Mavzu: Maktabgacha talim tashkiloti va ularni tashkil maktabgacha ta`lim yo’nalishi




Download 49 Kb.
Sana29.03.2024
Hajmi49 Kb.
#180948
Bog'liq
tezis
143694, “Sawat uyretiw tayarlaw dawirinde jazıw, 4f4c216ff3e5ffaa9a2c46001b447184be70b6fa, Mustaqil ish , Kamoliddin Rahimov, Низоли оилани ўрганиш маълумотнома намунаси 2, Boche complex, @UMIDJON TEST 2022 TESTLARDAN 50 TALIK TEST, Mavzu kmdya markalanishi va xarakteristikalari Reja kmdya haqi, 6- mavzu. Ims chiqish kaskadlari. Reja, IP, 1-маълумотнома, Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari. Tashlandiq buyumlardan o-azkurs.org, 2023-10-09-05-21-53 42d4aa9a8bfd05e951ce654191ea0092

Mavzu: Maktabgacha talim tashkiloti va ularni tashkil .
maktabgacha ta`lim yo’nalishi
6MT 21-Sguruh talabasi Abdullayeva Gulfira
Kalit so’zi : Konsepsiya,Ta'lim tizimi,MTM,NMTT,Takomillashtirish,kompleks,samaradorlik,moliyalashtirish,sektor,budjet, davlat tizimi,rivojlanish.
Anotatsiya:
Maktabgacha talim tashkilotlarini tashkil etish bolalarni maktabgacha talim tashkilotiga qamrab olish va hozirgi kundagi olib borilayotgan islohotlar.
Ключевые слова: Концепция, Система образования, МТМ, НМТТ, Совершенствование, комплекс, эффективность, финансирование, отрасль, бюджет, государственная система, развитие
Аннотация:
Организация организаций дошкольного образования, включение детей в организации дошкольного образования и текущие реформы.
Keywords: Concept, Education system, MTM, NMTT, Improvement, complex, efficiency, financing, sector, budget, state system, development.
Abstract:
Organization of pre-school education organizations, inclusion of children in pre-school education organization and current reforms.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “2018-2019 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” Dasturida sohani tartibga solishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinishi belgilab berilgan edi. Ayni kunlarda Dastur ijrosi doirasida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta'lim berish va tarbiyalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida muhokamalardan o‘tkazilmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish. 1. Maktabgacha ta’lim muassasasi- maktabgacha yoshdagi bollar ijtimoiy tarbiya maskani. 2. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari. 3. Nodavlat maktabgacha ta ’lim muassasasini tashkil etish Tayanch tushunchalar: jamoat muassasalari, tarmoq normativlari, istiqbol reja , smeta, Maktabgacha ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, metodik qo’llanma, meyoriy hujjat. Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi.
Bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz – ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat...»[1]. Ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi[2].
Maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar (Namangan, Jizzax, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari misolida) samaradorligi tahlil qilinganda quyidagilar aniqladi:
- 3-6 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish chora-tadbirlari bo‘yicha eng samarali natijalarga Jizzax viloyatida (15 foizga o‘sish) erishildi;
- 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi bilan qamrab olish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilinayotgan hududlar orasidan Samarqand viloyatida muvaffaqiyatliroq amalga oshirildi;
- nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish borasida Toshkent viloyatida eng muvaffaqiyatli natijalarga erishildi, ya’ni so‘nggi 5 yil davomida 167 ta yangi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etildi.
«O‘zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi»ning qabul qilinishi sohadagi islohotlarni amalga oshirishda huquqiy asosni yaratdi. Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda hududlar, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatning sohaga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy kapitalni jalb etishni rag‘batlantirish[3] siyosati ham imkoniyatlarni kengaytirmoqda.
Maktabgacha ta’limga talab ortmoqda
