• Ko‘r
  • Qisqacha xulosalar
  • Nazorat va muhokama uchun savollar
  • Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar royxati
  • Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot




    Download 1,26 Mb.
    bet88/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Q=Ds*Du*Div
    Bu yerda: Q korxonaning ishlab chiqarish quvvati;
    Ds bir turdagi dastgohlar soni;
    Du vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi;
    Div dastgohlarning ishlash vaqti.
    Ayrim tarmoqlarning korxona va sexlarida yig‘uv, quyuv, mebel, konserva ishlab chiqarish quvvati, maydon bo‘yicha quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
    Q=(M : Mn) * (F : Vt),
    Bu yerda: M korxonaning yoki sexning ishlab chiqarish maydoni (kv.m);
    Mn norma bo‘yicha ish joyiga taalluqli ishlab chiqarish maydoni (kv.m);
    F ish joyining yillik rejali ish vaqti fondi (soat);
    Vt mahsulotning mehnat talabchanligi texnologik vaqt (soatda).
    Yil boshida belgilangan ishlab chiqarish quvvati, kirish quvvati, yil oxiridagisi esa, chiqish kuvvati, deyiladi. O‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
    Ko‘r = Kk + (Km * P2) / 12 - (Kch * P1) / 12,
    Bu yerda: Kk kirish davridagi (rejalashtirilayotgan yil boshidagi) quvvat;
    Kt yil davomida ishga tushirilgan quvvat;
    Kch chiqish davridagi (yil oxiridagi) quvvat;
    P1 rejalashtirilayotgan davrdagi ishlab chiqarish quvvatidan
    159
    foydalanilmagan oylar soni;
    P2 rejalashtirilayotgan davrda ishga tushirilgan ishlab chiqarish
    quvvatidan foydalanilgan oylar soni.
    Asosiy fondlardan va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, kapital mablag‘ sarflamay, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga, mehnat unumdorligi va samaradorlik o‘sishiga xamda mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda respublikada ulardan unumli foydalanishga katta e’tibor berilmokda.
    Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
    Tashkiliy yo ‘naiishlar bo ‘yicha:

    • ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.

    • asosiy vositalarning faqat korxonaga ish beradigan qisminigina olish;

    • smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;

    • uskunalarning smenalik koeffitsiyentini oshirish;

    • bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;

    • eskirgan va ma’naviy talabga javob bermaydigan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish;

    • asosiy vositalarni farqlash va tarkiblashni qayta o'zgartirish;

    • asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning muvofiq shakllarini belgilash va h.k.

    Texnik yo ‘naiishlar bo ‘yicha:

    • ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;

    • eskirgan asosiy vositalarni yangilari bilan almashtirish;

    • avtomatlashtirilgan tizimni yaratish;

    • mexanizatsiyalashni kuchaytirish va h.k.

    Ekspluatatsion yo ‘naiishlar bo ‘yicha:

    • uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;

    • bir smenalik va ko‘p smenalik;

    • ishlab chiqarish hajmiga qarab asosiy vositalarni texnik holat va harakatini boshqarish;

    • asosiy vositalar qarovi yuzasidan mas’ul shaxslarni ajratish;

    asosiy vositalar bo‘yicha javobgarlik markazlarini belgilash va x.k.
    Sanoat asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari samaradorligini oshirishda korxonalarda texnologik uskunalarning ish smenasini ko‘paytirish katta ahamiyatga ega.
    Uskunalardan intensiv foydalanishni yaxshilash uchun korxonaning texnika va texnologiyasini takomillashtirish, mashinalarning ish tezligini oshirish, metall quyishga, kimyoviy jarayonlarga sarflanadigan vaqtni qiskartirish, shuningdek, kadrlar malakasining texnikaviy saviyasini oshirish, korxonalarni yiriklashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiya qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish zarur.
    Qisqacha xulosalar
    Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati va taraqqiyoti uning tabiiy va moddiy resurslari, ayniqsa mamlakat miqyosida yaratilgan asosiy va aylanma fondlarning miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
    Sanoat ishlab chiqarishini izchil modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qurollantirish natijasida asosiy fondlarning tarkibida sezilarli siljishlar sodir bo‘ldi. Yangidan yangi jihozlar, asbob-uskunalar, qurilmalar, hisoblash texnikasi va ishlab chiqarish inventarlari salmog‘i oshib bormokda.
    Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash o‘ta dolzarb masala bo‘lganligi uchun ham unga alohida ahamiyat berilmoqda, natijada esa yildan-yilga fond kaytimi oshib bormokda.
    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. Asosiy fondlarning moxiyati, ahamiyati, tarkibi va tuzilmasi.

    2. Kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishda asosiy fondlar.

    3. Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizatsiyasi.

    4. Asosiy fondlarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish.

    5. Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash ko‘rsatkichlari va yo‘llari.

    6. «Ishlab chiqarish quvvatlari» tushunchasi va uni aniqlash usullari.

    7. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash masalalari.

    Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro'yxati:

    1. 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari

    to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasi// https://president.uz/uz/lists/view/2228

    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmoni. //Xalq so’zi. 2017 yil 8 fevral.

    2. Sh. M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak . Tashkent : O‘zbekiston, 2017 y.,104 b.

    3. Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic Approach. Irwin. 2000.

    4. Schmalensee, Richard, and Robert Willig, eds. (HB) Handbook of Industrial Organization. Vols. 1-2. North-Holland, 1989.

    5. Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.-T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.

    6. Abdukarimov I.T. va boshqalar. Korxona iqtisodiy salohiyati tahlili. - T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2015, - 256 b.

    7. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi

    8. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi


    Download 1,26 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abdurahim ortiqov, musaxon isakov industrial iqtisodiyot

    Download 1,26 Mb.