• Muomala fondlari
  • zaxira
  • ichki ishlab chiqarish zaxiralari
  • Aylanma mablag‘larning tuzilmasi va harakati
  • aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini
  • Aylanma ishlab chiqarish fondlari




    Download 1,26 Mb.
    bet91/123
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,26 Mb.
    #229021
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahim ortiqov, musa0001

    Aylanma ishlab chiqarish fondlari - korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo‘lib, bitta ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini to‘lig‘icha tayyor mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Shu sababli aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi va ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismi hisoblanadi.
    Korxona aylanma ishlab chiqarish fondlari qatoriga xom ashyo va materiallar zaxirasi, yarim tayyor mahulotlar, yoqilg‘i va energetika resurslari, qadoqlash va o‘rov materiallari, ehtiyot qismlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va kelajakdagi xarajatlarni kiritish mumkin. Rejalashtirish, sistemali hisob va hisobotni tashkil qilish uchun qulaylik yaratish maqsadida aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo‘linadi:

    • ishlab chiqarish zaxiralari;

    • tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar;

    • kelgusi davr xarajatlari.

    Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zaxirasini yaratish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari, shuningdek, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Muomala fondlari va aylanma ishlab chiqarish fondlari majmuasi, korxonaning aylanma mablag‘lari (kapitali)ni tashkil qiladi.
    Ishlab chiqarishda band bo‘lgan aylanma mablag‘lar kattaligini belgilovchi asosiy omillar - bu, mahsulot tayyorlashning ishlab chiqarish sikli uzunligi, mehnatni tashkil qilish, texnika va texnologiyaning rivojlanish darajasi, mehnat predmetlari va qurollaridan foydalanish normalaridir. Aylanma mablag‘lar kattaligi, shuningdek, mahsulotlarni sotish sharoitlari, ta’minot va mahsulotni sotish tizimini tashkil qilish darajasi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
    Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, aylanma mablag‘lardan quyidagi hollarda foydalaniladi:

    • xomashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni tashkil qilishda zarur bo‘lgan boshqa mehnat predmetlari;

    • ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr energiyasi, yoqilg‘i kabi resurslar uchun haq to‘lash;

    • korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish haqi to‘lanishi;

    • soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash.

    Bozor munosabatlari va deyarli barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida aylanma mablag‘lar, birinchi o‘rinda moddiy resurslardan ratsional foydalanish va ularni shakllantirish zaxiralarini izlab topish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Bunda zaxira deganda, moddiy va pul resurslarini yaxshilashning yuzaga kelgan yoki yuzaga kelayotgan, lekin hali foydalanilmagan (to‘liq yoki qisman) imkoniyatlarini tushunish lozim.
    Bu zaxiralar kelib chiqishi va foydalanilishiga ko‘ra iqtisodiyotga va tarmoqlarga tegishli yoki tarmoqlararo, ishlab chiqarish ichidagi (zavod, sex va hokazo) turlariga bo‘linadi. «Korxona iqtisodiyoti»da ichki ishlab chiqarish zaxiralari - ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish hamda texnika va texnologiyani takomillashtirish, mahsulotlarning yangi va yanada mukammal
    turlarini o‘zlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash imkoniyatlari, katta ahamiyat kasb etadi. Zaxiralar shuningdek, moddiy resurslarni sarflashni normallashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mehnat sig‘imini kamaytirish, mehnatni tashkil qilishning ratsional usullarini qo‘llash natijasida ham aniqlanadi. Qisqacha aytganda har bir korxona, ayniqsa, yirik va mashinasozlik korxonalari hamda ularga yaqin bo‘lgan korxonalar, moddiy va pul resurslaridan, ya’ni xususiy kapital va boshqa aktivlardan ratsional foydalanish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan chora-tadbirlar majmuasiga ega bo‘lishi zarur.
    Resurslardan samarali foydalanishning texnik-ishlab chiqarish yo‘nalishlari qatoriga, birlamchi xom ashyoni ishlab chiqarishda foydalanishga sifatli ravishda tayyorlash,mashina va uskunalar konstruksiyasini takomillashtirish, xom ashyo, material, yoqilg‘ilarning tejamkor turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish chiqitlarini kamaytiruvchi hamda ikkilamchi resurslardan maksimal darajada foydalanish va barcha turdagi yo‘qotishlarning oldini olishni ta’minlovchi yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishni kiritish mumkin.
    Resurslardan oqilona foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlari qatoriga, mahsulotlar material sig‘imini rejalashtirish va normalashtirishning ilmiy darajasini oshirish, resurslarni sarflashning texnik jihatdan asoslab berilgan norma va normativlarini ishlab chiqish, “eski” va “yangi” mahsulot ishlab chiqarish o‘rtasida progressiv proporsiyalarni belgilash, mehnatni tashkil qilishning samarali usullarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar kiritiladi.
    Aylanma mablag‘lar va ularning tarkibiy qismlaridan samarali foydalanishning asosiy yo‘nalishlari ish joylarida (brigada, sex va ishlab chiqarish uchastkalarida) bitta miqdordagi xom ashyo va materiallardan tayyorlanuvchi yakuniy mahsulotlarni ko‘paytirishdadir. U ishlab chiqarishni texnik jihatdan ta’minlash, xodimlarning malakasi, moddiy-texnika ta’minoti, moddiy resurslar zaxiralarini sarflash normalariga bog‘liq bo‘ladi.

