• Jami
  • Respublikamizda aniqlangan ko‘mir zaxiralari 4
  • Zaxira xajmi (mln.tn)
  • Istiq
  • Istiqboldagi toshko’mir xavzalari
  • Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot




    Download 1,26 Mb.
    bet13/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Nomlanishi

    2016

    2020

    2025

    2030




    Jami

    3 700,0

    6 940,0

    15 200,0

    15 900,0

    1.

    “O‘zbekko‘mir” AJ

    3 380,0

    5 040,0

    13 000,0

    13 000,0

    1.1.

    "Angren” ko‘mir xavzasi

    3 340,0

    4 000,0

    4 000,0

    4 000,0

    1.2.

    “Yer osti ishlari” shaxtasi

    40,0

    40,0

    3 000,0

    3 000,0

    1.3.

    “Shimoliy” shaxtasi




    1 000,0

    6 000,0

    6 000,0

    2.

    "Apartak” ko‘mir xavzasi

    160,0

    1 000,0

    1 200,0

    1 900,0

    3.

    "Shargunkumir” AJ

    160,0

    900,0

    900,0

    900,0

    4.

    “Baysun” shaxtasi







    100,0

    100,0


    Ko‘mir sanoatini ustuvor rivojlantirish uchun asosiy omillar:

    • qimmatroq energiya resurslarini mamlakat iqtisodiyotining ehtiyojlari uchun bo‘shatish maqsadida, ularni ko‘mir bilan almashtirishning maqsadga muvofiqligi;

    • mamlakatning yoqilg’i - energetik balansi tarkibida ko’mir ulushini oshirish zarurati.

    • Ko‘mir sanoatini yanada rivojlantirish dasturi korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash, modernizatsiya qilish, kon ishlarining samaradorligini oshirishga yordam beradigan, resurslarni tejaydigan yangi, progressiv texnologiyalarni joriy etish.

    1 Manba: O'zbekiston Respublikasining statistika ko'mitasi. stat.uz
    26
    Respublikamizda aniqlangan ko‘mir zaxiralari4

    T.r.

    Ko’mir xavzalari nomi

    Zaxira xajmi (mln.tn)

    Amaldagi xolati

    Amaldagi ko’mir xavzalari

    1.

    Angren ko’mir xavzasi

    1 537,9

    777,8 mln.tonnasi “0‘zbekko‘mir” jamiyati tomonidan ochiq va yopiq usulda ko’mir qazib olinmoqda.
    (Nishbosh, Nougarzon xavzalari to’liq o’rganilmaganligi bois 325,7 mln.tonna ko’mir zaxirasi dastlabki geologik qidiruv ishlari natijasida aniqlangan)

    2.

    Apartak ko’mir koni

    237,2

    Ochiq usulda qazib olinmoqda.

    3.

    Yer osti ishlari filiali xududida

    146,3

    Yer osti usulida qazib olinmoqda.

    4.

    Shargun ko’mir xavzasi (toshko’mir)

    32,9

    “Sharg’unko’mir” jamiyati tomonidan yopiq usulda ko’mir qazib olinmoqda.

    5.

    Boysun ko’mir xavzasi (toshko’mir)

    13,0

    Avval “Sharg’unko’mir” jamiyati tomonidan yopiq usulda ko’mir qazib olingan.

    Istiq

    boldagi qo’ng’ir ko’mir xavzalari

    1.

    Vodil ko’mir xavzasi

    132,5

    Kon g’arbida geologiya qidiruv ishlari natijasida 20,4 mln. tn ko’mir zaxirasi aniqlangan. Kon chuqurligi 500 m.gacha va axoli zichligini inobatga olib keyingi geologiya ishlari to’xtatilgan.

    2.

    Qoraqalpog’iston va G’arbiy Qizilqum (Navoiy) xavzalari

    1 100,0

    Geologiya qidiruv ishlariga loyixa xujjatlari tayyorlangan. G’arbiy Qizilqumda chuqurligi 80 m.dan 730 m.gacha. xavza aniqlangan

    Istiqboldagi toshko’mir xavzalari

    1.

    Nilyu uchastkasi (Surxandaryo)

    138,3

    Geologiya qidiruv ishlariga loyixa xujjatlari tayyorlangan. Budjet xisobidan dala geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.

    2.

    Xovuz, Oqsuv, Fangart uchastkasi (Surxandaryo)

    Geologiya qidiruv ishlariga loyixa smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

    3.