3-6 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish nafaqat yangi muassasalarni qurish va eskilarini ta’mirlash hisobiga (qo‘shimcha bola o‘rinlarini joriy etish) balki, ota-onalar orasida maktabgacha ta’limning ahamiyati haqida faol tushuntirish va tashviqot ishlari olib borish, kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hisobiga ham erishildi. Buning natijasida 2015 yilda yurtimizda maktabgacha ta’lim muassasalarida to‘la foydalanilmay qolgan o‘rinlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa (jami respublika MTMlaridagi bola o‘rinlari 713060 dona bo‘lib, ularga qatnovchi bolalar soni 620769 nafar), 2020 yilga kelib maktabgacha ta’lim xizmatiga bo‘lgan talab soni mavjud o‘rinlar sonidan oshdi (mos ravishda jami 1155731 o‘ringa 1196421 nafar[4]).
Oilaviy MTM muhim omil sifatida
Oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari sonining oshishi respublikaning chekka hududlari hamda kam ta’minlangan oilalardagi bolalarni ham ta’limning ushbu bosqichiga jalb qilishini ta’minladi. Bu o‘z navbatida, viloyatlar, shahar va qishloqlar o‘rtasidagi nomutanosiblik darajasini kamaytirishga salmoqli hissa qo‘shdi.
Beshta hududdan (Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlari) oilaviy MTMlarning 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirishga qo‘shgan hissasi Jizzax viloyatida (15 %) eng ko‘proq bo‘lsa, eng kam ulush Toshkent viloyatida (4,3%) kuzatilgan. Ta’kidlash joizki, Toshkent viloyatida qamrov darajasi 5 yil avval ham o‘rtacha respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan.
2015 yilda Qashqadaryo viloyatida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish, nafaqat tanlangan hududlar orasida, balki butun respublikada bo‘yicha eng past (9,9%) darajada edi. 2020 yilga kelib, Qashqadaryo viloyatida ushbu ko‘rsatkich – 3,4, Jizzaxda – 4, Namanganda – 3, Samarqandda – 3,1 va Toshkent viloyatlarida – 1,6 barobar oshdi. Respublikaning 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan jami bolalarning 43,9 foizi ushbu hududlarda yashaydi.
"O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi." "maktabgacha ta’lim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning ijtimoiy javobgarligi oshirilishi, moliyalashtirish manbalarining kengaytirilishi va maktabgacha ta’lim xizmatlari turlarining ko‘payishi;
maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishning ko‘paytirilishi, maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligining oshirilishi, pedagog xodimlar mehnatiga munosib haq to‘lashning ta’minlanishi;
maktabgacha ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy-davlat tizimi joriy etilishi;
olti yoshli bolalarning majburiy bir yillik bepul umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorlash bilan to‘liq qamrab olinishining ta’minlanishi;
3 — 7 yoshgacha bolalarning 80,8 foizini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishining ta’minlanishi;
belgilab qo'yilgan.
Maktabgacha talim tashkiloti tizimini tashkil etishda taraqqiyot strategiyasi 30-40-maqsadi bola qamrovini 67.80%ga yetkazish va keyinchalik 2024-yilgacha 100%ga yetkazish strategiyasi yo'lga qo'yilgan
Maktabgacha talim tashkilotlarida pedagog xodimlar soni 247,7 mingtagacha yetkazilishi belgilangan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M. Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat‟iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo„lishi kerak. –T.:
“O„zbekiston”. – 2017.– 102b.
2.Sh.M. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan
birga quramiz. – T.: “O„zbekiston”, 2017. – 488 b.
3. Sh. M. Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O„zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasi to„g„risida”gi PF-4947 sonli
farmonni
4. Sh.M. Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta‟lim tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-
dekabr
5.“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qо„llanma. T:, 2001.
6.F.Qodirova, SH.Toshpо„latova, M.A‟zamova. “Maktabgacha
pedagogika”.-T., “Ma‟naviyat”. 2013
7.SH.Shodmonova. maktabgacha ta‟lim pedagogikasi. fan va texnologiya.
-T:, 2008.
Internet saytlari :
8. www. tdpu. uz
9.www. pedagog. uz
10.www. Ziyonet.uz
11.www. edu. uz
Download 49 Kb.




Download 49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Maktabgacha talim tashkiloti va ularni tashkil maktabgacha ta`lim yo’nalishi

Download 49 Kb.