• Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
  • Academic Research in Educational Sciences Volume 3




    Download 297.77 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana19.01.2023
    Hajmi297.77 Kb.
    #38641
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    kkkkk maktabgacha kurs ishi
    2-Mustaqil ish, 11.JAMIYATNING IQTISODIY SOHASI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI, 1-A Qurmat Matniyazov Muxammed, hdfdhdh - копия (2), Surxondaryo tarixi O\'quv qo\'llanma (3), Kenesbaeva.Dilfuza Kl qq Kiberqawipsizlik ameliy, Сканировать1, Sillabus, tapsırma, Axborot xavfsizligi tushunchasi va zaruriyati. Raqamli iqtisodiy-azkurs.org, 1-Mavzu Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Pe-www.hozir.org, 5A141001-–-Tuproqshunoslik-tadqiqot-turi-bo‘yicha, Diyor kiber 9, Oson matematik viktorina savollari
     
    KIRISH 
    Barchamizga ma‟lumki, maktabgacha ta‟lim bola shaxsining shakllanishida 
    muhim ahamiyatga ega. Zero, maktabgacha ta‟lim tashkilotida puxta tayyorlanib 
    maktabga chiqqan bolajonlarning yutuqlarga erishish imkoniyati kengayadi. 
    Maktabgacha ta‟lim tashkilotiga oid davlat talablarida mamlakatda o„tkazilayotgan 
    ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, jahon tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy 
    informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda 
    maktabgacha ta‟lim tizimida ma‟nan mukammal va intellektual 
    rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsad qilib olinadi.


    Academic Research in Educational Sciences 
    Volume 3 | Issue 7 | 2022 
    ISSN: 2181-1385 
    Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
     
     
     
     
     
    46
     
    July, 2022 
    https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
    Mamlakatimizda maktabgacha ta‟lim uzluksiz ta‟lim tizimining ajralmas 
    qismiga aylangan. Ta‟limning mazkur bo„g„inini rivojlantirish, shu asnoda bolaning 
    intellektual shaxsini shakllantirish, ta‟lim xizmatlarini yaratish orqali sifat darajasini 
    oshirishga alohida e‟tibor qaratilayotgani sohadagi izchil islohotlarning natijasi 
    bo„lmoqda. Yangi O‟zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 100 maqsadida 
    maktabgacha ta‟lim tizimida ta‟lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish ustuvor 
    vazifalardan biri etib belgilangani ham katta e‟tiborga molik. 
     
    ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
    Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan 
    dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda maktabgacha 
    taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul 
    qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda. Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat 
    siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan 
    bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi 
    boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan 
    Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
    Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda 
    zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha 
    muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan 
    mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy 
    va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʻnaltirilgan maxsus davlat 
    taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida 
    faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʻrta maxsus maʼlumotga ega 
    boʻlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi. 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston 
    Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
    tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori misolida koʻrsak, mazkur konsepsiya maktabgacha 
    taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan 
    teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, bir 
    soʻz bilan aytganda, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli 
    vazifalarini qamrab olgan boʻlib, jarayonning ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab 
    beradi. Konsepsiya tasdiqlangandan soʻng oʻtgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida 
    maktabgacha taʼlim tizimida yangi Qonun qabul qilindi, yangi 
    loyihalar, 
    islohotlar 
    bosqichma-bosqich 
    amalga 
    oshirilib 
    kelinmoqda.



    Download 297.77 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 297.77 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Academic Research in Educational Sciences Volume 3

    Download 297.77 Kb.
    Pdf ko'rish