    Guldara, Vuari, Zarmas, Qumurli, Toshqo’rg’on (Qashqadaryo)

    Geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish masalasi qo’shimcha o’rganilishi talab etiladi.



    2030 yilgacha rejalashtirilgan sohada innovatsion loyihalar1.



    Loyixa nomi

    Ishlab chiqariladigan mahsulot

    1

    Angren ko’mir konida tarkibida ko’mir mavjud bulgan chiqindilardan organik mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish

    Organik mineral o‘g‘itlar

    2

    Angren ko’mir konida ikkilamchi kaolinlar va oxaktoshlardan glinozem-sement ishlab chiqarishni tashkil etish.

    glinozem, sement M500-M600, glinozemli sement, oltingugurtli alyuminiy, goidrooksid alyuminiy

    3

    «Uzbekko‘mir» AJ xududiy distribyutorlik markazlari bazasida briket ishlab chiqarishni tashkil etish.

    briketlangan ko‘mir

    4

    Kamyob elementlarni aniqlash maqsadida birlamchi kaolinlarda geologiya qidiruv ishlarini olib borish.

    kamyob elementlaming konsentrati

    5

    Baysun ko‘mir konida aktivlangan ko‘mir ishlab chiqarishni tashkil etish.

    aktivlangan ko‘mir

    6

    Shargun ko‘mir konida gips va ohaktoshlar qidiruv ishlarini ohiriga yetkazish, hamda qazib olininishini tashkil etish.

    gips va ohaktoshlar

    7

    Tarkibida Germaniy mavjud bo‘lgan ko‘mirni selektiv usulda qazib olish va uni kayta ishlash, hamda tarkibidagi Germaniyni ajratib olish bo‘ycha ishlab chiqarishni tashkil etish.

