• 14.2.Bahoning funksiyalari va turlari
  • bozorga kirib olish narxi
  • 14.3. Sanoatda bahoni shakllantirish usullari va baho siyosatini ishlab chiqish bosqichlari
  • -rasm. Bahoning shakllanishi




    Download 1,26 Mb.
    bet117/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    14.1-rasm. Bahoning shakllanishi

    Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot yer yuzidagi ko‘pgina davlatlarda turli darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ko‘rish mumkin. Shunday belgilaridan biri, narxlarning liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan o‘lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo‘lishi mumkin emas. Pul esa, iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bo‘lib, iqtisodiyotda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Baho shakllanishida raqobat muhim o‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutkazish bahoni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor ko‘p bo‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko‘p bo‘lib, ular raqobatlashishsa, past baholar vujudga keladi.
    Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan o‘ta past baholar ham paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab qiladi.
    Ayrim buyumlarning bahosini o‘zgartirish evaziga davlat ularga bo‘lgan ehtiyojni hamda ularni xarid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog‘lig‘iga putur yetkazuvchi mahsulotlarning narxini oshirish evaziga ularning xarid qilinishini
    chegaralash va aksincha, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarining narxini me’yorda ushlab turish orqali ehtiyojlarni to‘laroq qondirish mulohazamizga dalil bo‘la oladi.
    Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya, valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning ko‘zgusi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi (xaridor) o‘z izmini o‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rib chiqqanimizdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida narxning roli va ahamiyati juda katta.
    Baho shakllanishida raqobat muhim o‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki yutkazish bahoni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor ko‘p bo‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar ko‘p bo‘lib, ular raqobatlashishsa, past baholar vujudga keladi.
    Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan o‘ta past baholar ham paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xo‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan foydalanishni talab qiladi.
    Ayrim buyumlarning bahosini o‘zgartirish evaziga davlat ularga bo‘lgan ehtiyojni hamda ularni xarid qilishni boshqaradi. Jumladan, inson sog‘lig‘iga putur yetkazuvchi mahsulotlarning narxini oshirish evaziga ularni xarid qilinishini chegaralash va aksincha, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarining narxini me’yorda ushlab turish orqali ehtiyojlarni to‘laroq qondirish mulohazamizga dalil bo‘la oladi.
    Nazariy jihatdan olib qaralganda, baho - tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Amaliy jihatdan qaralganda esa, baho - muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning o‘zidagi mehnat sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning majmuasi qiymat demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bo‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
    14.2.Bahoning funksiyalari va turlari
    Bahoning iqtisodiy mazmunini uning fuksiyalari yaqqol ko‘rsatib beradi. Baho nimaga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli narxini — buning farqi yo‘q) besh asosiy funksiyani bajaradi:

    1. Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi. Bunda baho bozordagi talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.

    2. Hisob-kitob, o‘lchov funksiyasi. Baho qiymatning puldagi ifodasi, chunki bajarilgan ish xajmi, foyda-zararning barchasi baho asosida hisob-kitob qilinadi.

    3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi. Baho bozor iqtisodiyotining asosiy vositalaridan biridir. Undagi o‘zgarish bozor holati (kon’yukturasi)ni bildiradi.

    4. Raqobat vositasi funksiyasi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga

    224
    keltiruvchi kuch, baho vositasida bellashuv raqobatning asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Korxonalar o‘z raqiblarini yengish, ularni bozordan siqib chiqarish uchun bahoni o‘zgartirib turadilar.

    1. Ijtimoiy himoya funksiyasi. Baho ayrim aholi toifalarini kambag‘allikdan saklash vazifasini o‘taydi. Odatda, aholining nochor va muhtoj qatlamlariga tovarlar arzonlashtirilgan baholarda sotiladi.

