• Yyengil sanoat
  • Qurilish materiallari sanoati
  • Sanoat korxonalarining belgilari, funksiyalari va vazifalari
  • faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
  • Sanoat korxonalarini tasniflash
  • Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati




    Download 1,26 Mb.
    bet14/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati — iqtisodiyot uchun mashina va mexanizmlar, jihozlar, agregat va apparatlar, asbob-uskunalar, madaniy-maishiy mollar, shuningdek, mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi og‘ir sanoat tarmoqlari majmuidir. Ushbu sanoat butun iqtisodiyotni texnika bilan ta’minlashda moddiy asos hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, xalqning moddiy- madaniy farovonligi va mamlakat qudrati mashinasozlik sanoati taraqqiyotiga bog‘liq. Uning ahamiyati, eng avvalo, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga va insonlar hayotining barcha sohalariga joriy etish asosida qo‘l mehnatini mashina mehnatiga aylantirish, yyengillashtirish, mashinani mashina bilan yaratish, tejamkorlikni ta’minlash va mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirishdan iborat. Mashinasozlik sanoati mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishning samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarishga imkoniyat yaratadi.
    Hozirgi kunda mashinasozlik sanoatining 10dan ortiq tarmog‘i mavjud.
    Ular qatoriga avtomobilsozlik, samolyotsozlik, traktorsozlik va qishloq xo‘jalik mashinasozligi, elektrotexnika va vagonsozlik, asbobsozlik va kabelsozlik kabi yirik tarmoqlar kiradi.
    Yyengil sanoat. Hozirgi davrda O‘zbekiston yyengil sanoati ko‘p tarmoqli industrial kompleks bo‘lib, uning tarkibida paxta tozalash
    zavodlaridan tashqari, to‘qimachilik, trikotaj, shoyi to‘qish, tikuvchilik, ko‘npoyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish sohalarida 300 ta yaqin yirik korxonalar bor.
    Qurilish materiallari sanoati. Respublika qurilish materiallari ishlab chiqaradigan ko‘p tarmoqli sanoatga ega. Sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq yopqich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama material (plita)lar, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog‘lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigena jihozlari, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konstruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari mavjud. O‘zbekistonda tabiiy xom ashyodan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom g‘isht, guvala, yog‘och sinch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiali bo‘lib kelgan. Xumdonlarda pishirilgan g‘isht, sopol, chinni koshin, ganch, yo‘nilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qo‘llanilgan.

      1. Sanoat korxonalarining belgilari, funksiyalari va vazifalari

    Zamonaviy korxonalar mulkchilik shakliga ko‘ra, davlat va nodavlat, tarmoq belgilariga ko‘ra, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, neft va gaz sanoati, qurilish kompleksi, oziq-ovqat, yyengil sanoat, savdo va hokazolar, ishlab chiqarish miqyosi va xodimlar soniga ko‘ra, yirik, mikrofirma va kichik, faoliyat yuritish muddatiga ko‘ra, uzluksiz, mavsumiy va uzlukli korxonalarga bo‘linadi.
    Sanoat korxonalarini turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:

    chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;

    • ijtimoiy munosabatlarda korxona - bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;

    • tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;

    • moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona - bu, tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sanoat korxonalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

    • bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash;

    • mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil qilish;

    • xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish;

    • ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va moliyalashtirish;

    • mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni mukammallashtirish;

    • korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish.

    Zamonaviy korxonalarning faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi zarur:

    • korxona egasining daromad olishi;

    • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash;

    • xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash;

    • korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish;

    • atrof-muhitni muhofaza qilish;

    • korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik;

    • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini mukammallashtirish;

    • ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish.

    Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:

    • ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;

    • mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish;

    • sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish;

    • ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;

    • xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;

    • soliqlarni to‘lash, budjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va to‘lovlarni amalga oshirish ;

    • amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun- qoidalarga rioya qilish.

      1. Sanoat korxonalarini tasniflash


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati

    Download 1,26 Mb.