    Germaniy


    Neft sanoati yoqilg‘i sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi va neftni qayta ishlash korxonalaridan tashkil topadi. Hozirgi davrda sanoatning bu tarmog‘i mamlakat iqtisodiyot va aholining neftga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Shu sababdan ham bu tarmoqning ahamiyati beqiyos.
    Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg‘ona, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg‘ona zavodi surkov moylar va yonilg‘i ishlab chiqarishga ihtisoslashgan, ishlab chiqarish bo‘yicha 50 ga yaqin texnologik qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilg‘i yo‘nalishida, Ko‘kdumaloq neft-gaz koni ochilgandan keyin 1993 yildan Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi. Uning yiliga 2,5 mln. tonna gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 1-navbati 1997 yil avgustda ishga tushirildi. Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg‘isi, koks, parafin, motor
    moylariga qo‘shilmalar, yyengil mashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum, suyultirilgan neft gazlari (butan, texnik propan va b.), mazut kabi 50 dan ortiq turdagi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar o‘zlashtirilmoqda.
    N^Neft va gaz kondensatini qayta ishlash 2 ta zavodda amalga oshiriladi:^^\
    Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi (1959 yilda ishga tushirilgan, 2000 yilda rekonstruksiya qilingan)
    Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (1997 yilda ishga tushirilgan)
    Gazni qayta ishlash 3 ta zavodda amalga oshiriladi:
    Muborak gazni qayta ishlash zavodi (1971 yilda ishga tushirilgan bo’lib, gaz kondensati, suyultirilgan gaz, gazli texnik oltingugurt kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradi)
    SHo’rtan gazni qayta ishlash zavodi (har yili 20 mlrd. kub m gazni qayta ishlaydi)
    SHo‘rtan gaz-kimyo kompleksi (2001 yil ishga tushirilgan)
    Ustyurt gaz-kimyo kompleksi kelgusida respublikada to‘rtinchi gazni qayta ishlash zavodi bo‘ladi (har yili 4,5 mlrd. kub m gazni qayta ishlaydi, 2016 yilga ishga tushirilgan) 1
    Oltin qazib olish sanoati. Markaziy Osiyoda, xususan, hozirgi O‘zbekiston yerlarida miloddan avvalgi VI-V asrlardayoq oltin qazib olingan va undan turli taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, bezaklar yasalgani mavjud arxeologik topilmalardan ma’lum. Tug‘ma (erkin uchraydigan) oltin konlarini o‘zlashtirishga qadar oltin asosan sochma konlarda juda ibti-doiy usullarda oltin zarralari aralash qumni qo‘y terisi qore-jagan yog‘och tog‘oralarda yuvib, ajratib olingan. Sochma oltin olish X-XI asrlarda Chotqol, Chirchiq, Norin, Koson, So‘x, Zarafshon, Darvoz daryolari vodiylarida olib borilganlagi haqida ma’lumotlar bor.
    O‘rta asrlarda oltinli qumlarni yuvish bilan birga mo‘g‘ullar bosqiniga qadar kovlangan Chotqol-Qurama, Nurota tog‘larida, markaziy Qizilqumdagi konlarda tug‘ma oltin kon lahmlari hozirgacha saqlanib qolgan. O‘zbekistonda ma’lum bo‘lgan konlarning ko‘pchiligidan qadimgi konchilar qisman foydalanganlar.
    XIX asrning 80-yillaridan boshlab, Markaziy Osiyoning xom ashyo resurslarini o‘rganila boshlandi. O‘lkaning barcha joylarida tadqiqotlar o‘tkazildi, geologik kartalar to‘zildi, ayrim konlar tavsiflandi. Chirchiq, Piskom va Chotqol daryolari vodiylarida kichik-kichik oltin izlovchi korxonalar oltin olish bilan shug‘ullana boshladilar, 1913-1917 yillarda esa Obirahmat darasi (Toshkent viloyati) dagi oltin konidan foydalanildi.
    Noyob metall konlarini qidirib topish va ulardan foydalanish muammolarini hal qilish ishlarida markaziy ilmiy muassasalar faol ishtirok etdilar. 30-yillar boshida «O‘zbekoltinnoyobmet» tresti tashkil etildi. O‘sha yillari Ohangaron, Chirchiq daryolari vodiylarida, Qurama tog‘larida oltin izlovchilar oltin qumini yuvish usulida ajratib olganlar, lekin yillik oltin olish bir necha o‘n kilogrammdan oshmagan.
    1941-1945 yillarda oltin izlovchilik (artel) yo‘li bilan oltin ajratib olish jadal olib borildi, olingan yillik oltin miqdori qariyb 50 kg. ga yetdi. Rudali oltin izlash va qidiruv bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida Qoraqo‘ton, Bichanzor, Pirmurob, G‘o‘saksoy, so‘ngra Ko‘chbuloq, Muruntov, Chormiton, Maryayunbuloq, Kauldi, Qizilolmalisoy, Sarmich va boshqa rudali oltin konlari topildi. 1965 yilda Metallurgiya vazirligiga bo‘ysinuvchi «O‘zbekoltin» birlashmasi va boshqa oltin qazib olish korxonalari tashkil etildi. Birlashma qazib olgan flyus rudalaridan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining kimyo eritish zavodida oltin ajratib olish yo‘lga qo‘yildi. 1970 yili Chodak oltin koni ishga tushirildi. O‘sha vaqtdan respublikada oltin qazib olish sanoati shakllandi, oltin olish oldingi yillardagiga nisbatan uch marta ko‘paydi. 1972 yilda Ko‘chbuloq koni va Angren oltin ajratish fabrikasi loyiha quvvatlarida ishlay boshladi. 1977 yili Kauldi, 1980 yili Marjonbuloq oltin qazib olish majmui, 1989 yili Zarafshon va Qizilolmachisoy konlari foydalanishga topshirildi.