    Bular ijtimoiy dotatsiyalangan baholar bo‘lib, ularni moliyaviy jihatdan davlat budjeti yoki budjetdan tashqari mablag‘lar ta’minlaydi. Dotatsiyalangan baholarni davlat belgilaydi.
    Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos tizimi borki, u o‘zaro bog‘langan, bir-birini taqozo etuvchi, ammo turli maqsadlarda qo‘llanuvchi baholar majmuasidan tashkil topadi. Bahoning shakllanish jarayoni murakkab bo‘lib, uning ishtirokchilari g‘oyat ko‘pchilikni tashkil etadi. Baholar turli vazifalarni bajarganligi sababli ham ularning turi ko‘p.
    Baholarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

    1. Ulgurji baholar. Tovarlar ko‘tarasiga katta miqdorda sotilganda bu baholardan foydalaniladi. Bunday bahoni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin.

    2. Chakana baholar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu baho o‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi.

    3. Nufuzli baholar. Bu baholardan obro‘ talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda foydalaniladi.

    4. Dotatsiyali baholar. Bunda tovarlar davlat budjeti hisobidan

    arzonlashtirilgan baholarda olinadi.

    1. Davlat baholari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda qo‘llaniladi.

    2. Mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga belgilanadi.

    3. Milliy va jahon baholari. Alohida tovarning baynalmilal xarajatlari. Bunda jahon bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi.

    4. Standart baholar. Xaridor cho‘ntagidagi pulga qarab, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo‘llaniladi.

    5. Preyskurant baholar. Bu baholar sotuvchi uchun mo‘ljal baho, xaridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot baho hisoblanadi.

    6. Tarif baholari. Tarif baholari asosan taransport tizimida va xizmat ko‘rsatish tizimlarida keng foydalaniladi.

    Ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o‘zi uchun maqbul bo‘lgan baho ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. Shu maqsadda u bahoni uchga ajratadi. Ya’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va ob’ektiv baho.
    Maksimal baho - (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu bahodan boshlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichidir.
    Minimal baho (qo‘shilishi mumkin bo‘lgan eng past baho) - bu tovar narxining shunday ko‘rsatkichiki, tadbirkor muzokaralar davomida undan tushmaslikka harakat 225
    qiladi.
    Ob’ektiv baho - bu tarkibida o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan u yoki bu tovarning o‘rtacha bahosidir.
    Bahoning iqtisodiyotdagi o‘rni beqiyos katta bo‘lganidan uning har bir turidan oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli korxonalar va firmalar narx, belgilashga katta e’tibor beradilar. Ular o‘zlarining narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydilar:

    • tovar sotishni ko‘paytirish;

    • ko‘proq foyda olish;

    • o‘rnini muayyan mavqeini saqlab qolish.

    Tovar sotishni ko‘paytirishdan uch natija kutiladi: a) tovar sotishni ko‘paytirish orqali bozorda o‘z hissasini oshirish, imkon bo‘lganda bozorni o‘z nazoratiga olish; b) har bir tovarni (tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bo‘lgan holda tovarlarni ko‘plab sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish; v) tovarni ko‘p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish.
    Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o‘z mavqeini mustaxkamlash uchun firmalar mahsus narx qo‘llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi.
    Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiqlaydi, shu sababli firmalar uni yashirin qo‘llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bo‘ladi.
    Korxona mahsulotiga o‘rnatiladigan baho darajasini belgilashda tadbirkorlar o‘zaro bog‘liqlikda amal qiluvchi baholar tizimi va ularning turlarini yaxshi bilishi kerak.
    Baholar tizimini ularning ma’lum bir xususiyatlariga muvofiq turkumlarga ajratish qabul qilingan.
    Tovar aylanmasi va xizmat ko‘rsatish (ish bajarish) hajmiga ko‘ra:

    • ishlab chiqarish bahosi - ishlab chiqaruvchi tomonidan katta hajmdagi mahsulotlarni buyurtma bo‘yicha korxonalarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotish narxlaridan tashkil topadi. Bu baho mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi va uni sotish bilan boG‘liq (shu jumladan, tegishli boshqaruv xarajatlari) davr xarajatlariga tegishli foyda miqdorini qo‘shib hisoblanadi;

