O‘QUV MARKAZINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI




Download 299.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana24.09.2023
Hajmi299.11 Kb.
#83870
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fuqaro va markaz ortasida tuziluvchi namunaviy shartnoma

 
2. O‘QUV MARKAZINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
2.1. O‘quv markazi quyidagi huquqlarga ega: 
Ta’lim oluvchini O‘quv markazining ichki tartib-qoidalari va majburiyatlari bilan imzo qo‘ygan 
holda tanishtirish; 
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son Qaroriga muvofiq, “Yoshlar daftari” 
Vasiylik kengashidan yoki Ta’lim oluvchidan ta’lim xizmati ko‘rsatganlik to‘lovini ushbu 



shartnomaga asosan “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yoki boshqa manbalar hisobidan amalga 
oshirishni talab qilish;
o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ta’lim oluvchining bilim darajasini aniqlash 
maqsadida diagnostik imtihon (test) sinovlari o‘tkazish va har oyda kamida 1 marotaba imtihon (test) 
sinovlarini o‘tkazish. 
2.2. Quyidagi hollarda mazkur shartnoma O‘quv markazi tomonidan bir taraflama bekor qilinadi: 
Ta’lim oluvchi O‘quv markazi ichki Tartib-qoidalariga rioya qilmasa yoki ularni qo‘pol ravishda 
buzsa; 
Ta’lim oluvchi ahloqiy buzuqlik qilsa, kiyinish tartibi va madaniyatini buzsa, O‘quv markazi 
xodimlariga nisbatan qo‘pol, hurmatsiz munosabatda bo‘lsa, O‘quv markazi binosi yoki hududida 
tamaki yoki inson ongini mast qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlarni iste’mol qilsa, O‘quv markazi 
mulkiga shikast yetkazsa yoki nobud qilsa; 
Ta’lim oluvchi uzrli sabablarsiz ketma-ket 6 (olti) kunlik dars mashg‘ulotlarida qatnashmasa; 
Tinglovchining uni tinglovchilar safidan chiqarish bo‘yicha arizasiga muvofiq.
2.3. O‘quv markazining majburiyatlari: 
mazkur shartnoma shartlariga rioya etishi va o‘z vazifalarini belgilangan muddatda sifatli 
bajarish; 
Ta’lim oluvchiga tanlagan fanlari va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim olishi uchun sharoit 
yaratish, xususan, xonalarning yetarlicha yorug‘ bo‘lishini, texnika xavfsizligiga rioya etilishini, 
xonalarda havo aylanish tizimi mavjudligini hamda yoz-qish mavsumiga tayyorligini taminlash; 
Ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ta’lim beriladigan o‘quv xonalarida zaruriy o‘quv jihozlari, 
metodik qo‘llanmalar, ta’lim dasturlari va o‘qitish rejalari bilan ta’minlash; 
Ta’lim oluvchiga ta’lim berish uchun tegishli yo‘nalish bo‘yicha malaka sertifikatlariga ega
o‘quvchilarga ta’lim berish yo‘nalishida kamida 1 (bir) yillik pedagogik va psixologik ish tajribasiga 
ega bo‘lgan o‘qituvchilarni jalb etish; 
Ta’lim oluvchining barcha dars mashg‘ulotlarni ularni qoldirmasdan ishtirok etishini
topshirilgan vazifalarni bajarishini, ta’lim dasturlari bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirib olishini hamda 
O‘quv markazi Ustavi va ichki tartib qoidalariga so‘zsiz rioya qilishini ta’minlash;
Ta’lim oluvchida mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni 
kasbiy yo‘naltirishga va kasb tanlashiga ko‘maklashish; 
loyiha doirasida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘quv xarajatlari to‘liq 
qoplab berilgan ta’lim oluvchidan qo‘shimcha pul talab qilib olmaslik; 
o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ta’lim oluvchining bilim darajasini aniqlash 
maqsadida diagnostik imtihon (test) sinovlari o‘tkazish va har oyda kamida 1 marotaba imtihon (test) 
sinovlarini o‘tkazish; 
ta’lim oluvchi tomonidan oylik imtihon testlaridan yetarli ball (55 foizdan past) to‘play olmagan, 
dars jarayonlariga e’tiborsizlik bilan yondashgan taqdirda, mahalladagi yoshlar yetakchisini bu haqida 
xabardor qilish; 
loyiha doirasida ish bilan band bo‘lmagan Ta’lim oluvchilarning kelgusida doimiy ish o‘rinlariga 
joylashtirish hamda bandligini ta’minlanishga ko‘maklashish; 
ushbu shartnoma o‘quv markazi tomonidan bir tomonlama bekor qilingan yoki ta’lim oluvchi 
uzrli sabablarsiz ketma-ket 6 olti kunlik dars mashg‘ulotlarida qatnashmagan taqdirda, 3 ish kuni 
ichida “Yoshlar daftari” Vasiylik Kengashini bu haqida rasman, yozma tarzda xabardor qilish. 

Download 299.11 Kb.
1   2   3   4   5




Download 299.11 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘QUV MARKAZINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

Download 299.11 Kb.
Pdf ko'rish