• Favqulodda zararlar.
  • mahsulot tannarxi tuzilmasi
  • 13.3. Foyda va rentabellik
  • Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar




    Download 1,26 Mb.
    bet111/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar. Korxonalarning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:

    • Respublika Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar;

    • mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari;

    • chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar;

    • sarflangan (qimmatli qogozlarga, shu’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar;

    • o‘z qimmatli qogozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar;

    • moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.

    Favqulodda zararlar. Favqulodda zararlar - bu korxonalarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar moddalaridir.
    210
    Bunga davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr moddalari kirmaydi.
    U yoki bu moddaning favqulodda zararlar moddasi sifatida aks ettirilshi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi shart:

    • korxonaning odatdagi xo‘jali faoliyatiga xos bo‘lmasligi kerak;

    • bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi lozim;

    • boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.

    Tegishli moddalarni favqulodda zararlarga kiritish yoki kiritilmaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda korxona faoliyat yuritayotgan sharoit ham hisobga olinadi. Masalan, korxona alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa va uning shu iqlim sharoitiga bog‘liq holda ishlamay turib qolishlari favqulodda holat deb baholanmaydi. Chunki ushbu holat “bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak” degan mezonga javob bermaydi.
    Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi sharoitda korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishi va uni sotishi biln bog‘liq xarajatlari o‘sish tendensiyasiga ega. Bunga xom ashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya va uskunalarning qimmatlashishi, kreditdan foydalanish uchun foizlr stavkasining o‘sishi, transport xizmatlari tariflarining ko‘tarilishi, reklama xarajatlarining ko‘payishi sabab bo‘lmoqda.
    Mahsulot tannarxi nazariyasida mahsulot tannarxi tuzilmasi degan muhim tushuncha mavjud. U ayrim xarajatlarning mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatlar summasidagi nisbatini ko‘rsatadi. Odatda, tuzilma foiz hisobida o‘lchanadi.
    Tannarx tuzilmasi tarmoqlar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog‘liqdir.
    Mahsulot tannarxining tuzilmasi o‘zgarmas miqdor hisoblanmaydi. Sanoatning o‘sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashishi, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning yaxshilanishi, ish haqi miqdorining o‘zgarishi, iste’mol buyumlari baholarining tartibga tushishi va transport tariflarining o‘zgarishi bilan mahsulot tannarxi tuzilmasi ham o‘zgaradi.
    Mahsulot tannarxida qaysi guruxdagi xarajatlar asosiy o‘rin tutishiga qarab, sanoat tarmoqlari bir-biridan fark qiladi ko‘p mehnat, ko‘p material, ko‘p energiya, ko‘p mablag‘ talab kiladigan bo‘ladi.
    Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish, tannarx tuzilmasini va ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy tahlil qilish ishlab chiqarishda yuz beradigan asosiy texnik-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish, ishlab chiqarishdagi chiqimlarni kamaytirishning asosiy yo‘llarini belgilashga imkon beradi.
    13.3. Foyda va rentabellik
    Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda ma’lum funksiya (vazifa)larni bajaradi:

    • ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;

    • turli darajadagi budjetlarni shakllantiradi;

    211

    • xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o‘ynaydi;

    • ilmiy texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi.

    Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari, xo‘jaliklarning moliya-xo‘jalik faoliyatlari natijasida olingan foyda summasidir. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo‘jaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari foyda va uy-joy kommunal xo‘jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi.
    Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi:

    • mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar

    Download 1,26 Mb.