    • ulgurji baholar - ulgurji savdo korxonalari tomonidan chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilarga yoki boshqa korxonalarga yirik miqdordagi mahsulotlarni sotish narxlaridan iborat bo‘ladi. Ulgurji baho ishlab chiqarish bahosiga savdo korxonasining barcha muomala xarajatlarini hamda tegishli foyda miqdorini qo‘shib belgilanadi;

    • chakana baholar - sotuvchi tomonidan mahsulotlarni chakana savdo tarmog‘i orqali kichik miqdorlarda yoki donalab (kilolab, grammlab, litrlab, metrlab va hokazo) sotish narxlaridan tashkil topadi. Bu baho ulgurji bahoga chakana savdo korxonasining barcha muomala xarajatlarini hamda tegishli foyda miqdorini qo‘shib belgilanadi;

    • xarid baholari - davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulotlarga davlat tomonidan o‘rnatiladigan narx;

    • qurilish ishlari baholari:

    • smeta qiymati - muayyan bir ob’ektni qurishga ketadigan chegaraviy xarajatlar qiymati;

    • pereyskurant bahosi - qurilish ob’ekti yakuniy mahsuloti bir birligining (1 kv. metr turar joy, 1 kv. metr foydali joy) o‘rtacha smeta qiymati;

    • maishiy xizmatlar baholari va tariflari - aholiga ko‘rsatiladigan maishiy xizmatlarga o‘rnatiladi;

    • yuk va yo‘lovchi transporti tariflari - transport korxonalari tomonidan yuk Yoki yo‘lovchilar tashiganlik uchun to‘lov sifatida o‘rnatiladi.

    Davlat tomonidan tartibga solinishi yoki erkinligi darajasiga ko‘ra:

    • erkin baholar - ishlab chiqaruvchi va xaridor o‘rtasida o‘zaro manfaatdorlik asosida talab va taklifdan kelib chiqib o‘rnatiladi;

    • tartibga solinadigan baholar - asosan talab va taklifdan kelib chiqib o‘rnatiladigan, ammo, o‘sish sur’atlari Yoki quyi va yuqori chegaralari davlat tomonidan tartibga solinadigan baholarni o‘z ichiga oladi (aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan un, shakar va o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlar baholari);

    • qat’iy o‘rnatiladigan baholar - davlat tomonidan ayrim turdagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarga nisbatan qat’iy belgilanadigan baholardan iborat bo‘ladi (strategik ahamiyatga ega bo‘lgan neft mahsulotlari, mineral o‘G‘itlar va boshqa resurslar baholari);

    • kafolatlangan baholar - mahsulotning bozor bahosi uning tannarxini qoplamaydigan holatlarda ayrim toifadagi ishlab chiqaruvchilarni himoyalash maqsadida mahsulotni minimal daromad ko‘rishga imkon beradigan baholarda davlat zaxiralari uchun sotib olish narxlaridan tashkil topadi (fermerlardan G‘alla Yoki paxtani tegishli foydalilikni ta’minlaydigan baholarda davlat ehtiYojlari uchun sotib olish).

    Asoslanishi nuqtai-nazaridan:

    • bazis bahosi - xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi muzokaralar vositasida o‘rnatilib, muayyan miqdor va sifatdagi (sortdagi) mahsulotlarni ma’lum bir muddatlarda yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib belgilanadi. Unga binoan, haqiqatda yetkazib berilgan mahsulot miqdori, sifati (sorti) va muddatlari shartnomada belgilanganidan farqlansa, bazis bahosiga nisbatan ma’lum bir chegirma Yoki ustamalar ko‘zda tutilishi mumkin;

