejaydi, tannarxni kamaytirish, foydani ko‘paytirish va shu asosda mamlakat xazinasini to‘ldirishga imkon beradi.
    Mahsulot sifatini yaxshilash va uning raqobatbardoshliligini ta’minlash davlat siyosatining eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Shu sababli qonunlarda, Prezident farmonlarida va hukumat qarorlarida mahsulot va ish sifatini oshirishga alohida e’tibor berilib, ularda barcha turdagi mahsulotlarning texnik darajasi, tejamliligi va sifati oshirilsin deyiladi, yangi o‘zlashtiriladigan mahsulotlar o‘zining sifat va texnik-iqtisodiy tavsiflari jihatidan jahon fan-texnika va texnologiyasi erishgan ilg‘or yutuqlarga mos bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida va boshqa bir qator ko‘rsatmalar berilgan.
    Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. Yana bir muhim masala — sertifikatlashtirishdir. Bu ikki faoliyat fan-texnika, amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayangan holda ishlab chiqarish rivojiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
    Bugungi kunda Respublikamizda sanoat maxsulotlarining sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan tizimlar va ularni boshqarishning milliy modellari yaratildi.
    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. .Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va sifat siyosati.

    2. .Sifat kategoriyasining mohiyati va ahamiyati.

    1. .Mahsulot sifati ko‘rsatkichlari.

    2. .Sifat, baho va baholash.

    5.Mahsulot sifatini boshqarish.
    6.Standartlashtirish va standartlar.
    7.Sertifikatsiyalash va sertifikatlar.
    8.Sifat va xorijiy tajribalar.
    9.Mustaqillik yillarida mahsulot sifatini va uning raqobatbardoshligini oshirish borasidagi yutuqlar va istiqboldagi vazifalar.
    Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:

    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.

    2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2017 yil 15 avgustdagi №3-5024 sonli Qarori.

    3. Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak . Tashkent : O‘zbekiston, 2017 y.,104 b.

    4. Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000.

    5. Schmalensee, Richard, and Robert Willig, eds. (HB) Handbook of Industrial Organization. Vols. 1-2. North-Holland, 1989.

    6. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.

    7. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi

    8. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123




    Download 1,26 Mb.