Aylanma mablag‘larni normalashtirish51




Download 1,26 Mb.
bet93/123
Sana13.05.2024
Hajmi1,26 Mb.
#229021
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

Aylanma mablag‘larni normalashtirish51 korxonaning uzluksiz ishlashi ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli zaxiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zaxiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi.
Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag‘lari ham normalashtirilmaydi. Shu sababli aylanma mablag‘lar normalashtiriluvchi va normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor munosabatlari sharoitlarida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Normalashtiriluvchi aylanma mablag‘lar qatoriga korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zaxiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, unchalik qimmat bo‘lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi.
Normalashtirilmaydigan aylanma mablag’lar, bu - xaridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag‘laridir.
Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag‘lar salmog‘ida 70-80foizni tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag‘lar asosiy o‘rin tutadi. Aylanma mablag‘larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi.
Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag‘larning norma va normativlari belgilanadi.
Aylanma mablag‘larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining minimal zaxiralarini tavsiflaydi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi pul o‘lchovida, zaxira kunlari va zaxira normalarida hisoblanadi.
Aylanma mablag‘larning normativi aylanma mablag‘lar normasini, normasi aniqlangan ko‘rsatkichga ko‘paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko‘ra, pul ko‘rinishida o‘lchanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin:

Download 1,26 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123




Download 1,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aylanma mablag‘larni normalashtirish51

Download 1,26 Mb.