    • haqiqiy baho - bazis bahoga nisbatan turli ustama Yoki chegirmalar qo‘llanilgandan keyingi haqiqiy bitim bahosi;

    • ma’lumot beradigan baholar - kataloglar, jurnallar, gazetalar, bukletlar, preyskurantlar va boshqa savdo xabarnomalarida chop etiladigan hamda mutaxassislar tomonidan shu turdagi tovarlarga narx belgilashda mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladigan baholarni anglatadi;

    • preyskurant baholari - ma’lumot beradigan baho turlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqaruvchi korxonaning Yoki sotuvchi firmaning chop etiladigan preyskurantlarida aks ettiriladi;

    • taqqoslama baholar - bir necha yillar davomida mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini aniqlash hamda ularni taqqoslama holda solishtirish maqsadida qo‘llaniladi (davlat tomonidan statistik hisobot shakllari uchun o‘rnatiladi).

    Amal qilish muddati bo‘yicha:

    • doimiy (qat’iy) baholar - mahsulotni yetkazib berish shartnomasi amal qiladigan davr mobaynida o‘zgarmaydi;

    • joriy baholar - aynan mahsulot sotilaYotgan davrda amal qilaYotgan baholar darajasini ifodalaydi va bozor kon’yukturasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin;

    • mavsumiy baholar - yilning ma’lum bir davri uchun o‘rnatiladigan baholar darajasi (masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga yilning turli mavsumlarida turlicha baho o‘rnatiladi);

    • o‘zgaruvchi baholar - bozordagi talab va taklif muvozanati hamda inflyatsiya darajasidan kelib chiqib o‘sib Yoki kamayib borish xususiyatga ega. Bunda sotuvchi va xaridor kelishuviga asosan bazis bahosi o‘rnatilib, turli omillar ta’sirida bahoda yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar shartnomada kelishib olinadi.

    Oldi-sotdi shartnomasi kelishuviga ko‘ra:

    • shartnoma (faktura) bahosi - shartnomada belgilangan mahsulotni yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib sotuvchi va xaridor o‘rtasida kelishuv asosida o‘rnatiladi va uning quyidagi turlari mavjud:

    • SIF (qiymat, sug‘urta, fraxt - yukni tashish haqi) - sotuvchi yuk tashuvchi transport vositasini Yollash, ma’lum bir joygacha yukni tashish xarajatlarini to‘lash va uni buzilish hamda yo‘qotishlardan suG‘urtalash xarajatlarini o‘z hisobidan amalga oshiradi, xaridor esa belgilangan chegarada bojxona to‘lovlarini to‘lash va yukni o‘z omboriga tashish bilan boG‘liq xarajatlarni bo‘yniga oladi;

    • FOB (bortda erkin) - sotuvchi o‘z hisobidan tovarni yuk kemasi bortigacha eltish, suG‘urtalash, bojxona to‘lovlarini to‘lash va yuklash bilan boG‘liq xarajatlarni amalga oshiradi, xaridor esa kemani Yollash, yukni kemada tashish va suG‘urtalash xarajatlarini o‘z bo‘yniga oladi;

    • FOR (relsda erkin) - sotuvchi o‘z hisobidan tovarni temir yo‘l

    stansiyasigacha eltish, suG‘urtalash va vagonga yuklash bilan boG‘liq xarajatlarni amalga oshiradi, xaridor esa undan keyingi xarajatlarini o‘z bo‘yniga oladi;

    • Franko - sotuvchi o‘z hisobidan tovarni yuklash, kelishilgan joygacha eltish, sug‘urtalash va bojxona to‘lovlarini to‘lash bilan boG‘liq barcha xarajatlarni amalga oshiradi va ular mahsulot bahosiga qo‘shiladi.

