|
Academic Research in Educational SciencesBog'liq 620d083e5af04449417275 2 5397887109174400645, 25393 1.ishchi dastur 2-kurs matem naz mexAcademic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-304-309
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
308
February, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
deganda asosiy yer-kadastr birligi tushuniladi. Boshqa hollarda yerdan foydalanish
tizimini yerni xo„jalik maqsadida ishlatishning texnologik jarayoni sifatida
tushuniladi. Mazkur tushunchalar yerdan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy jarayon,
uning muayyan tizimga ega ekanligini nazarda tutmagan cheklangan tushunchalar,
yerning tabiatda, jamiyat va iqtisodiyotdagi keng qamrovli roliga javob bermaydi,
deyish mumkin. Yerdan foydalanishning aniqroq tushunchasini S.Tkachuk “Yerdan
foydalanish bu – tabiat qonunlari bilan hamohang tarzda iqtisodiy qonunlardan ongli
asosda foydalanish bilan ob‟ektiv rivojlanadigan yer resurslardan foydalanishning
ijtimoiy-iqtisodiy shakllari va ishlab chiqarish usullarining yig„indisidir” 1 deb
ifodalaydi. Lekin hozirgi kunda ushbu ta‟rif yetarli emas: yerdan foydalanishning
tizimli jarayon ekanligi chetlab o„tilgan bo„lib, yerdan foydalanishning faqat ishlab
chiqarish usullari aks etgan. A.Chertovitskiy va A.Bazarovlar esa, yerdan foydalanish
tizimiga yanada kengroq ta‟rif berishga harakat qilishgan. Ularning ta‟kidlashicha
yerdan foydalanish tizimi bu - “jamiyat va tabiat rivojlanishi qonunlaridan ongli
ravishda foydalanish asosida rivojlanadigan jamiyat tomonidan yer resurslaridan
to„xtovsiz, siklli, ko„pmaqsadli foydalanish uslublari va ushbu jarayonni
boshqarishning bozor usullari yig„indisidir” 2 deyilgan. Biroq, yerdan foydalanish
tizimi tushunchasiga berilgan mazkur ta‟rifda ayrim qarama-qarshi talqinlar mavjud.
U hozirgi zamon yerdan foydalanish mazmunining barcha jihatlarini qamrab
olmagan, ya‟ni yerdan foydalanish tizimi muayyan munosabatlar ta‟sirida bo„ladi,
uslub va usullar tegishli munosabatlarni taqozo va ifoda qiladi.
XULOSA
Shuning uchun ham ushbu ta‟rifni muayyan munosabatlar orqali ifoda qilish
zarur. Qolaversa, ushbu ta‟rifda faqat bozor usullari orqali boshqarish haqida
aytilgan, lekin bozor sharoitida jarayonlarni boshqarish emas, balki ularni tartibga
solish munosabatlari amal qilishini, bunda esa davlat usullarini nazarda tutish lozim.
Boshqacha aytganda, yerdan foydalanishning tizimlilik xarakteri va uning mazmun-
mohiyati jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa munosabatlar orqali namoyon
bo„ladi.
|
| |