      1. Aylanma mablag‘larning tuzilmasi va harakati

    Aylanma tuzilmalarni rejalashtirish va boshqarishning hozirgi paytdagi amaliyotida ushbu mablag‘larning tarkibi va tuzilmasini baholash va tahlil qilishga, shuningdek, ularning funksional roli va harakatiga katta e’tibor qaratiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag‘larining eng faol qismi bo‘lsa, muomala fondlari ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi hamda yangi iste’mol qiymatini yaratmaydi. Bu yerda umumiy qoida shundayki, aylanma mablag‘lar doimo aylanishda bo‘lishi zarur - ularning samaradorligi va korxona iqtisodiyotiga ta’siri aynan shunda ko‘zga tashlanadi.
    Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxona aylanma mablag‘larining asosiy va salmoqli qismi sifatida o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:

    • ishlab chiqarish zaxiralari - bu ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarishga kiritish uchun tayyorlangan hamda xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, asosiy vositalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, yoqilg‘i- moylash materiallaridan tashkil topuvchi mehnat predmetlari;

    177

    • tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar - bu, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishga topshirilgan hamda ishlov berish va yig‘uv jarayonida bo‘lgan, lekin ishlab chiqarish jarayoni to‘liq tugallanmagan hamda ushbu korxonada keyinchalik ishlov berilishi lozim bo‘lgan mehnat predmetlari;

    • kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi xarajatlar va boshqalar).

    Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy qismlari yoki elementlari o‘rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o‘zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o‘rtasidagi xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona aylanma mablag‘larining tuzilmasi deb ataladi..
    Chizmadan ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarish zaxiralari aylanma ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti, ayniqsa, barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida ishlab chiqarish zaxiralarining haddan tashqari oshirib yuborilishi korxona iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilishidan tashqari, resurslarni “bog‘lab” qo‘yadi hamda ularning yo‘qotilishiga olib keladi. Shu sababli aylanma mablag‘lar hajmini optimallashtirish va ularni mahsulot ishlab chiqarish dasturlariga mos holga keltirish korxonaning tejamkorlik rejimida faoliyat yuritishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
    Aylanma fondlar tuzilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida, hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o‘zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli xildagi xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashkil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo‘lishi mumkin.
    Korxonalar aylanma mablag‘lari tarkibi va tuzilmasiga xo‘jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni korxona ishlab chiqarish zaxiralarini va aylanma mablag‘larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo‘lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, chiqitlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o‘rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
    Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag‘lari ishlab chiqarishning texnologik tashkil etish xususiyatlariga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi, ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizatsiya qilish sharoitlari va shu kabilar
    bilan izohlanadi. Aylanma mablag‘lar tuzilmasining tarmoqlar bo‘yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (11.1-jadval).
    11.1-jadval

    Download 1,26 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   123




    Download 1,26 Mb.