• Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
  • Qisqacha xulosalar
  • Nazorat va muhokama uchun savollar
  • Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar royxati
  • Ra= sof foyda/aylanma kapitalning o‘rtacha qiymati




    Download 1,26 Mb.
    bet115/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Ra= sof foyda/aylanma kapitalning o‘rtacha qiymati
    Rentabellik darajasi ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishi korxona ixtiyoridagi asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanilayotganini va korxonaning ma’lum miqdorda foyda (daromad) olayotganligini ko‘rsatadi.
    216
    Rentabellik darajasini ko‘tarish uchun sanoatning barcha tarmoqlari va korxonalari sotilgan mahsulot hajmini oshirishga, uni ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari zarur.

      1. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida “Birinchi - islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko'rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko'rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so'zsiz oshirish. Tarmoqlar bo'yicha tannarx o'rtacha 10 foizga qisqartirilgan bo'lsa-da, kimyo va yengil sanoat, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa bir qator tarmoqlarning ayrim mahsulotlari qimmatligi sababli tashqi bozorlarda raqobatdosh bo'la olmayapti. Ayrim korxonalar zarar bilan ishlamoqda.»-deb tannarxni kamaytirish muammosiga katta e'tibor zarurligi ta'kidlandi55.
    Mehnat unumdorligini oshirish, xom ashyo va material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko'rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni kamaytirish sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
    Mehnat unumdorligini oshirish uchun esa ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko'paytirish kerak. Bu xolda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o'sgandagina tannarx pasayadi.
    Mehnat unumdorligining o'sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
    Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo'lgan sarflarni qisqartirish kerak bo'ladi.
    Xizmat ko'rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma'muriy-boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish,
    asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
    Unumsiz xarajatlarni (jarima to'lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishni ta'minlovchi omillar hisoblanadi. Masalan, texnika taraqkiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta'sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizatsiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, kimyolash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
    Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun, eng avvalo, undagi zaxira, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko'zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko'z ilg’amaydigan bo'lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo'ladi.
    Zaxiralar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular, eng avvalo, to'planish joyiga ko'ra, ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
    Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo'yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy- ekologik rezervlar kiradi.
    Rezervlar safarbar etilishi muddati bo'yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
    Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo'yicha ham guruhlarga bo'lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
    Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo'lib ko'rish mumkin:

    • tashkiliy-texnikaviy rezervlar;

    • ijtimoiy - iqtisodiy rezervlar.

    Yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya'ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning metodikasi, usulini «Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish» fani bo'yicha ma'ro'zalarda, amaliy mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
    Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:

    1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;

    2. Mahsulot tannarxini kalkulyakiyalash;

    3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;

    4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.

    Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan 218
    foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning o'zil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo'limlariga etkaziladi.
    Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o'zida hisob qilinadigan ko'rsatkich hisoblanadi. Shunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat
    ko'rsatkichlaridan biri bo'lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini pa- saytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo'lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo'lgan holda (masalan, xuddi o'sha mahsulotning narxi barqaror bo'lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko'p bo'ladi.
    Shu sababli yaqin va uzoq kelajakda ham ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxining pasaytirish inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan vazifalardan biri hisoblanadi.
    2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017 yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o'rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan56 . Shu jumladan, ma'nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirishga alohida e'tibor qaratiladi. Bu yo'nalishga korxonalarning mablag’lari va tijorat banklar kreditlari hisobidan 602 000,0 mln. so'm investitsiyalar yo'naltiriladi, bu esa mahalliy mahsulotlarning, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
    Qisqacha xulosalar
    Mahsulot tannarxi sanoat korxonalari faoliyatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga sarflangan mablag‘lardan tashkil topadi. Shu sababli mahsulot tannarxini arzonlashtirishning ahamiyati beqiyosdir. Uni pasaytirish foyda (daromad)ning oshishiga, narxlarning pasayishiga imkoniyat yaratadi.
    Foyda (daromad) korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. U moddiy ishlab chiqarishda yaratilgan sof daromadning bir qismi bo‘lib, davlat budjeti daromadlarining shakllanishida asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
    Ishlab chiqarish rentabelligi sanoat ishlab chiqarishi, uning tarmoqlari va korxonalarning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
    Shuni ta’kidlash kerakki, 22 yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida sanoat ishlab chiqarishining usluksiz rivojlanishi tufayli nafaqat mahsulotlarning xajmi ko‘paydi va sifati yaxshilandi, balki ularni tayyorlash uchun sarflangan xarajatlar miqdori keskin kamaydi va oqibat natijada sanoat tarmoqlarining rentabellikligi yuqori darajaga ko‘tarildi.
    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. Tannarx va qiymat muammolari.

    2. Tannarxning tarkibi, tuzilmasi va uni pasaytirish yo‘llari.

    3. Foyda va uni maksimallashtirish masalalari.

    4. Rentabellik va uni hisoblash usullari.

    5. Inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturida tannarx masalalariga berilgan e’tibor nimalardan iborat?

    Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:

    1. 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi// https://president.uz/uz/lists/view/2228

    2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.

    3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2017 yil 15 avgustdagi №3-5024 sonli Qarori.

    4. Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak . Tashkent : O‘zbekiston, 2017 y.,104 b.

    5. Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000.

    6. Schmalensee, Richard, and Robert Willig, eds. (HB) Handbook of Industrial Organization. Vols. 1-2. North-Holland, 1989.

    7. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.

    8. A.Vahobov va boshq. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: Darslik. - T.: “Sharq”, 2015. - 480 b.

    9. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi

    10. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ra= sof foyda/aylanma kapitalning o‘rtacha qiymati

    Download 1,26 Mb.