• Tayyorlov (texnologik) zaxirasidan
  • Mavsumiy zaxiralar
  • Sug‘urta (kafolat) zaxirasidan




    Download 1,26 Mb.
    bet96/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Sug‘urta (kafolat) zaxirasidan ta’minotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlar yoki ko‘zda tutilmagan holatlarda foydalanish mo‘ljallanadi. Ko‘pincha sug‘urta zaxirasining miqdori joriy zaxira normasining 50foiz miqdorida belgilanadi hamda quyidagi formula asosida hisoblanadi:
    Z sug‘urta = Mo‘r x (T1 + T2 + T3 + T4)
    Bu yerda:

    1. - materialni yuklash uchun ketadigan vaqt;

    2. - materiallar yo‘lda bo‘ladigan vaqt;

    3. - materiallarni omborga qabul qilish vaqti;

    4. - materiallarni foydalanishga tayyorlash vaqti.

    Sug‘urta zaxirasi omborda joriy zaxira bilan birgalikda saqlanadi hamda undan
    182
    umuman farq qilmasada, alohida hisobga olinadi va faqat korxona rahbariyatining ruxsati bilangina sarflanadi.
    Tayyorlov (texnologik) zaxirasidan xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyor holga keltirishda foydalaniladi. Bunday zaxiralar ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va texnologiyalariga ega bo‘lgan korxonalardagina yaratiladi. Bunday korxonalar qatoriga yog‘-moy kombinati, yog‘ochni qayta ishlash korxonasi kabilarni kiritish mumkin. Mazkur hollarda tayyorlov zaxirasi miqdori tayyorlov texnologiyasi va operatsiyalariga mos holda normaga solinadi.
    Mavsumiy zaxiralar asosan uchta sababga ko‘ra yuzaga keladi: birinchidan, xom ashyo tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni iste’mol qilishning mavsumiyligi; uchinchidan, materiallarni yetkazib berishning mavsumiyligi. Mavsumiy zaxiralar hajmi xuddi joriy zaxiralar hajmi kabi, o‘rtacha bir sutkada iste’mol qilish va mavsumiy zaxiralar yaratilishi lozim bo‘lgan vaqtga asosan aniqlanadi.
    Ishlab chiqarish zaxiralarini normalashtirish, ishlab chiqarishda qo‘llaniluvchi har bir mehnat predmeti (xom ashyo va materiallar, yordamchi materiallar va boshqalar) uchun alohida amalga oshiriladi hamda bu o‘z navbatida ishlab chiqarish zaxiralarini yaratishda aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   123




    Download 1,26 Mb.