• Aylanma fondlarning guruh va elementlari
  • Energ e-tika
  • Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari
  • Birinchi bosqichda
  • Uchinchi bosqichda
  • Aylanma mablag‘larni normalashtirish
  • Qarzga olingan aylanma mablag‘lar
  • Aylanma mablag‘larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi




    Download 1,26 Mb.
    bet92/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Aylanma mablag‘larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi1

    Aylanma fondlarning guruh va elementlari

    Butun sanoat

    Qora metallurg iya

    Mashina
    -sozlik

    Energ e-tika

    Yyengil sanoat

    Oziq- ovqat sanoati

    1. Ishlab chiqarish zaxiralari - jami

    70,2

    65,0

    55,3

    98,3

    90,0

    78,8

    Jumladan: xom ashyo va asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar

    46,2

    23,8

    37,5

    -

    76,7

    52,2

    Yordamchi materiallar

    6,6

    11,0

    2,3

    24,1

    5,7

    6,1

    Yoqilg’i

    1,7

    2,0

    0,7

    37,4

    0,5

    1,6

    Ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar

    3,9

    11,0

    2,0

    23,0

    1,7

    2,0

    Qadoqlash va o'rov materiallari

    3,0

    0,5

    0,6

    0,3

    1,2

    11,3

    Instrumentlar, xo'jalik asboblari va qimmat bo'lmagan, tez eskiruvchi boshqa predmetlar

    9,8

    16,7

    12,2

    19,5

    3,2

    5,6

    2. Tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar

    24,0

    18,3

    42,2

    0,5

    9,8

    19,5

    3. Kelgusi davr xarajatlari va boshqa mehnat predmetlari

    5,8

    16,7

    2,5

    1,2

    0,2

    1,7

    Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0

    100,0


    Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag‘larning tarkibi va tuzilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi.
    Birinchi bosqichda aylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zaxiralariga aylanadi, ya’ni pul-tovar (D-T).
    Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T).
    Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P).
    Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin:
    1-bosqich - pul-tovar (P-T);
    2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch);
    3-bosqich - tovar-pul (T-P).
    Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag‘lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag‘lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag‘lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag‘larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.

      1. Aylanma mablag‘larni normalashtirish

    Shakllanish manbaiga ko‘ra, aylanma mablag‘lar xususiy va qarzga olingan turlarga bo‘linadi.
    Xususiy aylanma mablag‘lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma mablag‘lari qatoriga ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to‘lagan pullari kabilarni kiritish mumkin. Bu mablag‘lar xususiy mablag‘larga tenglashtirilgan mablag‘lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi.
    Qarzga olingan aylanma mablag‘lar doimo harakatda bo‘lmaydi hamda korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank kreditlari, kreditorlik qarzlari (tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish mumkin.
    Aylanma mablag‘larni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligini ta’minlashda aylanma mablag‘lardan iloji boricha kamroq foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag‘lari aylanishining barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin yetarli tarzda ratsional taqsimlanishi zarurligini anglatadi. Bu vazifa o‘z navbatida moddiy resurslar zaxiralari va xarajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123




    Download 1,26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aylanma mablag‘larning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi

    Download 1,26 Mb.