• Tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda yirik sanoat korxonalari
  • O’lchov birligi
  • Yoqilg‘i sanoati
  • O‘zbekiston Respublikasining mavjud ko‘mir xavzalari.
  • Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash




    Download 1,26 Mb.
    bet12/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash. Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2018 yil yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 36,9 trln.so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 16,1 foizni tashkil etdi.
    2.6-jadval
    Tog‘- kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda yirik sanoat korxonalari
    tomonidan natura ko‘rinishida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish




    O’lchov birligi

    2018 yil yanvar dekabr

    2017 yil yanvar dekabr oyiga nisbatan, foizda

    Neft

    ming. t

    746,4

    91,8

    Gaz kondensati

    ming. t

    2143,6

    109,9

    Tabiiy gaz

    mln. kub. m

    59842,2

    106,1

    Ko’mir

    ming. t

    4174,4

    103,4

    Shag’al

    ming. t

    401,4

    87,7

    Chaqiq tosh

    ming. t

    1191,1

    119,8


    Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
    Tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi bo‘yicha chaqiq tosh qazib olish o’tgan yilning tegishli davriga nisbatan - 1,2 martaga, gaz kondensati - 9,9 foiz ga, tabiiy gaz - 6,1 foiz ga, ko’mir qazib olish hajmining - 3,4 foiz ga oshganligini, shu bilan birga shag‘al - 12,3 foiz ga va neft qazib olish - 8,2 foiz ga kamayganligini kuzatish mumkin.
    Yoqilg‘i sanoati. Respublika yoqilg‘i sanoati yer qa’rida topilgan va qazib olinayotgan ko‘mir, neft, gaz konlari negizida shakllangan va rivojlanib bormoqda. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro va Xiva geologik provinsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Hozir 71 ta neft, gaz va gaz kondensat, 3 ta ko‘mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gaz kondensat koni esa kelajakda ishga tushirish uchun tayyorlab qo‘yilgan.
    Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy tarmog‘ini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Ular iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida xizmat ko‘rsatadi. Yoqilg‘i sanoatining yirik korxonalari Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.
    Yoqilg‘i sanoatining yana bir muhim tarmog‘i bu ko‘mir sanoatidir. O‘zbekiston qidirib topilgan ko‘mirning 1900 mln. tonna miqdoridagi zaxiralariga
    egadir, shu jumladan qo’ng’ir ko’mir zaxiralari - 1853 mln. tonnani, toshko’mir zaxiralari - 47 mln. tonnani tashkil etadi. Prognoz resurslari 5,7 mlrd. tonnadan ko‘proqdir. Toshko‘mirning katta zaxiralari respublikaning janubiy hududlarida - Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida to‘plangan. Hozirgi paytda 3 ta konda: Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida ko‘mir qazib chiqarilmoqda.


    O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarishni «O‘zbekko‘mir» AJ, shuningdek «Sharg‘unko‘mir» AJ va «Apartak» AJ amalga oshiradi. Angren konidagi «Angren» ko‘mir razrezi ko‘mir zaxiralarini ochiq usulda qazib oladi, bundan tashqari «Yerostigaz» OAJ tomonidan yer ostida gazlashtirish usuli bilan qo‘ng‘ir ko‘mirdan gaz ishlab chiqariladi.
    «O‘zbekko‘mir» AJ har yili 3 mln.tonnaga yaqin ko‘mir qazib chiqaradi. Ko‘mir yoqilg‘isining asosiy iste’molchisi elektr energetikasi sektori bo‘lib, uning ulushiga umumiy iste’mol qilinadigan ko‘mirning 85 foizi to‘g‘ri keladi. Sanoat, ijtimoy va kommunal soha korxonalari ham ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan talabni
    shakllantiradilar.

    2.5-rasm. O‘zbekiston Respublikasining mavjud ko‘mir xavzalari.
    «O‘zbekko‘mir» AJda ko‘mir qazib olish yer osti va ochiq usullarda amalga oshiriladi. «O‘zbekko‘mir» AJda ko‘mir qazib olish yer osti va ochiq usullarda amalga oshiriladi. Ko‘mirni ochik usulda qazib olish «Angren ko‘mir xavzasi» va «Apartak koni» filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
    Ushbu korxonalar o‘z faoliyatida ko‘mir, kaolin va boshka yuldosh foydali kazilmalarni qazib olish, hamda boshqa xizmat ko‘rsatish turlari va ishlarni amalga oshiradi.
    2.7-jadval
    2030 yilga qadar ko’mir yoqilg’isini qazib olish rejasi, ming tonna1




    Download 1,26 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash

    Download 1,26 Mb.