    Tadbirkorlar baholarning turlarini chuqur tahlil etish orqali bozor kon’yukturasi va xaridor bilan tuzilayotgan oldi-sotdi shartnomasining xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zining baho siyosatini belgilashi lozim.
    14.3. Sanoatda bahoni shakllantirish usullari va baho siyosatini ishlab
    chiqish bosqichlari

    Amaliyotda aniq sharoitdan kelib chiqqan holda baho o‘rnatishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: to‘liq xarajatlar; o‘rtacha xarajatlar, cheklangan xarajatlar ishlab chiqarishning normal (standart) xarajatlariga asosan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
    xarajatlarni hisobga oluvchi maqsadli baho yoki maqsadli foyda normasi. Bularning har bittasiga alohida to‘xtalib o‘tamiz57.
    To‘liq xarajatlar usuli - hisoblangan baholarga asoslangan. U tovar ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdagi barcha xarajatlar asosida aniqlanadi. Bu hisoblash usulini shartli ravishda quyidagicha ta’sarruf qilish mumkin. Barcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar asos uchun olinadi. Unga (nakladnoy) xarajatlar va foyda qo‘shiladi. Foyda tarmoq o‘rtacha foyda normasidan hisoblanadi. Bu o‘rtacha foyda normasi ssuda foiziga, o‘rtacha kapital aylanishi tezligicha va tarmoqdagi raqobat darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
    O‘rtacha xarajatlarga asoslangan baho - asosan yuqoridagi usuldek hisoblanadi. Bir birlik mahsulot uchun o‘rtacha xarajatlar (doimiy va o‘zgaruvchan) aniqlanadi. Agar kon’yuktura kam darajada o‘zgarsa, ya’ni ishlab chiqarish kamroq kamaysa yoki oshsa, baho to‘liq xarajatlar darajasidan emas, balki iqtisodiy siklning o‘rtacha xarajatlariga tayanib aniqlanadi. Bu usuldan firma ma’lum muddat ichida baholarni oldingi daraja ishlab turish maqsadida ko‘proq foydalanadi.
    Cheklangan xarajatlar usuli ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish imkonini beradi. Bu usuldan firma ishlab chiqarish miqdorini oshirish, bozorda katta ulushga erishish va sotishni kengaytirishga erishish maqsadida foydalanadi. Cheklangan xarajatlar - ishlab chiqarishning bir birlik mahsulotga oshishi natijasida umumiy xarajatlarning o‘zgarishini bildiradi. Cheklangan xarajatlar yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Bu talabning xarakateri va oshishi ko‘lamiga; uning o‘zgarish davriga, mavjud bo‘lgan quvvatlar bilan talabni qondirish imkoniyatiga va boshqa omillarga bog‘liqdir.
    Agar o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun mavjud quvvatlar oshirilmasa, cheklangan xarajatlar o‘rtachadan kam bo‘ladi. Chunki cheklangan xarajatlar doimiy xarajatlarga asoslansa, o‘rtacha xarajatlar doimiy xarajatlarga asoslanadi. Agar bordiyu talabning oshishi doimiy bo‘lsa, uni qondirish uchun ishlab chiqarish xarajatlarining barcha unsurlarini (o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarni) o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi va cheklangan xarajatlar o‘rtacha yuqori bo‘ladi.