    Respublika mustaqillikka erishishi bilan O‘zbekiston hukumati uzoq yillar davomida sobiq ittifoq ixtiyorida bo‘lgan oltin qazib olish sanoatini respublika mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida rivojlantirish bo‘yicha bir qancha tashkiliy choralar ko‘rdi.
    Respublikada 40 dan ortiq oltin koni aniqlangan. Oltinning asosiy zaxiralari Markaziy Qizilqumdagi oltin konlarida mujassam. O‘zbek oltini jahonning eng yuqori sifat standartlariga mos bo‘lib, to‘rtta to‘qqiz raqami bilan baholanadi va u oxirgi 25 yilda e’tiroz (reklamatsiya) olgani yo‘q. So‘nggi yillarda u sifati uchun bir 30
    necha bor halqaro sovrinlar bilan taqdirlandi.
    Yevroosiyo qit’asida eng katta hisoblanadigan, rudasi tarkibida oltin ko‘p bo‘lgan Muruntov koni dunyodagi gigant konlari jumlasiga kiradi. Ushbu konning topilishi halqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan oltin qazib chiqarish bo‘yicha XX asr ikkinchi yarmining eng katta kashfiyoti deb e’tirof etildi.
    Muruntovdagi affinit korxonasida zamonaviy oltin tozalash texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, u bir qancha nou-xauni o‘z ichiga oladi. Bu esa, juda yaxshi tovar ko‘rinishiga ega bo‘lgan yuqori probali oltin olish imkoniyatini beradi.
    Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida infratuzilmasi yuqori darajada rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va razvedka qilindi. Dunyoning eng yirik oltin rudali provinsiyasi bo‘lgan Qizilqumdagi Muruntov koni bilan bir qatorda Aji-bugut, Bulutkon, Balpantov, Aritontov, Turbay va boshqa yangi konlar aniqlandi va o‘rganildi.
    Xulosa qilib shuni aytish kerakki, oltin qazib chiqarish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Natijada O‘zbekiston oltin qazib chiqarish bo‘yicha dunyoda sakkizinchi, MDH da esa ikkinchi (Rossiyadan keyin) o‘ringa chiqib oldi! Aholi jon boshiga oltin ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha O‘zbekiston MDHda birinchi va dunyoda beshinchi o‘rinda turadi.
    Respublika kumush konlariga ham ega. Bular Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoye, O‘qjetpes, Kosmonavtchi va Namangan viloyatidagi Oqtepa konlaridir. Katta miqdordagi tasdiqlangan zaxiralar oltin va mis-porfir konlarida mavjud. Oqtepa koni kumush qazib chiqarish bo‘yicha eng istiqbolli va chet ellik investorlar uchun jozibali kondir.
    O‘zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham qazib olinadi. Uni olish uchun mineral xom ashyo bazasi mavjud. Uran eng samarali va ekologiya nuqtai nazaridan optimal hisoblangan usul - yer ostida ishqorlarni yuvish usuli bilan olinadi.
    Mis, ko‘rg‘oshin, ruh sanoati asosan Ohongaron-Olmaliq kon sanoati rayonida Qo‘rg‘oshinkon-Oltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllana boshlagan. Ushbu sanoat tarmog‘ining yetakchi korxonasi tugal metal- lurgiya sikliga ega bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hisoblanadi. Kombinatning mis majmuasi Qalmoqqir mis koni, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodidan, qo‘rg‘oshin-ruh majmuasi Qo‘rg‘oshinkon, Oltintopgan, Chalaga va boshqa konlar, ruda boyitish fabrikasi, metallurgiya zavodlarini o‘z ichiga oladi. Ular asosan tozalangan misni eksport qilmoqda. Har yili bir necha o‘n ming tonna mis ishlab chiqarayotgan O‘zbekiston mis zaxiralari bo‘yicha dunyoda 10- o‘rinda turadi. Ruda konidagi rangli metallar qatlamlari asosan Toshkent viloyatining Olmaliq rudali maydonida joylashgan. Bu yerdagi uchta konda bir necha mis zaxiralari bor deb taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, Dalneye koni razvedka qilingan. Zaxiralarning kattaligi, qazib chiqarish tannarxi, rudadagi misning tarkibi jihatidan MDH mamlakatlarida hali unga teng keladigan kon yo‘q. Volfram, molibden, litiy sanoatining yirik korxonasi O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘ta chidamli Chirchiq metallar kombinati hisoblanadi. Kombinat ingichka volfram (Sa- marqand) va Qo‘ytosh volfram, molibden (Jizzax) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Kombinatda birinchi molibden quyilmasi 1956 yili olingan. 1957 yildan esa qattiq qotishmalar ishlab chiqarish boshlangan. Kombinat mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, po‘lat eritish, kon burg‘ilash sohalarida keng qo‘llaniladi.
    2010 - 2013 yillar mobaynida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida umumiy qiymati 146 million dollar bo‘lgan Xonjiza konida polimetall rudalari, ya’ni rux, qo‘rg‘oshin, mis va kumushning katta zaxiralarini qayta ishlash bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi.
    Respublikada yana bir qator nodir va sochma metallar — reniy, selen, tellur, skandiylar ishlab chiqariladi, rangli metallarning ikkilamchi quyilmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan. Alyuminiy parchalarini qaytadan eritib, yiliga bir necha o‘n ming tonna ikkilamchi alyuminiy iqtisodiyotga yetkazib berilmoqda.

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot

    Download 1,26 Mb.