    Bahoni hisoblashning bu usuli qazib olish va qayta ishlash tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Bunga sabab, shy tarmoqlarda ishlab chiqarishning kengayishi natijasida ishlab chiqarish xarajatlari ham keskin oshadi. Baholarning normal (standart) ishlab chiqarish xarajatlari asosida hisoblash usuli - maxsus baholarni hisoblash usuli sanaladi. Bu usulda - baholar haqiqiy xarajatlardan emas, balki mavjud ishlab chiqarish sharoitida, mavjud moddiy va qiymat normativlari asosida hisoblanadi. Bu yerda xarajatlar ishlab chiqarish boshlanguncha hisoblab chiqiladi. Mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi xom-ashyo va materiallarga o‘rnatilgan normativlaridan, ishchi kuchiga haq to‘lash xarajatlari normasidan va (nakladnoy) xarajatlardan olinadi. Boshqacha qilib aytganda, baholarni hisoblash ishlab chiqarish quvvatlarini yuklash normal miqdoriga nisbatan amalga oshiriladi. Umuman ishlab chiqarish quvvatlarining 80 foiz yuklanganligi normal yoki standart hisoblanadi.
    Maqsadli baho yoki maqsadli foyda normasi usuli to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni hisobga oladi. Bu usulda ham asos qilib quvvatlarni ma’lum bir yuklanganlik
    darajasiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi. Biroq foydani hisoblashga yondashish boshqacha, ya’ni firma o‘z mahsulotiga oldindan shunday baho o‘rnatadiki, unda foydaning aniq bir miqdori o‘rnatilgan bo‘ladi.
    Baho siyosati - baho va bahoni shakllantirishni boshqarish san’ati, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun mahsulot va korxonaning bozordagi xolatidan kelib chiqib mahsulot bahosini belgilash san’atidir. Bu esa tadbirkordan menedjerdan yuqori mahorat talab qiladi. Baho siyosati baho strategiyalari orqali amalga oshiriladi va faqat korxonaning umumiy siyosati yo‘nalishida ko‘rib chiqilishi kerak.
    Korxona baho siyosatining maqsadlari uning umumiy maqsadlar asosida shakllanadi.
    Maqsadni belgilash. Har qanday korxona o‘z faoliyatini amalga oshirish jaraYonida muayyan bir maqsadga intilishi lozim. Agar korxonaning maqsadi va bozorda egallagan mavqei aniq bo‘lsa, baho siYosatini shakllantirish ham oson kechadi. Baho siyosatini belgilashning uchta asosiy maqsadi mavjud: korxonaning yashovchanligini ta’minlash, foydani maksimallashtirish va bozordagi mavqeini ushlab turish.
    yashovchanlikni (sotishni) ta’minlash - bozorda ko‘plab o‘xshash ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lgan qattiq raqobat sharoitida faoliyat yuritayotgan korxonalarning asosiy maqsadi. Bozorni katta qismini egallash va sotish xajmini oshirish uchun pasaytirilgan baholar - kirib borish baholari qo‘llaniladi.
    Foydani maksimallashtirish maqsadini qo‘yilishi, korxona o‘z joriy foydasini maksimallashtirishga intilayotganligini bildiradi. Korxona bahoning turli darajalarida talab va xarajatlarni tahlil qiladi va xarajatlarni maksimal qoplanishini ta’minlaydigan bahoni tanlaydi.
    Bozordagi mavqeni ushlab qolish (bozorni saqlab qolish) maqsadi korxonaning bozordagi mavjud holatini va o‘z faoliyati uchun maqbul sharoitlarni saqlab qolishni ko‘zda tutadi. Bu esa sotish xajmini tushib ketishi va raqobat kurashining keskinlashuvini oldini olish uchun turli chora-tadbirlarni qo‘llashni talab qiladi.
    Uzoq mudatli maqsadlardan tashqari korxona baho siyosatining qisqa muddatli maqsadlarini ham qo‘yishi mumkin. Ularga odatda quyidagilarni kiritish mumkin:

    • bozordagi holatni barqarorlashtirish;

    • baho o’zgarishining talabga ta’sirini kamaytirish;

    • mahsulot bahosi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolish;

    • mumkin bo‘lgan raqobatni cheklash;

    • korxona yoki mahsulot imidjini oshirish;

    • bozorda zaif mavqeda turgan tovarlarni sotishni rag‘batlantirish.

    Talabni aniqlash. U korxonaning kelgusi faoliyatini belgilash uchun bozor sharoitlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi. Bozorni va sotuvni tadqiq qilishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni qamrab oladi:

    • bozor sig‘imini baholash;

    • bozorni segmentlash;

    • bozor o‘zgarishlari va rivojlanish tendensiyalari tahlili, xususan, iqtisodiy, fan-texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish;

    • bozor tuzilmasini o‘rganish;

    • sotuv hajmini bashorat qilish.

    Xarajatlarni baholash. Tovar bahosining quyi chegarasi uni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar darajasi orqali aniqlanadi.
    Korxonaning baho strategiyasi. Korxona ishlab chiqarilayotgan tovarlar bo‘yicha o‘z baho strategiyasini oldindan belgilab olishi lozim. Ular quyidagicha turlarga bo‘linadi.
    Yuqori baho yoki «qaymog’ini olish» strategiyasi - avvalo; tovar bahosini ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o‘rnatib, asta-sekin uni tushirib boradi. Bu usul bilan yangi tovarlar (patentlar bilan himoyalangan) sotiladi va bozorga kirgandan keyin segmentlar guruhini kengaytirish maqsadida arzonlashtirib boriladi. Yuqori baho strategiyasi korxonaga xarajatlarni tezda qaytarib olishga yordam beradi. Keyinchalik bozorda o‘xshash tovarlar - raqiblar paydo bo‘lgandan keyin korxona o‘z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovarlar modifikatsiyasini yarata boshlaydi.
    «Past baholar» yoki «bozorga yorib kirish» strategiyasida mahsulotga dastlab past baho o‘rnatiladi va talabni rag‘batlantiriladi. Raqiblar bozordan siqib chiqariladi va asosiy ulush egallanadi, sekin asta mahsulot bahosi oshirib boriladi. Bu strategiyani qo‘llash quyidagi sharoitlarda maqsadga muvofiq: bozor baho o‘zgarishiga juda sezgir va past baholar uning kengayishiga yordam beradi; xarajatlarning o‘sib borishi bilan ishlab chiqarish va sotish xajmi qisqarib boradi; raqobatchilar uchun past baholar qiziqarli emas.
    Yuqoridagi ikkita strategiya ham uzoq muddatli istiqbolga ega emas. Tovarni yetuklik bosqichida ikkita boshqa strategiya qo‘llaniladi.
    O‘zgaruvchan pasayuvchi baho strategiyasi «qaymog‘ini olish» strategiyasining mantiqiy davomi bo‘lib, xuddi shunday sharoitlarda samarali hisoblanadi. Uni korxona raqobatdan kuchli himoyalangan holatlarda qo‘llash mumkin. Mazmuni shundan iboratki, baho talab egri chizig‘i bo‘ylab harakatlanadi, ya’ni tovarga bo‘lgan talab va taklifga ko‘ra o‘zgaradi. Talabni rag‘batlantirish va korxonani raqobatdan himoya qilish uchun yangi tovarlar bo‘yicha izlanishlar olib borish lozim.
    Mahsulot hayotiylik davrining pasayishi bosqichida uchta maxsus strategiya qo‘llaniladi. Birinchisi mahsulot bahosini eng quyi darajasiga pasaytirishga asoslanadi.Ikkinchisi ham birinchi strategiyaga o‘xshaydi, lekin mahsulotni boshqa mahsulot bilan siqib chiqarish davrining davomiyligi va darajasiga bog‘liq ravishda sekinroq kechadi.Uchinchi strategiya tovarni bozorda siljitish bo‘yicha sarflarni oshirish orqali uning hayotiylik davrini uzaytirishga yo‘naltirilgan.
    Bahoni shakllantirish usulini tanlash. Korxona bahoni belgilashda foydalanadigan usullarni aniqlab olishi lozim. Bahoni shakllantirishning eng ko‘p qo‘llaniladigan usullarni ko‘rib chiqamiz:

    • o‘rtacha xarajatlar qo‘shuv foyda;

    • zararsizlik va maqsadli foyda;

    • tovarning qimmati bo‘yicha tutgan o‘rniga yo‘naltirilgan;

    • raqobatga yo‘naltirilgan.


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




    Download 1,26 Mb.